К содержанию
РецензированоRU2026

ПЕРВАЯ НАХОДКА ВИДА PROCIPHILUS OLEAE (LEACH EX RISSO, 1826) В УЗБЕКИСТАНЕ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Xusanov Alijon Karimovich. · Tillayeva Saidaxon Toxirjon qizi. · Muhammadyusuf Shavkatbek o‘g‘li

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

The article reports the first discovery of the species Prociphilus oleae (Leach ex Risso 1826), widespread in the Mediterranean basin, on the territory of Uzbekistan, as well as information on its distribution and bioecology. Key words: Prociphilus oleae, Olea europaea, Mediterranean Sea, insects, morphology, bioecology. Dunyo afidofaunasida Prociphilus urug’ining 50 ta turi ma’lum. Bu urug’ vakillari hayotiy jarayoni davomida murakkab hayot siklini namoyon etadi. Ushbu urug’ vakillari uchun Rosaceae, Caprifoliaceae va Oleaceae kabi o‘simlikar oilalari vakillari asosiy ozuqa manbai hisoblanadi va ikkilamchi ozuqa o‘simliklari sifatida esa ignabargli o‘simliklar muhim sanaladi [6]. Prociphilus oleae – turi tengqanotli-xartumli hasharotlar turkumiga mansub, trofik ixtisoslashuviga ko‘ra monofag bo‘lib, zaytun (Olea europaea) o‘simligida uchrovchi yagona shira turi hisoblanadi. Uning vatani O‘rta yer dengizi havzasi regioni bo‘lib, dunyoning boshqa hudbudlarida xususan, Osiyoning Janubiy Koreya va Turkiya davlatlarida, Yevropaning Xorvatiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Sitsiliya, Sloveniya va Ispaniya kabi davlatlarida keng tarqalgan [7]. Prociphilus oleae haqidagi dastlabki ma’lumotlar 2000-2002 yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Turkiya davlatining Bursa shahrida aynan zaytun daraxtidan ilk marotaba 152 ta namuna yig‘ilgan yagona tur sifatida qayd etilgan [2]. Keyinchalik bu tur haqida 2018-yilning iyun oyida Xorvatiyada va Sloveniyada olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Unga ko‘ra ushbu tur zaytun o‘simligining barg va tana qismida yashab zarar keltirishligi takidlangan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra zaytun o‘simligi yaqinida uzumzorlar ham mavjud bo‘lib, bu tur uzum o‘simligida uchratilmagan. Ayni tur laboratoriya aniqlash ishlari asosida tasdiqlangan bo‘lsa-da, bundan avvalgi yillarda faqat vizual kuzatuvlarga asoslangan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Sloveniyada ham turning ilk laboratoriya asosidagi tekshiruvlar ham ayni shu yilga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda Prociphilus oleae turi Xorvatiya va Sloveniya hududlarida zaytun o‘simligida uchraydi, lekin bu turni o‘simlik uchun zarari yuqori darajada emasligi aniqlangan [3]. adu.uz universaljurnal.uz 117 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Prociphilus oleae turi 2021-yilning aprel oida Janubiy Koreaning Jeju shahrida ham zaytun o‘simligida ilk bor kuzatilgan [1]. Ushbu tur po‘stloq, ya’ni floemada yashab, voyaga yetgan davri va lichinkalari may oyida o‘simlikning novda hamda mayda shoxlarining po‘stlog‘ini teshib, o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Uning asosiy ozuqa o‘simligi zaytun hisoblansa-da, keng bargli filirea (Phillyrea latifolia) dan ham qayd etilgan, Sitsiliyada esa Vitis viniferaning ildizlarida topilgan qanotsiz shakllari ushbu turning ikkilamchi ozuqa o‘simligi bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi [2]. Turning morfologiyasi haqidagi keyingi malumotlar Monako (1987) va Peres (2003)lar tomonidan tavsiflangan. Unga ko‘ra shiralar tanasi oq mum bilan qoplangan. Tana uzunligi taxminan 3,2-3,5 mm (qanotli formalarida 3,7-4 mm) keladi. Boshida beshta segmentdan iborat 1 mm uzunlikdagi mo‘ylovlari bor. Shiralarning ko‘krak bezida to‘rtta, qorin qismida esa lateral va sublateral holatda joylashgan bir qancha bezlar mavjud [7]. Keying tadqiqotlar 1982-yilda H.L.G.Stroyan ishlari bilan bevosita bog‘liq. Olim kuzatishlari davomida shiralarning qanotsiz formalari va voyaga yetmagan vakillarini ko‘rib, bularni oq mum qobiq ichida hayot kechirishligini izohlab o‘tgan [7]. P. oleae turining to‘liq rivojlanish sikli hali ham unchalik aniq emas va bu borada faqat bir nechta qisqa kuzatuvlar mavjud. Eng ko‘p kuzatuvlar Roberti va Monako (1987)lar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, ular may oyining birinchi 10 kunida asoschi lichinka va uning keyingi avlodlarini to‘pganliklari haqida xabar berishadi. Koloniyalar taxminan 50-60 ta individdan iborat bo‘lib, uzunligi taxminan 2-5 sm ga yetadi. Sloveniyada olib borilgan tadqiqotlarda esa asoschilar mart oyida paydo bo‘lishi kuzatilgan [4, 5]. Ikkinchi avlod aprel oxiridan may oyi davomida paydo bo‘ladi va birinchi asosiy ozuqa o‘simligidan ikkilamchi ozuqa o‘simliklarining ildizlariga migratsiya qiladi, noyabr va dekabr oylarida esa asosiy ozuqa o‘simligiga qaytadi. P. oleae koloniyalari odatda ikki yillik yoki uch yillik novdalarning bazal qismida yashaydi va daraxtning taxminan to‘rt metr balandligigacha, lekin ko‘pincha yer yuzasidan bir yarim metrdan ikki yarim metrgacha bo‘lgan balandlikda uchraydi. Koloniyalar odatda 50 taga yaqin individdan iborat bo‘lib, ularga asoschilar, qanotli va qonotsiz formalar va lichinkalar kiradi. Har bir novdada odatda bitta koloniyaning bo‘lishi kuzatiladi [3]. Asoschilar odatda zaytun o‘simligining po‘stlog‘idagi yoriqlarda, poyaning tagiga yaqin joylashadi, ikkinchi avlod esa esa deyarli faqatgina poyaning tagidan o‘sayotgan yovvoyi novdalarda yashaydi va ular dey

Доказательный фрагмент

«The article reports the first discovery of the species Prociphilus oleae (Leach ex Risso 1826), widespread in the Mediterranean basin, on the territory of Uzbekistan, as well as information on its distribution and bio…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article reports the first discovery of the species Prociphilus oleae (Leach ex Risso 1826), widespread in the Mediterranean basin, on the territory of Uzbekistan, as well as information on its distribution and bio… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Prociphilus oleae, Olea europaea, Mediterranean Sea, insects, morphology, Mediterranean, морфология, насекомые, биоэкология., bioecology., O‘rta yer dengizi, hasharotlar, bioekologiya., morfologiya, Средиземноморье
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники