Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
К БИОЭКОЛОГИИ ПОДУШКООБРАЗНЫХ НАСЕКОМЫХ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
Универсал международный научный журнал · 6–12 · 1953
Аннотация
В настоящем исследовании с помощью метода NMDS (неконечного многомерного шкалирования) проанализированы экологические предпочтения видов Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953,Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer, 1926) иPulvinaria vitis (Linnaeus, 1758). В качестве факторов учитывались температура, влажность, высота над уровнем моря и возраст кормового растения. Полученные результаты позволили определить основные экологические требования каждого вида и их оптимальные условия обитания. Ключевые слова: Pulvinaria salicicola, Pulvinaria vitis, Anapulvinaria pistaciae, NMDS, биоэкология. Annotation: This study utilized Non-Metric Multidimensional Scaling (NMDS) analysis to evaluate the ecological preferences of Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953, Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer, 1926), andPulvinaria vitis (Linnaeus, 1758). Environmental variables such as temperature, humidity, altitude, and host plant age were measured. The results allowed for the identification of key ecological factors influencing each species and helped define their optimal developmental conditions. Keywords: Pulvinaria salicicola, Pulvinaria vitis, Anapulvinaria pistaciae, NMDS, bioecology. Bugungi kunda dunyo faunasidaPulvinariaTargioni-Tozzetti, 1866 (Coccidae) avlodining 143 turi ma’lum [3]. Ushbu avlod vakillari morfologik jihatdan ajralib turadi, chunki voyaga yetgan urg‘ochilari qorinning pastki qismidan oq ipga o‘xshash vosita orqali ekzogen modda ishlab chiqaradi [2]. Pulvinaria urug’iga mansub ko‘plab turlar keng tarqalgan bo‘lib, ayrimlari qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazuvchi organizmlar sifatida qayd etilgan. Shunga qaramay, Farg‘ona vodiysi sharoitida ushbu avlodning taksonomik tarkibi va bioekologik xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmagan [5]. adu.uz universaljurnal.uz 113 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Hozirgacha O‘zbekiston hududida faqat ikki tur: Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953 va Pulvinaria vitis (Linnaeus, 1758) K.Zokirov, O.Sobirov va boshqalar tomonidan tasvirlangan [6]. Shu bois, ushbu guruhga mansub turlarning bioekologik talablarini aniqlash va ularni ekologik omillar bilan bog‘liq holda o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot 2024-yilning mart–aprel oylarida Andijon viloyati hududida olib borildi. Tahlil uchun Pulvinaria salicicola, Pulvinaria vitis va Anapulvinaria pistaciae turlariga oid jami 6 ta namunadan foydalanildi. Har bir namuna uchun ekologik omillar — havo harorati (°C), nisbiy namlik (%), yer balandligi (m) va ozuqa o‘simliklari yoshi (yil) o‘lchab qayd etildi. Turlar o‘rtasidagi ekologik o‘xshashlik va farqlarni aniqlash maqsadida NMDS (Non-metric Multidimensional Scaling) usuli qo‘llanildi. Tahlillar R dasturining “vegan” paketi yordamida amalga oshirildi [4]. NMDS fazosida turlar joylashuvi ularning ekologik omillar bilan bog‘liqligini baholashga imkon berdi. Har bir turning zichligi (individlar soni) ham qayd etilib, ekologik sharoit bilan bo‘lgan bog‘liqligi o‘rganildi. 2024-yil mart–aprel oylaridaPulvinaria salicicola turining ekologik omillarga (harorat, namlik, balandlik, o‘simlik yoshi) nisbatan sezgirligi NMDS (No-Metric Multidimensional Scaling) tahlili orqali baholandi. Tahlil jarayonida turning joylashuvi va populyatsiya zichligi ekotizim parametrlariga bog‘liq holda tahlil qilindi. 06.03.2024 va 16.03.2024 sanalaridagi namunalar o‘zaro o‘xshash ekologik sharoitlarda (o‘rtacha harorat va past balandlik) olingan bo‘lib, P. salicicola soni yuqori bo‘lgan (mos ravishda 5 va 4 individ). 31.03.2024 sanasida esa balandlikning pasayishi (444 m) va haroratning oshishi (20°C) natijasida namunaviy joy biroz farq qilgan. Aprel oyining 2, 13 va 24-sanalarida balandlikning sezilarli oshishi (640–646 m) kuzatilgan, bu esa turning zichligining kamayishiga olib kelgan (individlar soni 4 → 3 → 2). Bunday dinamik o‘zgarishlar P. salicicola uchun yuqori balandlik va harorat sharoitlari noqulay ekani, aksincha pastroq balandlik va mo‘tadil harorat sharoitlarini afzal ko‘rishini ko‘rsatadi. Tahlil davomida turning bahor boshlarida ko‘proq uchragani, ammo aprel oyi oxiriga kelib sonining kamaygani aniqlandi. Bu esa haroratning oshishi va namlikning kamayishi P. salicicola populyatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. NMDS fazosidagi joylashuvlar populyatsiya dinamikasining ekologiyaga bog‘liqligini aniq namoyon etdi. Ushbu tahlillar asosida Pulvinaria salicicola uchun optimal ekologik sharoitlar quyidagicha belgilandi: past balandlik (450–500 m), o‘rtacha harorat (14–20°C) va yuqori nisbiy namlik (50– 60%). Bahor oxirida haroratning ortishi va balandlikning ko‘payishi turning sonining keskin kamayishiga sabab bo‘lgan. NMDS tahliliPulvinaria salicicola namunalarining o‘zaro farqlarini samarali ifodalab berdi va ekologik omillar ta’sirini vizual tarzda baholash imkonini berdi (1-rasm). 1-rasm. Pulvinaria salicicola turini NMDS yordamida ekol
Доказательный фрагмент
«В настоящем исследовании с помощью метода NMDS (неконечного многомерного шкалирования) проанализированы экологические предпочтения видов Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953,Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer, 19…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящем исследовании с помощью метода NMDS (неконечного многомерного шкалирования) проанализированы экологические предпочтения видов Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953,Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer, 19… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pulvinaria salicicola, Pulvinaria vitis, Anapulvinaria pistaciae, NMDS, bioecology., биоэкология., bioekologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014