Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВИДОВОЙ СОСТАВ ДЛИННОУСТЫХ ЖУКОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ: ТАКСОНОМИЧЕСКАЯ РЕВИЗИЯ И НОВЫЕ ВЗГЛЯДЫ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ma’rupov Akmaljon Akbarovich
Универсал международный научный журнал · 36 · 189-195 · 2026
Аннотация
This article presents a modern taxonomic review of longhorn beetles (Cerambycidae) inhabiting the Fergana Valley. Based on literature sources, collection data, and field observations, species and subspecies have been identified and analyzed in terms of their local names, distribution ranges, and ecological characteristics. The findings provide an important scientific basis for the conservation of the region’s entomofauna and biological diversity. Keywords. Fergana Valley, longhorn beetles, Cerambycidae, taxonomic revision, entomofauna, distribution range, flagship species, host plants, biological diversity, regional endemics Fargʻona vodiysida uchrovchi tur va kenja turlari aniqlashda adabiyotlar, kataloglar, kolleksiyalardagi namunalar (OʻzRes FA Zoologiya institutidagi uzunmoʻylov qoʻngʻizlar kolleksiyasi roʻyxati asosida) va biz tomonimizdan kuzatuvlar davomida qayd etilgan namunalar asosida shakllantirildi. Ma’lum bir hududdagi biologik turlarni muhofaza qilish maqsadida oʻsha hududdagi turlardan flagman turlar (flagship species) sifatida foydalanish, shu bilan birga, mahalliy aholi turlarni tanishi uchun ularda mahalliy nomlarning boʻlishi muhim ahamiyatga egaligini bir qator zamonaviy tadqiqotlar asoslab bergan [1]. Ushbu maqsadda Fargʻona vodiysi uzunmoʻylov qoʻngʻizlar roʻyxatini tuzish davomida ularning mahalliy nomlari ham shakllantirildi. Mazkur turlarni tavsiflash jarayonida avvalgi manbalarda qayd etilgan mahalliy nomlar, ular mavjud bo‘lmagan hollarda esa topilgan geografik nuqtalari, morfologik xususiyatlari hamda asosiy oziqlanuvchi o‘simliklari inobatga olindi. Quyida ushbu turlarga mansub ayrim kenja oilalar bilan tanishamiz. LEPTURINAE kenja oilasi Xenoleptura Danilevsky, Lobanov & Murzin, 1981 urugʻining ayni vaqtda dunyoda 1 turi mavjud boʻlib [2], ushbu tur Oʻzbekistonda, jumladan Fargʻona vodiysida uchrashi aniqlandi. Xenoleptura hecate (Reitter, 1896). Ushbu tur Oʻzbekiston (Toshkent, Samarqand) dan kashf qilingan. Markaziy Osiyoning togʻli hududlari hamda Qozogʻistonning janubiy hududlarida keng tarqalgan. Fargʻona vodiysining togʻli hududlaridagi archazorlarda uchratish mumkin. Tadqiqot adu.uz universaljurnal.uz 69 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari davomida Fargʻona viloyati Quvasoy shahri, dam olish sihatgohida archa daraxti: 40°25'25"N, 71°58'22"E (02.07.2016) ♀1 ♂1; hamda Fargʻona tumani Oqbilol qishlogʻida Archa daraxti: 40°18'11"N, 71°40'48"E (13.07.2017)♀1♂0 da qayd etildi. Gnathacmaeops Linsley & Chemsak, 1972 urugʻining ayni vaqtda dunyoda 2 turi ma’lum boʻlib [195], uning Oʻzbekistonda 1 turi qayd etilgan. Gnathacmaeops pratensis (Laicharting, 1784) Shimoliy Palearktikaning deyarli barcha hududlarida uchraydi. Fargʻona vodiysining shimoliy-gʻarbiy qismida Chotqol togʻ tizmasida uchraydi. Bizning tadqiqotimiz davomida qayd etilmadi. Fargʻona vodiysidagi populyatsiyalari holatiga aniqlik kiritish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish talab etiladi. Stenocorus Geoffroy, 1762 urugʻining ayni vaqtda dunyoda 41 tur va kenja turi mavjud boʻlib [2], uning Oʻzbekistonda 2 kenja turi qayd etilgan. Shulardan 1 kenja turi Fargʻona vodiysi hududida uchrashi aniqlandi. Stenocorus (Toxotochorus) validicornis validicornis Pic, 1900 Qirgʻizistonning Fargʻona vodiysini oʻrab turgan togʻ tizmalaridan kashf etilgan (3.15-rasmga qarang). Ushbu tur Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning endemigi hisoblanadi. Fargʻona vodiysida uni asosan togʻli mintaqalarda uchratish mumkin. Jumladan, Fargʻona togʻ tizmasining deyarli barcha qismida tarqalgan. Bizning tadqiqotimiz davomida vodiyning tekislik qismida qayd etilmadi. 1-rasm. Stenocorus (Toxotochorus) validicornisvalidicornis(Qirgʻiziston, Sarichelak biosfera qoʻriqxonasi hududi, 2016-yil) [© David Navrátil] PRIONINAEkenja oilasi Mesoprionus Jakovlev, 1887 urugʻining ayni vaqtda dunyoda 10 turi mavjud boʻlib [2], uning Oʻzbekistonda 1 turi qayd etilgan. Mesoprionus angustatus (Jakovlev, 1887) (2-rasmga qarang). Markaziy Osiyoda keng tarqalgan tur. Fargʻona vodiysining tekislik hududida, shu bilan birga adirlik va toʻqay hududlarida uchrashi qayd etilgan [3.]. Bizning kuzatuvlarimiz vaqtida ushbu tur qayd etilmadi. Uni vodiyning Oʻzbekiston qismida tarqalish geografiyasi hamda populyatsiyalari holatini baholash uchun qoʻshimcha kuzatuvlar tashkil qilish lozim. 2-rasm. Mesoprionus angustatus(Qozogʻiston) [© Lech Kruszelnicki] adu.uz universaljurnal.uz 70 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Pogonarthron Semenov, 1900 urugʻining ayni vaqtda dunyoda 11 tur va kenja turi mavjud boʻlib [195], uning Oʻzbekistonda, jumladan, Fargʻona vodiysida 2 kenja turi uchrashi aniqlandi. Pogonarthron tschitscherini brunnescens Danilevsky & Shapovalov, 2017. M.L. Danilevsky & A.M. Shapovalov QirgʻizistondanP. tschitscherini ningikki yangi kenja turini tavsiflaydilar. P. t. brunnescens Jalolobod viloyatidan (41°23'00.0"
Доказательный фрагмент
«This article presents a modern taxonomic review of longhorn beetles (Cerambycidae) inhabiting the Fergana Valley.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents a modern taxonomic review of longhorn beetles (Cerambycidae) inhabiting the Fergana Valley. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fergana Valley, longhorn beetles, Cerambycidae, taxonomic revision, biodiversity, uzunmoʻylov qoʻngʻizlar, tarqalish areali, таксономическая ревизия, distribution area, региональные эндемики, hududiy endemiklar, taksonomik reviziya, ozuqaviy oʻsimliklar, ареал распространения, усачи, long-horned beetles, флаговые виды, энтомофауна, entomofauna, Fargʻona vodiysi, Ферганская долина, regional endemics, flagship species, биоразнообразие, food plants, biologik xilma-xillik, кормовые растения
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025