К содержанию
РецензированоRU2019

МОРФОЛОГИЯ И БИОЛОГИЯ ОПЛОДОТВОРЕНИЯ СЕМЯН FERULA TADSHIKORUM PIMENOV

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · VA UNUVCHANLIK BIOLOGIYASI · Avalbayev Olimjon Narkuziyevich

Универсал международный научный журнал · 2019

Аннотация

В этой статье приводятся сведения о морфологии и биологии семян Ferula tadshikorum Pimenov. Ключевое слово: вид, семян, монокарп, корень, гербарий, популяция. Annotation: This article provides information on the morphology and the biology of forgetfulness in the seeds of Ferula tadshikorum Pimenov. Keywords: species, seed, monocarp, root, the herbarium, population. Ferula tadshikorum turi Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan, areali bo‘lingan endemik o‘simlik sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ning (2019) jildida 3- maqom bilan kiritilgan. Dala tadqiqotlaridaFerula tadshikorumturining gerbariy materiallari Ko‘hitang tizmasi Xodja- Mo‘min tog‘idan (Nabiyev, Li, Sukervanik, 1978), Hisor tizmasi Boysun tog‘i O‘rtamachay qishlog‘i atrofidan (Nabiyev, Li, Sukervanik, 1978), Bobotog‘ tizmasining shimoliy qismidan (Gomolitskiy, Fyodorov, 1936) tomonidan yig‘ilgan. Ferula tadshikorum Pimenov turi - ko‘p yillik monokarp o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 1,5-1,8 m, sarimsoqqa xos kuchli hidga ega. Ildizi yo‘g‘on, vertikal ildizpoyali. Oddiy kaudeksli. Poyasi yakka, barglari yumshoq, nozik, tezda so‘lib qoladi, yuqori qismi deyarli tuksiz. To‘pguli - keng, shingilli. Soyabonlari ko‘p, barchasi meva tugadi. Soyabonchalari 10-15 gulli, o‘rama bargchasiz. Gulbandlari qisqa, 0,5-0,8 sm. Kosachabarglarining tishchalari mayda, uch qirrali. Gultojibarglari sariq, 2-2,5 sm uzunlikda, cho‘zinchoq-ellipssimon. Mevasi 1,9-2,7 sm uzunlikda, eni esa 0,9-1,2 sm, teskari tuxumsimon, cho‘zinchoq-tuxumsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, orqa tomondan siqilgan, yassi, tuksiz. Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyul oylarida mevalaydi [1]. Ferula tadshikorum Pimenov turi Janubiy Tojikiston, Markaziy Osiyo (Janubi-g‘arbiy Pomir- Oloy) da uchraydi, Janubiy O‘zbekiston endemigi (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) hisoblanadi [2]. O‘simlik dengiz sathidan 400-1800 m balandlikda, tog‘larning pastki va o‘rta qismidagi yonbag‘irlarda va qoyalarda o‘sadi [3]. Ferula tadshikorum Pimenov turining tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritasi adu.uz universaljurnal.uz 262 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari F. tadshikorum turining urug‘lari yassi siqilgan bo‘lib, chetlari keng, tuklangan, ellipssimon va ovalsimon, uchki tomoni o‘yiq bo‘lib, morfologik o‘lchamlari quyidagi jadvalda berilgan (1- jadval). 1-jadval F. tadshikorum turlari urug‘larining morfologik o‘lchamlari (n=100) Urug‘ Endosperm Murtak Turlar bo‘yi, sm eni, sm bo‘yi, sm eni, sm bo‘yi, sm eni, sm F. tadshikorum 1,82±0,06 0,93±0,02 0,7±0,03 4,5±0,16 3,6±0,13 0,12±0,006 O‘rganilgan turning har bir o‘simligida 2-3 tagacha chinbarg yuzaga keladi (2-jadval). 2-jadval F. tadshikorum urug`pallabarg va chin barglarining morfobiologik tasnifi (2019-2024 yillar) (n=100) Urug‘palla-barg Chinbarg (sm) Ildiz (sm) (sm) № Tur tugunak tugunakn barg bandi bo‘yi eni uzunligi eni uzunligi ning ing uzunligi diametri 1 F.tadshiko 5± 0,45±0, 7± 1,5± 2,5± 10,5± 2,5± 0,35± rum 0,25 02 0,35 0,07 0,12 0,52 0,12 0,01 F. tadshikorum turining urug‘lari Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan 2019-2024 yillar davomida yig‘ilib, ularning morfologiyasi o‘rganildi. F. tadshikorum urug‘larining dissemensiyasi - ballistoxor shaklda, ya’ni, urug‘ yetilgach o‘z og‘irligi va mevaning qanotlari yordamida shamol yordamida atrofga tarqaladi, urug‘larining og‘irligi va uzunligi ularning yig‘ilgan joyiga qarab farq qildi. Urug‘larni unishdan sekinlashtiruvchi yoki unda jarayonlarni boshqaruvchi moddalar bo‘lishi bilan bir qatorda, namlikning endospermga o‘tishini boshqaruvchi membranalar ham muhim rol o‘ynaydi. Urug‘ning to‘liq rivojlanmagan murtagi fiziologik tinch holatda bo‘ladi. Turning maysalari urug‘ (merikarp) qobig‘ini yer yuzasiga ko‘tarib chiqish xususiyatiga ega, shuningdek, ularda urug‘pallabarg naychasi bo‘lib, uning yer osti va ustki qismlari mavjud. Turning urug‘pallabarg naychasi ikki urug‘pallabarg bandlarining birlashishidan hosil bo‘lgan. Urug‘pallabarg naychalari o‘simlik maysasining ikki urug‘pallabargni va birinchi hosil bo‘lgan chinbargini bahorgi sovuqlardan saqlashga moslashganligidan dalolat beradi. Bu tur bahorikor efemeroid bo‘lib, urug‘pallabarg naychasi geofiliya belgisi hisoblanadi [4,5]. O‘rganilgan turning maysalari urug‘ po‘stini urug‘pallabarglari bilan olib chiqishi - epigial, ya’ni unish yer ustkiligi bilan xarakterlanadi. Unish jarayonida dastlab ildizcha yer ostiga qarab o‘sib, so‘ngra gipokotil ikkita, juda kam hollarda 3 ta urug‘pallabargni yer yuzasiga olib chiqadi. F. tadshikorum urug‘larining unib chiqishi fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida kuzatildi. Havo harorati +5 0S dan oshmaguncha kurtak rivojlanmay turadi, shuning uchun ham birinchi chinbarg hosil bo‘lishi havo haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. O‘rganilgan tur bahorning noqulay meteorologik sharoitidan - manfiy va musbat harorat, yog‘ingarchilikning bir xilda bo‘lmasligiga qaramasdan ildiz tezroq o‘sadi. 2019

Доказательный фрагмент

«В этой статье приводятся сведения о морфологии и биологии семян Ferula tadshikorum Pimenov.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье приводятся сведения о морфологии и биологии семян Ferula tadshikorum Pimenov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
species, seed, monocarp, root, the herbarium, population, tur, вид, gerbariy, monokarp, популяция, ildiz, семя, монокарпий, гербарий, populyatsiya, корень, urug‘
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники