К содержанию
РецензированоUZ2018

TOLDOSHLAR OILASIGA MANSUB DARAXTLARNI KEMIRUVCHI ZARARKUNANDA XIDLI DARAXTXO‘RNI ZARARLASHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · KURASH CHORALARI · Axmedov Anvar Tursunboyevich · Ummatov Anvar Muxtorovich · Yuldashev Farruxbek Ergashboyevich

Универсал международный научный журнал · 2018

Аннотация

This article discusses the scented carpenterworm (Cossus cossus L.), a pest belonging to the order Lepidoptera and family Cossidae. This species is widely distributed in Central Asia, especially in Uzbekistan, and causes significant damage to poplar and willow trees. The authors conducted field observations from 2018 to 2020 in the regions of Andijan, Fergana, Namangan, Tashkent evaluating the distribution and damage levels. The paper provides insights into the pest’s biology, life cycle, and recommends control measures. Keywords: Scented carpenterworm, Cossus cossus L., pest, poplar, willow, biology, ecology, control measures, field observations. Kapalaklar turkumining, daraxtxo‘rlar (Cossidae) oilasi mansub bo‘lgan zararkunanda hasharot bo‘lib, Markziy Osiyo sharoitida 60 dan ortiq turlari mavjud [1]. Kapalaklari kichik hamda juda yirik (10 smdan oshiq) bo‘lishi mumkin. Tanasi yo‘g‘on, boshi kichik va xartumsiz (oziqlanmaydi). Qanotlari yirik, muhitga moslashgan rang (kulrang-qo‘ng‘ir, oxrasimon, turli izlar bilan qoplangan oqish va b.). Kapalaklari kech qorang‘uda uchadi. Terak, tol, qayrag‘och, olma va boshqa daraxtlarga moslashgan turlardan biri xidli daraxt kemiruvchisidir – Cossus cossus L. Bu hasharot keng tarqalgan bo‘lib, uni Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa, Yaqin G‘arb, Rossiya, Kavkaz, O‘rta Osiyo davlatlari, hamda Yaponiyada uchratish mumkin[1,2]. Uni O‘zbekiston hamda Tojikiston xududlarida tez-tez uchratish mumkin. Terak va tolga jiddiy zarar keltiradi. Uni dengiz satxidan 2000 m balandlikda ham tog‘larda uchratsa bo‘ladi. Qurtlari yirik va harakatchang bo‘lib, boshi qora, yelka tomoni to‘q qizil rangga qoplanib, segmentlarini ajratib turadi. adu.uz universaljurnal.uz 164 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 1 3 2 1- rasm. Hidli daraxtxo‘r: 1 – kapalagi, 2 – zararlangan terakning ko‘rinishi,3 – katta yosh qurtlari po‘stloq ostida Hidli daraxtxo‘r ikki yilda bir avlod berib rivojlanadi. U qurtlik davrida daraxtlarning po‘stloq osti hamda yog‘och qismida “shahar mo‘ylovdori” singari yo‘g‘on teshik izlar qoldirib qishlab chiqadi. Bahor kunlari kelishi bilan, rivojlanishni davom etadi. Bu hasharotning qurti rivojlanayotgan daraxt yuziga shikastlangan joydan qoramtir hidli suyuqlik chiqib oqadi (rasmga qarang). O‘z nomini shuning uchun ham olgan. Qurtlari jami 8 marta po‘st tashlab, 22 oy mobaynida rivojlanadi. Uchinchi yilning may-iyun oylarida g‘umbaklanishga tayyorgarlik ko‘radi. Buning uchun, qurtlarning bir qismi yerga tushib, qolgani daraxt po‘stlog‘i ostida, to‘nka va boshqa pana joylarda qalin pilla – belanchak yasaydi. G‘umbaklik davri bir oygacha davom etadi. Kapalaklar iyul oyida yangi avlodni boshlab beradi. Kapalaklar kechasi