Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА ЛАВАНДЫ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Yaqubova Mohimbonu Zohidjon qizi. · Ismoilov Ibroximjon Xakimjon oʻgʻli
Универсал международный научный журнал · 1 · 2026
Аннотация
Lavender (Lavandula spp.) is a perennial subshrub belonging to the Lamiaceae family, renowned for its essential oil production and broad medicinal applications in pharmacology, cosmetics, and traditional medicine. This thesis explores the botanical classification, morphological structure, ecological preferences, and cultivation techniques of lavender. Emphasis is placed on the plant’s key bioactive constituents – linalool, linalyl acetate, and camphor – and their pharmacological effects such as anti-inflammatory, antimicrobial, and sedative properties. Lavender is traditionally used to treat cardiovascular conditions, insomnia, anxiety disorders, and dermatological issues. The research highlights the potential of domestication and sustainable use of lavender as a valuable medicinal crop in local agro-climatic conditions. Keywords: lavender, botanical classification, essential oil, bioactive substance, pharmacology, medicinal plant, folk medicine, linalool, agrotechnology. Dorivor o‘simliklar inson salomatligini saqlashda muhim manba hisoblanadi. Ular qadimdan xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelgan bo‘lib, bugungi kunda farmakologiya, kosmetologiya va parfyumeriya sanoatida ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. Ana shunday noyob o‘simliklardan biri bu — lavanda (Lavandula spp.) hisoblanadi. Lavanda o‘zining kuchli efir yog‘i, estetik ko‘rinishi va keng dorivor xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning xalq tabobatida, ayniqsa yurak-tomir, asab adu.uz universaljurnal.uz 237 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari tizimi, teri kasalliklari hamda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlatilishi uni o‘rganishga loyiq o‘simlikka aylantiradi. Lavanda o‘simligi turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslasha olish qobiliyati, agrotexnik parvarish talablarining oddiyligi hamda yuqori mahsuldorligi bilan iqtisodiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Tezisda lavandaning botanik tasnifi, morfologik va biologik xususiyatlari, dorivor ahamiyati, tarkibidagi bioaktiv moddalar, hamda yetishtirish texnologiyalari keng ilmiy asosda yoritiladi. 1. Lavandaning dorivor xususiyatlari va morfologiyasi Lavanda — labguldoshlar oilasiga (Lamiaceae) mansub, ko‘p yillik, doim yashil, chiroyli gul ochadigan yarim buta o‘simlikdir. Uning eng ko‘p tarqalgan turlari — Lavandula angustifolia, Lavandula latifolia, Lavandula officinalis bo‘lib, asosan O‘rta yer dengizi mintaqalarida uchraydi. Lavandaning poyasi to‘g‘ri, barglari cho‘ziq, qarama-qarshi joylashgan va mayin tuk bilan qoplangan. Gullari mayda, binafsha yoki ko‘k rangda bo‘lib, quloqsimon gulshamlarga to‘plangan bo‘ladi. 2. Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari Lavanda o‘simligi efir yog‘i jihatidan juda boy bo‘lib, tarkibida asosan quyidagi bioaktiv moddalar mavjud: 1. Linalool – yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega. 2. Linalil asetat – asab tizimini tinchlantiruvchi, uyquni yaxshilovchi modda. 3. Kamfora – qon aylanishini faollashtiradi va og‘riqni kamaytiradi. 4. Terpenlar – immun tizimini faollashtirishda foydalidir. Ushbu moddalar tufayli lavanda o‘simligi quyidagi muolajalarda keng qo‘llaniladi: 1. Nevrologik kasalliklar: stress, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik. 2. Dermatologik muammolar: ekzema, akne, teri yallig‘lanishi. 3. Yurak-qon tomir tizimi: gipertenziya, yurak urishining buzilishi. 4. Antiseptik sifatida yaralarni tozalash va infeksiyalarni davolashda. 3. Agrotexnik parvarishi va yetishtirish texnologiyasi Lavanda quyoshli joylarda, drenajlangan, qumloq yoki qumtuproqli, ozgina ishqoriy muhitga ega tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Uning urug‘ va ko‘chat orqali ko‘paytirish usullari mavjud. Parvarish jarayonida quyidagilar muhim: 1. O‘z vaqtida sug‘orish, ayniqsa vegetatsiya davrida. 2. Yil davomida 2–3 marta begona o‘tlar va tuproq yumshatilishi. 3. To‘g‘ri kesish (formirovka) va gullar to‘plash texnologiyasi. Lavandani yetishtirish ekologik toza, barqaror agroekotizimlarni rivojlantirishda ham katta rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytkanda lavanda (Lavandula spp.) — dorivor va dekorativ ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik sifatida zamonaviy farmatsevtika, kosmetologiya, agroekologiya va xalq tabobatida keng qo‘llanilayotgan muhim bioresurslardan biridir. Unda mavjud bo‘lgan efir yog‘lari, xususan linalool, linalil asetat va kamfora kabi bioaktiv moddalar asab tizimini tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga va infeksiyaga qarshi, antiseptik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, lavanda o‘simligi ekologik toza sharoitlarda yetishtirilsa, uning biologik faolligi yuqori bo‘ladi. Lavandaning agrotexnikasi oddiy, mahsuldorligi barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, uni O‘zbekistonning turli agroiqlim sharoitlarida ommalashtirish imkoniyati mavjud. Shu sababli, lavanda o‘simligini ilmiy asosda o‘rganish, dorivor salohiyatini chuqur tahlil qilish va uni madaniy plantatsiyalar sifatida yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilishi zarur. Bu esa milliy farmat
Доказательный фрагмент
«Lavender (Lavandula spp.) is a perennial subshrub belonging to the Lamiaceae family, renowned for its essential oil production and broad medicinal applications in pharmacology, cosmetics, and traditional medicine.»
Образец извлечения
Демо-превьюLavender (Lavandula spp.) is a perennial subshrub belonging to the Lamiaceae family, renowned for its essential oil production and broad medicinal applications in pharmacology, cosmetics, and traditional medicine. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lavender, botanical classification, essential oil, bioactive substance, pharmacology, folk medicine, лаванда, народная медицина, агротехнология., линалоол, биологически активное вещество, лекарственное растение, ботаническая классификация, dorivor o‘simlik, farmakologiya, agrotexnika., medicinal plant, bioaktiv modda, botanik tasnif, linalool, xalq tabobati, lavanda, фармакология, efir yog‘i, эфирное масло, agrotechnology.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024