Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ ВИДОВ РОДА TAMARICH L. В ЭКОЛОГИИ И ЭКОСИСТЕМЕ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ahmadjonova Gulshoda Farhodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This thesis explores the economic and ecological significance of Tamarix L. species. These halophytic plants exhibit high tolerance to salinity, drought, and erosion, making them valuable for land reclamation and greening of arid areas. Additionally, they function as dust catchers, biofilters, and protective green barriers contributing to ecosystem stability. Keywords: Tamarix L., economic importance, ecosystem, phytomelioration, salinity O‘zbekiston florasida muhim o‘rin egallagan Tamarix L. turkumi vakillari ekologik barqarorlikni ta’minlovchi, tabiiy va yarim tabiiy ekotizimlarda faol ishtirok etuvchi o‘simliklardandir. Bu turkumga kiruvchi turlar ko‘pincha cho‘l va yarim cho‘l hududlarda, ayniqsa sho‘rlangan, qurg‘oqchil va suv ta’minoti past bo‘lgan yerlarda o‘sishga moslashgan bo‘lib, ular hayotiyligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi [1]. Zamonaviy ekologik sharoitda, xususan, yerlarning degradatsiyasi, iqlim o‘zgarishi va sho‘rlanish jarayonlari kuchaygan bir paytda, Tamarix turlarining fitomeliorativ, eroziyaga qarshi va biofiltr sifatidagi funksiyalarini o‘rganish katta amaliy va ilmiy ahamiyat kasb etmoqda [2]. Shu bilan birga, ularning xo‘jalikdagi roli ham tobora ortib bormoqda - masalan, shamol to‘siqlari sifatida, ozuqa va yoqilg‘i manbai, shuningdek, landshaftni tiklash vositasi sifatida qo‘llanmoqda [3]. Mazkur tadqiqot aynan shu jihatlarni - Tamarix turlarining ekotizimdagi tabiiy funksiyalari va xo‘jalikdagi real foydalilik tomonlarini ochib berishga yo‘naltirilgan. Tamarix L. turkumi vakillari O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlariga, xususan, sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan joylarga tabiiy moslashgan holda tarqalgan. Ushbu o‘simliklarning ekologik roli, avvalo, ularning fiziologik va morfologik moslashuv mexanizmlariga asoslanadi. Barglarining tangasimon shaklda bo‘lishi, ildiz tizimining chuqur va keng tarmoqlanganligi, tuzni barglar orqali ajratish xususiyati - bularning barchasi Tamarix turlarining ekstremal muhitlarga chidamligini ta’minlaydi [1]. Ekotizim darajasida Tamarix turlari bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi: ular shamol va suv eroziyasiga qarshi tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, zaxkand va kanal bo‘ylarida chang va gazni ushlovchi yashil biofiltr sifatida ekologik muvozanatni saqlaydi. Ayniqsa, T. ramosissima, T. hispida adu.uz universaljurnal.uz 187 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari va T. laxa turlari Farg‘ona vodiysida kuchli sho‘rlangan hududlarda uchraydi va bu joylarda tabiiy fitotsenozlarning shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi [2]. Xo‘jalik nuqtayi nazaridan esa Tamarix turlari o‘ta foydali: sho‘r yerlarda rekultivatsiya va fitomelioratsiya uchun ishlatiladi; yoqilg‘i manbai sifatida (quritilgan holda) ahamiyatga ega; ayrim turlarining po‘stlog‘idan bo‘yoqlar va tanin moddalar olinadi; shamol to‘siqlari, meliorektiv yashil zonalar tashkil qilishda ekiladi [3]. Bundan tashqari, ayrim Tamarix turlari (masalan, T. hispida va T. arceuthoides) po‘stlog‘ida tanin moddalari mavjud bo‘lib, ular xalq tabobati, charmni bo‘yash va bo‘yoq sanoatida ishlatiladi. Ularning yog‘ochi qattiq va ixcham bo‘lib, yoqilg‘i sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, aholi zich joylashgan sho‘rlangan hududlarda (Masalan, Qo‘shtepa, Buvayda, To‘rtko‘l tumanlari) bu turlar biomassa manbai sifatida ekiladi [4]. Tamarix turlarining ekologik xizmatlari nafaqat tuproqni barqarorlashtirish bilan, balki biofiltratsiya, mikroiqlimni tartibga solish, biotsenozlarni tiklash kabi ko‘p funksional rollari bilan bog‘liq. Ularning barg va shoxlar tuzilishi changni ushlashda samarali bo‘lib, avtomobil yo‘llari bo‘ylab ekilgan plantatsiyalar bu xususiyatdan foydalangan holda shakllantirilmoqda. Shuningdek, turlarning ko‘pchiligi gil, qumli va sho‘rxok tuproqlarda o‘z-o‘zini yangilash xususiyatiga ega bo‘lib, ularning tabiiy seleksiya jarayonidagi barqarorligini ko‘rsatadi [5,6]. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Tamarix L. turkumi vakillari ekologik barqarorlikni ta’minlashda, ayniqsa cho‘l va sho‘rlangan hududlarda, muhim rol o‘ynaydi. Ularning kuchli fiziologik moslashuvchanligi, sho‘rga va qurg‘oqlikka chidamliligi ularni nafaqat tabiiy ekotizimlarning barqaror komponenti, balki xo‘jalikda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan resurs sifatida ham alohida o‘ringa ega qiladi. Tamarix turlaridan fitomeliorativ, rekultivatsion, biofiltr, eroziyaga qarshi va shamol to‘siqlari sifatida foydalanish ularning potensialini yanada samarali ochib berishga xizmat qiladi. Ushbu turlarni ilmiy asosda saqlash, ko‘paytirish va ulardan maqsadli foydalanish O‘zbekistonning ekologik holatini yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligi yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Кудряшева А.П. Род Tamarix L. во флоре Средней Азии. Ташкент: Фан, 1982. С. 5–8. 2. Русанов И.Ф. Лесомелиоративная роль тамариксов. — Л.: Наука, 1980. — С. 63–70. 3. Хасанов Ф.О. Пустынная флора Узбекистана. — Ташкент: Фан, 2000. — С. 144
Доказательный фрагмент
«This thesis explores the economic and ecological significance of Tamarix L.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis explores the economic and ecological significance of Tamarix L. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tamarix L, economic importance, ecosystem, phytomelioration, salinity, ekotizim, экосистема, экономическое значение, фитомелиорация, засоление, xo‘jalik ahamiyati, Tamarix L., fitomelioratsiya, sho‘rlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025