Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ КОРЕЙСКОГО ПРОЛИВА (HEMICULTER LEUCISCULUS)
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · LEUCISCULUS) EKOLOGIK XUSUSIYATLARI · Ismatillayeva Gulhayo Mexriddinovna
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В статье приводятся данные по воспроизводительной способности корейской востробрюшки (Hemiculter leucisculus) канала Дамарик. В результате исследования выяснено что индивидуальная абсолютная плодовитость востробрюшки увеличивается с увеличением возраста, длинны и массы тела рыб. Ключевые слова. канал Дамарик, рыбы, Hemiculter leucisculus, плодовитость, возраст, длина и масса тела. Annotation: The article presents data on the reproductive capacity of Korean sharpbelly (Hemiculter leucisculus) of the Damarik channel. The study revealed that individual absolute fertility of sharpbelly increases with age, length and body weight of fish. Key words. Damarik channel, fish, Hemiculter leucisculus, fertility, age, length and body weight. Koreya qirraqorinining (Hemiculter leucisculus (Basilewsky, 1855)) tabiiy areali bo‘lib Xitoy, Shimoliy va Janubiy Koreya, Gonkong, Yaponiya, Amur daryosi havzasi va Mo‘g‘iliston suv havzalari hisoblanadi [8]. O‘zbеkiston suv havzalariga Xitoydan o‘simlikxo‘r baliqlarni iqlimlashtirish paytida tasodifan kеlib qolgan. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida tarqalgan, ayniqsa baliqchilik xo‘jaliklari hovuzlarida va irrigatsiya kanallarida ko‘plab uchraydi [1]. O‘zbekiston suv havzalarida Koreya qirraqorinining ekologik xususiyatlari yaxshi o‘rganilmagan, ayrim ma’lumotlar E.E. Xurshutning [6] ishlarida keltirilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi – Damariq kanalidagi koreya qirraqorinining serpushtligini aniqlash va uni baliq yoshi, tana uzunligi va vazni bilan o‘zaro bog‘liqligini tavsiflashdan iboratdir. Material va metodlar. Koreya qirraqorini bo‘yicha materiallar 2025-yil mart-aprel oylarida Toshkent viloyati Zangiota tumani Saxovat MFY hududidan oqib o‘tuvchi Damariq kanalidan (41°17'31.45"N, 69°4'2.61"E; 41°17'47.56"N, 69°4'3.36"E) umumiy qabul qilingan usullar yordamida yig‘ilgan [2]. Koreya qirraqorini serpushtligini o‘rganish uchun tanasining uzunligi 105,0-163,7 mm bo‘lgan 14 ta baliqdan foydalanildi. Baliqlarning tana uzunligi (l) – to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tumshug‘ining uchidan tortib to dum suzgich qanotining asosigacha bo‘lgan masofada o‘lchangan. Vazni (W) grammda berilgan. Baliqlarning yoshi (t) tangachalari bo‘yicha aniqlandi [7]. Baliqlarning jinsiy voyaga yetishi, ko‘payishi biologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar umumiy qabul qilingan usullarga asosan olib borildi [4-5]. Serpushtliligi urg‘ochi baliqlardan olingan IV bosqichlardagi uvildiriqlar asosida aniqlandi [5]. Bunda individual mutlaq va nisbiy serpushtliklar (IMS, INS), yetuklilik koeffitsienti (Yk,%) hisoblab chiqildi. Ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun to‘plangan materiallarni qayta ishlash variatson-statistika va korrelyatsiya tahlil usullaridan foydalangan holda amalga oshirildi. O‘zgaruvchan belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik xarakterini aniqlash uchun bir faktorli regression tahlil metodi qo‘llanildi [3]. adu.uz universaljurnal.uz 86 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Natijalar va muhokama. Biz tomondan o‘rganilgan Koreya qirraqorin balig‘ining urg‘ochilari jinsiy jihatdan yetilgan, 2+ - 4+ yoshdagi baliqlardan iborat bo‘lib, ularni tanasining uzunligi 10,4- 16,3 sm va vazni 16,7-53,5 g ni, jinsiy mahsulotlarining yetuklik darajasi esa 7,4-13,3 (o‘rtacha: 10,17±0,54) foizni tashkil qiladi. Mutlaq serpushtligi esa 4610-17805 (9166,41±945,94) dona ikradan iborat bo‘ldi (1-jadval). 1-jadval. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining serpushtligi t l, sm W, g Yk, % IMS INS n 10,4−14,5 16,7−40,6 7,6−12,3 4610−8541 230,8−433,1 2+ 7 12,2 25,8 9,5 6958,4 342,5 14,0−15,0 34,7−51,3 7,4−13,3 8284−10133 276,8−341,3 3+ 4 14,5 39,6 11,6 9137,2 297,4 14,7−16,3 42,0−53,5 9,2−9,8 9882−17805 283,4−430,0 4+ 3 15,5 48,4 9,5 14357,1 366,9 Koreya qirraqorinining tana uzunligi, vazni va yoshining o‘sishiga qarab, individual mutlaq serpushtligining oshishi kuzatildi (1-3-rasmlar). Individual mutlaq serpushtlikning baliqning yoshi, tana uzunligi va vaznini bilan o‘zaro bog‘liqlik shakli quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: IMS = 1526,2×l – 11546 (r = 0,825; P<0,05); IMS = 241,46×W + 807,54 (r = 0,852; P<0,05); IMS = 3503,2×t – 342,22 (r = 0,816; P<0,05). 18000 15000 12000 9000 6000 3000 0 8 10 12 14 16 18 1-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq serpushtligining baliq tanasi uzunligi bilan o‘zaro bog‘liqligi 2-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq serpushtligining baliq vazni bilan o‘zaro bog‘liqligi adu.uz universaljurnal.uz 87 SMI l, sm 18000 15000 12000 9000 6000 3000 0 10 15 20 25 30 35 40 45 50 55 60 SMI W, g. “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 18000 15000 12000 9000 6000 3000 0 1 2 3 4 5 3-rasm. Damariq kanalidagi urg‘ochi Koreya qirraqorinining individual mutlaq serpushtligining baliq yoshi bilan o‘zaro bog‘liqligi Xulosalar. Shunday qilib, Koreya qirraqorini Damariq kanalida 2 yoshda, tan
Доказательный фрагмент
«В статье приводятся данные по воспроизводительной способности корейской востробрюшки (Hemiculter leucisculus) канала Дамарик.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приводятся данные по воспроизводительной способности корейской востробрюшки (Hemiculter leucisculus) канала Дамарик. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Damarik channel, fish, Hemiculter leucisculus, fertility, age, length and body, length and body weight, длина и масса тела, Венозный канал, baliq, yoshi, uzunligi va tana vazni, Venous canal, возраст, рыба, Damariq kanali
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014