Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОПИСАНИЕ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ СЕМЕЙСТВА БИГНОНИЕВЫЕ, ИНТРОДУКЦИОНИРОВАННЫХ В ТАШКЕНТСКОМ БОТАНИЧЕСКОМ САДЕ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Hamrayeva Dilovar Axadovna b.f.f.d. (PhD) · Turdiboyev Shohbozbek Abdumalik o‘g'li · Rahmatillayev Muslimjon Sobir o‘g’li
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В статье приводится описание некоторых видов, которые устойчивы к засухе, используются в ландшафтном дизайне и могут быть рекомендованы для вертикального озеленения. Ключевое слово: Ташкентский Ботанический сад, Chilopsis linearis, Catalpa x Chilopsis Rusanov.,Campsis radicans, изменение климата, засухоустойчивый вид, гибрид. Annotation: The article describes some species that are resistant to drought, are used in landscape design and can be recommended for vertical gardening. Keyword: Tashkent Botanical Garden, Chilopsis linearis, Catalpa x Chilopsis Rusanov., Campsis radicans, climate change, drought-resistant species, hybrid. Atrof muhitga antropogen omillar, xususan texnogen ta’sirning haddan ziyod ortib ketganligi, urbanizatsiya jarayonining kuchayib borayotganligi, bu esa tabiatdagi muvozanatning buzilishiga, inson salomatligi uchun yangi xavflarni kelib chiqishiga olib kelmoqda. Yashillik esa shaharlar iqlimini yumshatadi, harorat va namlikni tartibga soladi, shovqin va shamolni pasaytiradi, atmosferani chang va zaharli chiqindilardan, havoni mikroblardan tozalaydi, ionlar, smola va xushbo‘y hidlar bilan boyitadi, fitonsidlar chiqarib, havodagi zararli mikroorganizmlarmi o‘ldiradi, quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytiradi, tuproqning haddan tashqari qizishini oldini oladi[1]. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqlimning o‘zgarishi, yillik o‘rtacha haroratning ko‘tarilishi, mavsumiy qurg‘oqchilik kuchayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu salbiy ta’sirning oqibatlarini yumshatish uchun davlatimiz tomonidan qator tadbirlar ishlab chiqish va dasturlar asosida loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash, fuqarolarimiz, mustaqilligimizning huquqiy asosi boʼlgan Konstitusiyada belgilangan qulay atrof muhitda yashash huquqi va erkinliklariga zamin yaratadi. Respublikamiz hududini ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali daraxt va butalar assortimentini boyitish va ular genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tiklash va ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz shahar va qishloqlarida keyingi yillarda keng ko‘lamda jahon andozalariga mos qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular atrofida shunga mos holda ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni to‘la qonli amalga oshirish uchun esa mahalliy iqlim sharoitida betalofat o‘sadigan manzarali daraxt va butalar assortimenti bo‘lishi lozim. Quyida ko‘kalamzorlashtirishda foydalanilayotgan (Chilopsis linearis, Catalpa x Chilopsis Rusanov.,) va vertikal ko‘kalamzorlashtirishga tavsiya etish mumkin bo‘lgan ayrim turlarning (Campsis radicans (L)Seem.) tavsifi keltirilgan. Shaharlarda aholini yashash sharoitlarini qulay darajasiga ko‘tarish, dam olishini ta’minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog‘lomlashtinivchi yashil hududlar maydonlarini adu.uz universaljurnal.uz 209 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli baland. Ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llanilayotgan manzarali daraxt-buta turlari assortimentini boyitish ham muhim ahamiyatga ega. Bignoniyadoshlar(Bignoniaceae) - ikki pallali oʻsimliklar oilasi. Bignoniyadoshlar ga daraxt, buta, chirmovuq, baʼzan oʻtlar kiradi. Barglari qarama - qarshi, baʼzan navbatlashib joylashgan. Gullari ikki jinsli, yirik, zigomorf, roʻvaksimon toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi har xil shaklli koʻsakcha. 120 tacha turkumi va 800 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadi. Uzoq Sharq va Markaziy Osiyoda bir qancha turi yovvoyi holda oʻsadi. Baʼzi turlaridan qimmatbaho yogʻoch olinadi. Chilopsis linearis. Tez о‘suvchi kо‘rkam buta yoki kichik daraxt. Uning vatani AQSHning janubi- g‘arbiy qismi va Meksikaning shimoliy qismi hisoblanadi. Vatanida balandligi 12 m gacha yetadi. Barglari yaltiroq, kо‘pincha yopishqoq, odatda muqobil, kamroq qarama-qarshi yoki burmali, oddiy, chiziqli- lansetsimon, egri, uzunligi 30 sm gacha. Gullari katalpa gullariga о‘xshaydi, katta, ikki tomonlama nosimmetrik (zigomorfik), shirin hidga ega, rangi oqdan binafsha ranggacha, bahorning oxiridan kuzgacha uzoq muddat davomida gullaydi (1-rasm). 1-rasm. Chilopsis linearis Gullar shoxlarning uchlarida paydo bо‘ladi. Keyinchalik, ularda 15-25 sm uzunlikdagi loviya shaklidagi dukkaklar paydo bо‘ladi. Ular keyingi bahorgacha о‘simlikda qoladi va undan tukli urug‘lar paydo bо‘ladi. Chilopsis nektari bilan turli hashoratlarni о‘ziga tortadi va uning urug‘i qushlar uchun oziq bо‘ladi.Chilopsis ни tez о‘sishi, qurg‘oqchilikka chidamliligi va parvarish qilish qulayligi uni Vatanda mashhur о‘simlikka aylantirgan. Quyoshli yoki qisman soyani afzal kо‘radi. Chilopsis linearis ajoyib manzarali о‘simlik sifatida ekiladi yoki qurg‘oqchil mintaqalarda eroziyani nazorat qilish uchun ishlatilishi mumkin. Zararkunandalar
Доказательный фрагмент
«В статье приводится описание некоторых видов, которые устойчивы к засухе, используются в ландшафтном дизайне и могут быть рекомендованы для вертикального озеленения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приводится описание некоторых видов, которые устойчивы к засухе, используются в ландшафтном дизайне и могут быть рекомендованы для вертикального озеленения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqlim o‘zgarishi, qurg’oqchilikka chidamli tur, Campsis radicans, Tashkent Botanical Garden, Chilopsis linearis, drought-resistant species, climate change, гибрид., gibrid., Ташкентский ботанический сад, Catalpa x Chilopsis, засухоустойчивые виды, изменение климата, hybrid., Toshkent Botanika bog‘i
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026