uchib juftlashgach, tuxum qo‘yishga kirishadi. Buning uchun daraxtlarning shikastlangan, yoki po‘stloqlarining yorilgan joylarini topib 5-tadan 20-tagacha tuxum qo‘yadi. Ochib chiqqan qurtlar dastavval po‘stloq ostida iz qoldirib oziqlanadi, keyinchalik esa tanasini o‘yib kuzga borib, daraxtlarning ksilema (yuqoriga chiqaruvchi va floema (pastga tushuruvchi) to‘qimalarini shikastlab, ularning o‘sib rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Sovuq kunlar tushishi bilan qurtlari diapauzaga kirib qishlab qoladi. Biz terak va tol daraxtlarini turli viloyat va sharoitlarda hidli daraxtxo‘r bilan zararlanishini o‘rgandik. (1-jadvalga qarang). 1-javdal Turli viloyat va sharoitlarda terak va tol daraxtlarini xidli daraxtxo‘r bilan zararlanishi Dala kuzatuvlari, 2018-2020 yy. Viloyat va xududlar Terak Tol Viloyat Xudud 50 tadan nechtasi % 50 tadan % zararlangan nechtasi zararlangan Andijon 1. Xojaobod 3 6 0 0 2. Jalaquduq 7 14 3 6 3. Oltinko‘l 12 24 5 10 Farg‘ona 1. Bog’dod 0 0 0 0 2. Yozyovon 6 12 3 6 Namangan 1.Uchqo‘rg’on 9 18 0 0 Toshkent 1. Qibray 7 14 2 4 2. Bo‘stonliq 2 4 0 0 adu.uz universaljurnal.uz 165 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Jadvaldan quyidagi xulosalar qilsa bo‘ladi. 1. Hidli daraxtxo‘r barcha nazorat o‘tkazilgan viloyatlarda tarqalganligi aniqlandi. 2. Hidli daraxtxo‘r bilan teraklar tollarga nisbatan ko‘proq zararlanar ekan. 3. Viloyatlar orasida: Andijon va Namangan viloyatlarida teraklar kuchliroq zararlangan. Hidli daraxtxo‘rga qarshi mahsus himoya vositasi yoki usuli sinab ko‘rilmadi, ammo shunisi ma’lumki, bunga qarshi kurashda ma’lum darajada mexanik usul yordam berishi mumkin. Ya’ni, agarda kuzda terak novdalari agrotexnik yoki sanitar maqsadlarda kesilgan bo‘lsa, ularning o‘rnini moyli bo‘yoq bilan ishlab qo‘yish kerak. Ikkinchidan, terakni barcha zararkunandalarga qarshi biryo‘la ishlov o‘tkazish paytida (may-iyun) imagotsid va larvitsid dorilarni ishlatish hidli daraxtxo‘rga qarshi ham samara berishi mumkin. Va uchinchidan, biz tavsiya qilayotgan shahar mo‘ylovdori, po‘stloq xo‘rlar hamda so‘ruvchi hasharotlarga qarshi ildiz orqali himoya qilish usuli (keyinroq keltiriladi) bu hasharotga qa

Доказательный фрагмент

«This article discusses the scented carpenterworm (Cossus cossus L.), a pest belonging to the order Lepidoptera and family Cossidae.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the scented carpenterworm (Cossus cossus L.), a pest belonging to the order Lepidoptera and family Cossidae. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Scented carpenterworm, Cossus cossus L, pest, poplar, willow, biology, ecology, AND MEASURES TO COMBAT IT, ГРЫЗУН-ВРЕДИТЕЛЬ ДЕРЕВЬЕВ СЕМЕЙСТВА ДЕРЕВЯННЫХ, И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМ, PEST OF THE ODOROUS WOOD-EATING TREES, ВРЕДИТЕЛЬ ПАХУЧИХ ДРЕВЕСНЫХ ДЕРЕВЬЕВ, TOLDOSHLAR OILASIGA MANSUB DARAXTLARNI KEMIRUVCHI ZARARKUNANDA XIDLI DARAXTXO‘RNI ZARARLASHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI, A RODENT PEST OF THE TREES OF THE TREES FAMILY
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники