К содержанию
РецензированоRU2026

РАСТЕНИЕ СИРОП И ЕГО ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ismoilov Ibroxim Xakimjon o‘g‘li. · Raxmonjonova Madina Maxmudjon qizi.

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This thesis explores the biological characteristics, geographical distribution, and medicinal properties of the wormwood plant. Traditionally used in folk medicine, wormwood contains essential oils, organic acids, and other biologically active compounds beneficial to human health. The study provides insights into its anti-inflammatory, antiseptic, analgesic, and sedative effects, as well as its applications in both traditional healing and modern phytotherapy. Keywords: Wormwood, medicinal plant, folk medicine, essential oils, anti-inflammatory, antiseptic, phytotherapy, biologically active compound. O‘zbek xalq tabobati boy tarixiy merosga ega bo‘lib, unda o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlaridan keng foydalanilgan. Xususan, isiriq (Artemisia) o‘simligi qadimdan turli kasalliklarni davolashda muhim vosita sifatida qo‘llanilib kelgan. Isiriq turkumiga mansub o‘simliklar dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, ularning kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlari zamonaviy fan tomonidan ham chuqur o‘rganilmoqda[1]. Isiriq o‘zining boy efir moylari, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu o‘simlikning yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, parazitlarga qarshi va tinchlantiruvchi ta’siri mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Bugungi kunda isiriq nafaqat xalq tabobatida, balki zamonaviy fitoterapiya va farmatsevtika sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Mazkur tezisda isiriq o‘simligining morfologik va kimyoviy xususiyatlari, dorivorlik potensiali hamda inson salomatligiga ta’siri ilmiy tahlil asosida yoritiladi [2]. Shu bilan birga, ushbu o‘simlikdan foydalanishda xavfsizlik choralari va dozalashga doir ilmiy tavsiyalar ham ko‘rib chiqiladi. 1. Isiriqning botanik xususiyatlari va tarqalish hududlari Isiriq — quruq iqlim sharoitiga moslashgan, ko‘p yillik yoki bir yillik o‘simlik bo‘lib, Asteraceae (qazg‘oqgullar) oilasiga mansub. Uning 400 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston hududida Artemisia absinthium, Artemisia vulgaris va Artemisia scoparia kabi turlari keng tarqalgan. adu.uz universaljurnal.uz 197 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Isiriq asosan tog‘ oldi, cho‘l va dasht hududlarida o‘sadi [3]. O‘simlikning barglari mayda, bo‘rtma va efir moylariga boy bo‘lib, xushbo‘y hidga ega. 2. Kimyoviy tarkibi va biologik faol moddalari Isiriq o‘simligi tarkibida quyidagi asosiy biologik faol moddalar mavjud: 1. Efir moylari (kamazulen, cineol, tujol); 2. Flavonoidlar (quercetin, luteolin); 3. Organik kislotalar (yablok kislotasi, salitsil kislotasi); 4. Taninlar va gorik moddalar. Ushbu komponentlar isiriqning farmakologik ta’sirini belgilovchi asosiy omillardir. Ayniqsa, efir moylarining yuqori konsentratsiyasi uni antibakterial va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlatish imkonini beradi [4]. 3. Dorivorlik xususiyatlari Isiriq o‘zining keng dorivor spektri bilan ajralib turadi: 1. Yallig‘lanishga qarshi ta’siri: Isiriq ekstraktlari to‘qimalardagi yallig‘lanishni kamaytiradi va og‘riqni yengillashtiradi; 2. Antiseptik xususiyati: Mikroorganizmlarga qarshi kurashadi; 3. Parazitolik ta’siri: Ichki parazitlarni yo‘qotishda samarali; 4. Tinchlantiruvchi ta’siri: Asab tizimini barqarorlashtiradi, uyqusizlikni kamaytiradi; 5. Ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’siri: Ishtahani ochadi, ovqatni yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi. 4. Amaliy qo‘llanilishi Isiriqdan tayyorlangan damlamalar, qaynatmalar va efir moylari xalq tabobatida surunkali bronxit, revmatizm, ichak parazitlari, teri kasalliklari va bosh og‘rig‘ini yengillashtirishda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy farmatsevtika sanoatida esa isiriq asosida ishlab chiqarilgan preparatlar — tabletkalar, malhamlar va efir moylar — fitoterapevtik vosita sifatida ishlatiladi [5]. Xulosa qilib shuni aytamanki Isiriq o‘simligi (Artemisia) qadimdan xalq tabobatida o‘zining keng ko‘lamli dorivor xususiyatlari bilan mashhur bo‘lib, bugungi kunda ham tibbiyot va farmatsevtikada muhim ahamiyatga ega. O‘simlik tarkibidagi efir moylari, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa biologik faol moddalar uni turli kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida qo‘llash imkonini beradi. Isiriqning yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, tinchlantiruvchi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilovchi ta’sirlari zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan. Shu bilan birga, isiriqdan foydalanishda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki uning haddan tashqari yoki noto‘g‘ri ishlatilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, isiriq o‘simligini xalq tabobatida va zamonaviy fitoterapiyada ilmiy asoslangan yondashuv bilan qo‘llash yuqori natija beradi. Kelgusida isiriqning farmakologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish va uning asosida samarali preparatlar ishlab chiqish istiqbollari mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qodirov, S. “Dorivor o‘simliklar ensiklopediyasi.” – Toshkent: Fa

Доказательный фрагмент

«This thesis explores the biological characteristics, geographical distribution, and medicinal properties of the wormwood plant.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis explores the biological characteristics, geographical distribution, and medicinal properties of the wormwood plant. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Wormwood, medicinal plant, folk medicine, essential oils, anti-inflammatory, фитотерапия, biologically active substance., efir moylari, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, народная медицина, fitoterapiya, biologik faol modda., антисептическое, лекарственное растение, dorivor o‘simlik, Isiriq, биологически активное вещество., эфирные масла, Зуд, Itching, противовоспалительное, antiseptic, xalq tabobati, phytotherapy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники