К содержанию
РецензированоRU2024

ОСОБЕННОСТИ РОСТА И РАЗВИТИЯ РАСТЕНИЯ С. ВИЗАНТИНА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Raxmatova Guli Rustamovna. · Matyakubov Zafarbek Sharipovich · Xorazm Ma’mun akademiyasi

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

In this article, under the conditions of Khorezm on April 20, 2024, air temperature seeds germinated 72% and S. betonicaeflora seeds germinated 70% within 10 days. The sum of positive temperatures was +107.3ºС. In general, the germination of the seeds of the studied plants was not significantly different in both environmental conditions. 70-80% germination of seeds was found in both (Laboratory and field) conditions. Key words: Generative, vegetation, introduction, selection-genetic. O`simliklarning biomorfologik xususiyatlarini ontogenezda o‘rganish davomida T.A. Rabotnov tomonidan ishlab chiqilgan va A.A. Uranov tomonidan takomillashtirilgan tasnif bo‘yicha quyidagi (o‘sish va rivojlanish) davrlariga ajratildi: latent, virginil, generativ. Quyida o‘rganilgan o‘simliklarning ana shu davrlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz [1, 2]. Latent davri. Urug‘ unuvchanligi – o‘simlikning urug‘dan ko‘payishi va tiklanishini, turning taqdirini hal qiluvchi hamda urug‘ sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi [3], [4]. Urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi uchun qulay haroratni aniqlash maqsadida tajribalar turli haroratlar (+15, +20, +25ºS) da olib borildi. Laboratoriya tajribalari natijasida, S. byzantina urug‘larning unuvchanligi uchun qulay harorat +25ºS ekanligi aniqlandi (3.1-jadval) va haroratning bu darajasida o‘simlikning urug‘lari 7-10 kun ichida 80-90% unib chiqdi. O‘rganilgan o‘simlik urug‘larining unib chiqishi uchun qulay harorat va urug‘larning unuvchanligi turlicha ko‘rsatkichda. Adabiyotlardan ma`lumki, harorat o‘simlik urug‘larining unib chiqishi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi [5], [6], [7]]. Kuzatishlarimizga ko‘ra, laboratoriya sharoitida S. byzantina urug‘larining harorat pasayishi natijasida unuvchanligi va unish energiyasining kamayishi ma`lum bo‘ldi (1-jadval). 1-jadval S. byzantina urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligi, % (n=150) O`simlik nomlari Harorat, ºS Unuvchanlik, % 15 86±2,7 Stachys byzantina 20 88±2,6 25 91±2,3 adu.uz universaljurnal.uz 206 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Dala sharoitida tajribalar ikki xil tuproq-iqlim sharoitlarida olib borildi. Sho‘rlanmagan sharoitda havo harorati +13,1ºS bo‘lganda ekilgan S. byzantina urug‘lari 10 kun ichida 80%, unib chiqdi. Bunday sharoitida S. byzantina urug‘larining unib chiqishi uchun ijobiy haroratlar yig‘indisi +177,4ºS ga teng bo‘ldi. Sho‘rlangan sharoitda havo harorati +16,5ºS ekilgan S. byzantina urug‘lari 10 kun ichida 72% unib chiqdi. Ijobiy haroratlar yig‘indisi +107,3ºS ni tashkil etdi. Umuman o‘rganilgan o‘simlik urug‘larining unuvchanligi har ikkala ekologik sharoitda ham keskin farq qilmadi. Har ikkala sharoitda ham urug‘larning 70-80% unishi aniqlandi. Virginil davri. Virginil davr o‘z navbatida 4 bosqichga bo‘linadi: maysa, yuvenil, immatur, voyaga etgan virginil yoshli o‘simlik. Maysa bosqichi. Ko‘pchilik o‘tsimon o‘simliklarda urug‘larining tuproqdagi tinim holati uch oydan besh oygacha davom etsa, o‘rganilgan o‘simlikda tinim holati ancha kam, ya`ni urug‘lar tuproqqa sepilgandan keyin 10-15 kun ichida to‘liq unib chiqdi (1-rasm). 1-rasm. Dala sharoitida S. byzantina urug‘larining unib chiqish jarayoni. Tajtibadagi o‘simlikning urug‘lari mart oyining oxiri va aprel` oyining boshlarida ekildi. Urug‘lar ekilgandan so‘ng 7-10 kundan keyin yoppasiga unib chiqdi. Bu davrda havoning harorati +20-23ºS ni tashkil qildi. Unib chiqqan 10 kunlik urug‘palla barglarning shakli yumaloq, yashil rangda bo‘lib, maysaning balandligi 0,6-2,6 sm ga teng. O`simlikning ildizchasi dastlabki kunlarda sekin o‘sdi. Maysa bosqichining oxirida u 4-6 sm ga chuqurlashdi. Maysa bosqichi o‘simlik hayotida juda qisqa bo‘lib, 10-15 kunni tashkil etadi. Yuvenil bosqichi. S. byzantina ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. Aprel` oyining o‘rtalarida o‘simtaning urug‘ bilan aloqasi butunlay yo‘qoldi. Asosiy poya va ildizlarning rivojlanishi kuzatildi. O`simtaning bo‘yi 2-3 sm bo‘lib, urug‘palla barglari 2-3 x 0,5-0,7 sm ga kattalashdi va shu paytdan boshlab birinchi va ikkinchi haqiqiy barglari shakllana boshladi (2-rasm). 2-rasm. S. byzantina o‘simligining yuvenil bosqichi. adu.uz universaljurnal.uz 207 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Barglari etuk o‘simliklarnikiga qaraganda mayda, chekkalari butun, ma`lum darajada tuklar bilan qoplangan, yumaloq shaklda edi. Bu davrda katta yoshdagi o‘simlik belgilari hali namoyon bo‘lmagan holatda edi. Yuvenil bosqichning davomiyligi 14-18 kunni tashkil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Работнов Т.А. Жизненный цикл многолетних травянистых растений в луго¬вых ценозах // Тр. БИН АН СССР. 1950. – № 3 (6). – С. 7-204. 2. Уранов А.А. Возрастной спектр фитоценопопуляции как функция времени и энергетических волновых процессов // Научн. докл. высш. шк. (Биол. науки). – № 2. – Москва, 1975. – С. 27-35. 3. Василь

Доказательный фрагмент

«In this article, under the conditions of Khorezm on April 20, 2024, air temperature seeds germinated 72% and S.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, under the conditions of Khorezm on April 20, 2024, air temperature seeds germinated 72% and S. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Generative, vegetation, introduction, selection-genetic, selection-genetic., вегетационный, селекционно-генетический., интродукционный, Генеративный
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники