Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МОРФОБИОЛОГИЯ ЛОХА МАКРОФИЛЬНОГО (ELAEAGNUS MACROPHYLLA THUNB.) И ЕГО РОЛЬ В ОЗЕЛЕНЕНИИ ГОРОДА САМАРКАНДА
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI ROLI · Norqulova Lobar Uchqunovna.
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
In our study, we found that Elaeagnus macrophylla Thunb. is a promising plant for creating green space systems and its role in greening the city and rural areas compares favorably with other forms of plants, such pronounced properties as unpretentiousness and durability. One of the most promising types of shrub plants for creating a hedge system is Elaeagnus macrophylla Thunb. This representative of the oleaster family has a number of advantageous qualities that contribute to the use of this plant in landscaping new buildings, in park areas and summer cottages: frost-resistant, easily tolerates pruning, is not demanding to soils. In addition to the above-mentioned qualities preferred in landscaping, it is also a good honey plant, and the fruits are widely eaten raw. The bark and leaves are excellent tanning agents. Flower oil is used in perfumery and cosmetics. Key words: introduction, dry steppe zone, ornamental crops, survival rate, resistance, growth Asosiy qism. Yashil qurilishlarning rivojlangan tizimi nafaqat sanitariya-gigiyena va mikroiqlim, balki ekologik qismi hamdir. Yashil maydonlarni o‘ziga xos "oyna" deb hisoblash mumkin, uning yordamida hududning ko‘kalamzorlashtirish darajasini balki, shaharning ko‘rinishini ham aniqlash mumkin. Elaeagnaceae Juss. oilasi atigina 3 ta turkum (Elaeagnus, Hippophae va Sheferdia) va 355 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, ular Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Jiydadoshlar adu.uz universaljurnal.uz 255 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari turlar organlari yulduzsimon, qalqonsimon va meduzasimon o‘ziga xos trixomaga ega, doim yashil ba'zilari barg to‘kiluvchi, azotofiksatorli bakteriyalarga ega bo‘lgan ildiz tugunlarining mavjudligi bilan ajralib turadigan daraxt va butalardir [1]. Jiydadoshlar oilasida eng kattasi – Elaeagnus turkumi 50 xilga yaqin turlardan iborat. Jiyda turkum turlari Janubiy Yevropa, G‘arbiy va Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Amerikada uchraydi. Ammo ko‘p turlari Sharqiy va ayniqsa Janubiy-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan [2]. Eng mashhur jiyda – katta bargli jiyda (Elaeagnus macrophylla Thunb). U baland bo‘lmagan, barglari kumushrang butadir. Eng yosh shoxlari, barglari, gullari va mevalari tuksimon tangachalari tufayli kumushsimon. E. macrophyllani boshqa turlardan shunday xususiyatlarga ya'ni transpiratsiya tezligini keskin kamaytiradi va namlikning mavjudligiga qarab uni oshiradi. Issiqning +40-45 ° C dan, +55–60 °C gacha bardoshli. Hattoki -15ºC xaroratga bardoshli. sho‘rlangan tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi [3]. E. macrophylla Thunb.ning vatani - Sharqiy Xitoy, Janubiy Koreya (jumladan, Jeju-do), Yaponiyaning markaziy va janubiy qismidan ( Xonsyu, Sikoku, Kyushu, Okinava) Tayvangacha bo‘lgan subtropik hududda tarqalgan. Bo‘yi 2-8 metrli shoxlangan ko‘p yillik doimo yashil buta. Shoxlari va novdalari uzun qizil, jigarrang va tuklar bilan qoplangan. Barglarining uzunligi 5-10 sm, eni 4-6 sm gacha shakl tuxumsimon, qirralari silliq, tukli navbatma-navbat joylashgan. Bargida oq rangdagi yulduz trixomalari va 60-80° burchak hosil qiluvchi 6-8 juft lateral tomirlar joylashgan. Kurtakdan chiqan yosh barglarining ikkala tomoni kumush rangga ega bo‘lib, keyinchalik asta-sekin ustki yuzalari to‘q yashil rangga aylanadi. Gullari o‘ta xushbo‘y, och sariq 4-5 mm uzunlikda bo‘lib, oktyabrdan noyabrgacha gullaydi. Barg qo‘ltig’idagi kalta novdalarda 1-8 ta qo‘ng’iroqchasimon yoki kalta cho‘zinchoq qo‘ng’iroq shaklida oq rangli, to‘q sariq rangli nuqtalar bilan qoplangan gullar joylashadi. Mevasi cho‘zinchoq, kumushsimon ustida to‘q sariq-to‘q qizil rangli mayda nuqtalar bilan ham qoplangan, uzunligi 1,4-1,8 sm, diametri 5-6 mm, donagi 8 mm, ichida ipak tuklari bor, meva poyasining uzunligi 6-7 mm ni hosil qiladi. Mevalari bahor oxirida yoki yozning boshida pishib yetilganda esa qizil rangli kiradi [3]. 1-rasm.Elaeagnus macrophylla Thunb. A- Elaeagnus macrophylla Thunb.ning gulining ko‘rinishi . B- Elaeagnus macrophylla Thunb.ning Samarqand shahri sharoitida o‘sishi. C- - Elaeagnus macrophylla Thunb.ning mevasining ko‘rinishi. Stratifikatsiyalangan urug‘lardan, qalamchalardan, ildiz kurtaklaridan ko‘paytiriladi. Oson kesilib shaklga kiradi. Shuning uchun undan manzarali to‘siqlar yaratish mumkin. Sovuqqa chidamli. Yorug‘likni yaxshi ko‘radi. Namlikni yoqtiruvchi. Tuproq tanlamaydi. Tutun va gazlarga chidamli. Noyob manzarali va dorivor o‘simlik. Manzarali to‘siqlar juda ham chiroyli ko‘rinadi. Yakka va to‘p qilib ekish uchun, ayniqsa bargli va ignabargli daraxtlarning quyuq yashil fonda ajoyib ko‘rinadi. Ayniqsa, kumushrang barglari ajoyib tus beradi [4]. Ekish materiali Samarqand shahrining 2022-yil Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan keltirildi va SamDU botanika bog‘ida introdutsiya qilindi. Keyinchalik adu.uz universaljurnal.uz 256 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiall
Доказательный фрагмент
«In our study, we found that Elaeagnus macrophylla Thunb.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn our study, we found that Elaeagnus macrophylla Thunb. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- introduction, dry steppe zone, ornamental crops, survival rate, resistance, growth, quruq dasht zonasi, уровень жизни, рост., growth., o‘sish., интродукция, barqarorlik, сухостепная зона, introduksiya, manzarali ekinlar, yashash darajasi, устойчивость, sustainability, декоративные культуры, standard of living
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025