Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О СОВРЕМЕННЫХ БИОЛОГИЧЕСКИХ МЕРАХ БОРЬБЫ С МУЛЬЧАМИ С ПОМОЩЬЮ АФИДОФАГОВ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · KURASH HAQIDA · Temirova Shamsiqamarbegim Ilyosjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются эксперименты по морфологии, адаптации к климату и сокращению популяций вредителей важных афидофагов (Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali). Это важно тем, что позволяет сохранить полезную энтомофауну и сократить потребление инсектицидов без ущерба для экосистемы. Этот метод считается экологически безопасной и эффективной альтернативой традиционным инсектицидам. Подчеркивается, что массовое применение также перспективно в условиях Узбекистана. Ключевые слова: афидофаги, Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali, тля, биологический контроль, гиперпаразит. Annotation. This article analyzes experiments on the morphology, climate adaptation and reduction of pest populations of important aphidophages (Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali). This is important because it allows preserving useful entomofauna and reducing insecticide consumption without harming the ecosystem. This method is considered an environmentally friendly and effective alternative to traditional insecticides. It is emphasized that mass application is also promising in the conditions of Uzbekistan. Key words: aphidophages, Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali, aphid, biological control, hyperparasite. Zamonaviy qishloq xo‘jaligida hasharotlarning zararli ta’sirini kamaytirish va barqaror hosildorlikka erishish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tez ko‘payadigan va iqtisodiy jihatdan jiddiy zarar keltiradigan shiralar bilan kurashish dolzarbdir. An’anaviy yo‘l – kimyoviy insektitsidlar qo‘llash, ko‘plab ekologik xavflarni keltirib chiqaradi: foydali entomofaunaning nobud bo‘lishi, agroekotizimning buzilishi, residual kimyoviy moddalar tufayli oziq-ovqat sifati pasayishi va inson salomatligiga salbiy ta’sirlar shular jumlasidandir. Shu bois, biologik usullar, xususan, shira populyatsiyasini tabiiy dushmanlar – yirtqich va parazit hasharotlar yordamida pasaytirish tobora keng ahamiyat kasb etmoqda. Biologik nazoratda eng samarali omillardan biri – afidofag parazitlar bo‘lib, ular shiralar tanasiga tuxum qo‘yadi yoki lichinka bosqichida ichidan zararlab, xost xo‘jayin zararkunandalarni nobud qiladi. Bunday эндоparazitlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa foydali hasharotlarga deyarli zarar yetkazmaydi (Boivin va boshq., 2012). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum (Hymenoptera: Braconidae, Aphidiinae) va Aphelinus mali (Hymenoptera: Aphelinidae) singari turlar dunyoning turli mintaqalarida shiralarga qarshi muvaffaqiyatli qo‘llanilib, yuqori ekologik va iqtisodiy samaraga erishilmoqda. Mazkur maqolada uch turga mansub – Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum va Aphelinus mali parazit turlarining morfologiyasi, hayot sikli, shiralarga qarshi qo‘llanish tajribalari hamda ularning ekotizimga ta’siri bo‘yicha ilmiy manbalarda keltirilgan asosiy natijalar sharhlanadi. adu.uz universaljurnal.uz 138 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Aphidius ervi (Hymenoptera: Braconidae, Aphidiinae) yirikroq o‘simlik shiralarini (Macrosiphini tribasi) zararlaydigan ichki parazit hasharot hisoblanadi. Urg‘ochisi har bir shiraga bitta tuxum qo‘yib, lichinkasi shira tanasida rivojlanadi va uni taxminan bir hafta ichida nobud qiladi. Shira qobig‘i “mumiya”ga aylanib, ichida parazitning g‘umbagi yetiladi (Boivin va boshq., 2012). A. ervi ko‘plab sabzavot va yem-xashak ekinlarida (masalan, kartoshka, beda, loviya) yirik shira populyatsiyasini tezlik bilan topib kamaytirish bilan ahamiyatlidir. Aphidius ervi 1980-yillardan boshlab butun dunyoda issiqxona va dala sharoitida introduksiya qilinib, katta shira guruhlarini (masalan, kartoshka shirasi, tamaki shirasi) muvaffaqiyatli bostirgan. Bir necha hafta ichida shira koloniyalari 80–90 foizgacha pasayib, qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararlanishi kamaygan (Boivin va boshq., 2012). Lysiphlebus fabarum (Hymenoptera: Braconidae, Aphidiinae) esa asosan Aphis avlodiga mansub shiralarga, jumladan, loviya shirasi (Aphis fabae), paxta shirasi (A. gossypii) kabi xavfli zararkunandalarga ixtisoslashgan. Ushbu tur ko‘pincha bir necha avlodli bo‘lib, iqlim sharoitiga qarab mavsum davomida bir necha bor ko‘payadi (Vorburger & White, 2017).L. fabarum ning ba’zi populyatsiyalari parteno-genetik usulda (faqat urg‘ochi avlod) rivojlanadi, bu esa past populyatsiya zichligida ham tez ko‘payish imkonini beradi. Aphelinus mali (Hymenoptera: Aphelinidae) chalcidoid guruhiga mansub bo‘lib, olma shirasi (Eriosoma lanigerum)ga xos monofag parasit sifatida tarixan klassik biologik kurashning eng muvaffaqiyatli namunalaridan biri deb e’tirof etiladi (Charles & Walker, 2017). A. mali urg‘ochisi shiraga tuxum qo‘yishdan tashqari, juda mayda o‘lchamlari (1,5–2 mm) va faollikda sakrash orqali harakatlanish xususiyati bilan farqlanadi. Aphelinus mali dunyoning turli mintaqalarida olma bog‘larida shiralarni deyarli iqtisodiy zarar yetkazmaydigan darajaga tu
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются эксперименты по морфологии, адаптации к климату и сокращению популяций вредителей важных афидофагов (Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali).»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются эксперименты по морфологии, адаптации к климату и сокращению популяций вредителей важных афидофагов (Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aphidophages, Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali, aphid, shira, тля, афидофаги, биологический контроль, hyperparasite., giperparazit., biological control, afidofaglar, biologik nazorat, гиперпаразит.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026