Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАСПРОСТРАНЕНИЕ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ РОДА ARTEMISIA L. НА ПОБЕРЕЖЬЕ АЙДАРКУЛЯ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Majidova Gulshoda Sharafiddinovna
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This article discusses the distribution of representatives of the genus Artemisia L. on the coast of Aydarkol. In recent years, opinions have been given about the further development processes of representatives of Artemisia L. under the influence of anthropogenic and other changes. Key words: Aydarkol coast, Artemisia L. series, wormwood, desert plants. O‘zbekistonning 80% dan ortiq maydonlarini cho‘l va dasht mintaqalari tashkil etadi. Shuning uchun respublikamizda qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik hisoblanadi. Chorvachilik, ayniqsa cho‘l chorvasi azaldan yurtimizda iqtisodiy samarali soha hisoblanib kelingan. Cho‘l chorvasi yem-hashak bazasini asosiy qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan kserofit o‘simliklar tashkil etadi. Keyingi yillarda cho‘l o‘simliklaridan noo‘rin foydalanish, zo‘riqtirib mol boqish va boshqa antropogen ta’sirlar natijasida cho‘l mintaqasi yaylovining asosini tashkil qiladigan kserofit o‘simliklar maydoni kamayib, ularning hosildorligi pasayib bormoqda. Shuning uchun ham respublikamizning asosini tashkil etadigan cho‘l mintaqasi o‘simliklarining biologiyasi, ekologiyasi va agrotexnikasini o‘rganish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Cho‘l yaylovlarida fitomeliorativ muammolarni hal qilishda ko‘p tomondan o‘simlik turlari sonini ko‘paytirish katta o‘rin tutadi. Bunda turlarning tabiiy sharoitga moslashuvchanligi hisobga olinishi zarur. Shuvoq (Artemisia L.) murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Zavkavkazening cho‘l va yarim cho‘l, dashtlarida ko‘p uchraydi. Hayotiy shakliga ko‘ra bir, ikki, ko‘p yillik o‘t bo‘lib, 400 (ba’zi ma’lumorlarga ko‘ra 250) turi fanga ma’lum [1]. O‘rta Osiyoda 119 turi uchrab, shulardan 11 tasi bir yillik, 26 tasi ko‘p yillik, 2 tasi buta, 11 tasi chala buta, 69 tasi butacha [2]. O.N. Bondarenko va A. Ya. Butkovlar “Flora Uzbekistana”da keltirilgan Artemisia L. turkumining O‘zbekistonda 39 turi o‘sishini ko‘rsatgan. Biz o‘rganayotgan hudud Aydarko‘l sohilida turkumning 4 ta turi (Artemisia diffusa, A. turanica, A. ferganensis, A. scoparia) o‘sishi aniqlangan [3]. 1-jadvalda Aydarko‘l sohili transformatsiya hududlarida uchrovchi Artemisia L. turkumi vakillarining ayrim biomorfologik hususiyatlari keltirilgan. Tarqalishi va maydonining kengligi jihatidan shuvoq-Artemisia L. buyurg‘un-Anabasis salsadan keying o‘rinda tursa ham yem- hashak sifatida birinchi o‘rinda turadi. Shuvoqlar erta bahordan boshlab, deyarli yilning to‘rt faslida ham yem-hashak ahamiyatiga ega. Tarkibida ko‘p miqdorda protein va S vitamini mavjud. Ta’mi achchiq, ko‘pincha yoqimsiz. Bu tarkibida absintin, efir moyi, betanin, xolin, santonin alkoloidlari mavjudligi bilan izohlanadi. Qaramda uzoq vaqt saqlansa pichandagi hid yo‘qoladi, qishda esa bu hid dalada ham deyarli yo‘qoaldi. Chorvadorlar yillar mobaynida tabiat injiqliklari bilan kurashib, chorva mollarining ayrim kasalliklarini davolash va ularning mahsuldorligini oshirishda ba’zi bir yaylov o‘tlarining shifobaxsh xususiyatlaridan foydalanish sohasida boy tajribaga ega. Cho‘ponlar gelmintlarga qarshi kurashish uchun qo‘ylarni adu.uz universaljurnal.uz 240 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari qishda sovuq esadigan bepayon massivlarda boqishni keng yo‘lga qo‘ygan. Shuvoqli yaylovlarda qishda chorva mollarini boqish gijja kasalligining oldini olishdan tashqari, shuvoq yegan qo‘ylar qishdan yaxshi chiqadi, ulardan olinadigan teri ham sifatli bo‘ladi. 1-jadval Aydarko‘l sohili transformatsiya hududlarida uchrovchi Artemisia L. turkumi vakillarining ayrim biomorfologik hususiyatlari (P.Q.Zokirov bo‘yicha 1989-1990) adu.uz universaljurnal.uz 241 piT pit kihciK pitoneS ayistamroF Assotsiatsiya (qavm) notyhpimirE-l ‘ohC atyhpospyG -lifommasP acsinmahtimehospyG -ralrozatubmiray lifommasP easuffid ateisimetrA -ralrozqovuhs qO - Singrenli- kovrakli- iloqli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Carex physodes, Ferula foetida, Astragalus villosissimus); -Yantoqli- efemeroidli- sho‘ra aralash- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Carex pachystylis, Poa bulbosa, Alhagi pseudalhagi, Salsola sclerantha, S. turkestanica); -Kovrakli- efemerli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Boissiera squarrosa, Koelpinia linearis, Anisantha tectorum, Furula foetida); -Cho‘g‘onli- kovrakli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Furula foetida, Halothamnus subaphyllus); -Juzg‘unli- singrenli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Astragalus villosissimus, Calligonum microcarpum); -Sho‘rali- efemerli- qo‘ng‘irboshli- kovulli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Poa bulbosa, Bromus danthoniae, Strigosella turkestanica, Gamanthus gamocarpus, Cappris spinosa); -Juzg‘unli- eshakmiyali- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, Calligonum microcarpum, Vexibia pachycarpa); -Sho‘rali- kovrakli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, A. turanica, Salsola dendroides, S. sclerantha, Ferula foetida); -Boyalishli- iloqli- oqshuvoqzor (Artemisia diffusa, A. turanica, Carex phy
Доказательный фрагмент
«This article discusses the distribution of representatives of the genus Artemisia L.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the distribution of representatives of the genus Artemisia L. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Aydarkol coast, Artemisia L. series, wormwood, desert plants, cho‘l o‘simliklari, shuvoq, Artemisia L. genus, пустынные растения, Aydarkul shore, Берег Айдаркуля, род Artemisia L., Aydarko‘l sohili, Artemisia L. turkumi, полынь
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025