К содержанию
РецензированоRU2026

ЛЁН И ЕГО СВОЙСТВА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ismoilov Ibrohim Hakimjon o‘g’li. · Olimjonova Mohinur

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This thesis examines the biological and agronomic characteristics of flax (Linum usitatissimum), emphasizing its importance in agriculture, chemical composition, and beneficial properties. Flaxseed oil is recognized as a natural source of essential omega-3 fatty acids that are vital for human health. Flax fiber is widely used in the light industry, particularly in textile manufacturing. The study also explores the plant’s soil and climate requirements, cultivation technology, and pest and disease management strategies. The pharmacological and ecological relevance of flax highlights its value as a multifunctional crop in both industrial and medical applications. Keywords: Flax, biological characteristics, agronomy, omega-3, flaxseed oil, fiber crops, pharmacological significance, climate adaptation, disease resistance, ecological benefit. Zigʻir (Linum usitatissimum) – qadimdan tanilgan, ko‘p qirrali va hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ekinlardan biridir. Bu o‘simlikning ekologik va agronomik xususiyatlari, farmakologik va sanoat ahamiyati uning dunyo bo‘ylab keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Zigʻir, o‘zining yuqori sifatli moyi va tolasi bilan, nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki sanoat va tibbiyotda ham o‘z o‘rniga ega. Uning moyi omega-3 yog‘ kislotalari, linolen kislotasi va antioksidantlarga boy bo‘lib, inson organizmiga foydali ta’sir ko‘rsatadi [1]. Zigʻir tolasi esa mato va qog‘oz sanoatida, shuningdek, biokompozit materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Zigʻirning agronomik jihatdan yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lishi, uning iqlim va tuproq sharoitlariga nisbatan chidamliligi bilan ham e’tiborni tortadi. O‘simlik, uncha katta parvarish talab qilmasdan, turli agrotexnik sharoitlarda yuqori natijalar ko‘rsatadi [2]. Biroq, bu ekin turining adu.uz universaljurnal.uz 268 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari yetishtirilishida kasalliklar, zararkunandalar va tuproq-iqlim sharoitlariga oid ba’zi muammolar ham mavjud. 1. Zigʻir o‘simligining morfologik tuzilishi Zigʻir (Linum usitatissimum) bir yillik, to‘g‘ri o‘sadigan, o‘rtacha 50–120 sm balandlikka ega o‘simlikdir. Uning ildiz tizimi novdasimon va tuproqning 1 metrgacha chuqurligiga kiradi. Barglari novchasimon, choʻziq shaklda, poyasiga ketma-ket joylashgan. Gullari ko‘k, kam hollarda oq rangda bo‘ladi. Mevasi esa urug‘ bilan to‘la bo‘lgan kapsula (qopcha) ko‘rinishida bo‘lib, bir g‘ujida odatda 10 tagacha urug‘ hosil qiladi [3]. 2. Zigʻirning kimyoviy tarkibi Zigʻir urugʻlari 40% gacha yog‘, 20–25% oqsil, 7% sellyuloza va A, E, F vitaminlari, lignanlar, olein va linolen kislotalarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, alfa-linolen kislotasi yurak qon-tomir tizimi salomatligi uchun muhim hisoblanadi [6]. 3. Yetishtirish texnologiyasi Zigʻir nisbatan sovuqqa chidamli bo‘lib, unumdor, sernam, qumloq tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Urug‘lari 6–8°C da unib chiqadi. Ekin maydoni kuzda chuqur haydaladi, bahorda kultivatsiya qilinadi va may oyida urug‘ sepiladi. Parvarishlashda begona o‘tlarga qarshi ishlov va kasalliklar profilaktikasi muhim hisoblanadi [4]. 4. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash Zigʻirga asosiy tahdidlar: fusarioz, antraknoz, bakterial chirish va qurtlar (kapalak lichinkalari)dir. Bularning oldini olish uchun urug‘ni ekishdan oldin fungitsid bilan ishlov berish, almashlab ekish usullarini qo‘llash va agrotexnika qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi. 5. Zigʻirning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Zigʻir moyi dorivor mahsulot sifatida tibbiyotda, parhez ovqatlarida qo‘llanadi. Zigʻir tolasi esa mato, arqon, qog‘oz, filtr materiallari tayyorlashda ishlatiladi. Shuningdek, zigʻir qolipdan chiqqan shrotlari chorvachilikda ozuqa sifatida foydali hisoblanadi [5]. Xulosa qilib aytganda zigʻir (Linum usitatissimum) o‘simligi nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki sanoat va tibbiyot sohalarida ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p qirrali ekin hisoblanadi. Ushbu o‘simlikning biologik xususiyatlari va agrotexnik talablariga moslashuvi uning turli tuproq va iqlim sharoitlarida yaxshi rivojlanishini ta'minlaydi. Zigʻir urug‘lari, asosan, omega-3 yog‘ kislotalari, linolen kislotasi va boshqa foydali moddalar bilan boy bo‘lib, inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Zigʻir moyi va tolasi esa sanoatda keng qo‘llanilib, ekologik jihatdan ham ahamiyatli resurs sifatida xizmat qiladi. Zigʻirning ekish texnologiyasi nisbatan sodda va unumdor tuproqlarda yuqori hosil olishni ta'minlaydi. Biroq, ekinlar kasalliklari, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunga e'tibor berish zarur. Shuningdek, zigʻirni almashlab ekish va agrotexnika qoidalariga rioya qilish orqali hosilni optimallashtirish mumkin. Tezisda keltirilgan tahlillar va tadqiqotlar zigʻirning ekologik va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek, uning turli sohalarda, jumladan, tibbiyotda va sanoatda qo‘llanilish imkoniyatlarini ochib beradi. Zigʻir o‘simligini yetishtirishning innovatsion met

Доказательный фрагмент

«This thesis examines the biological and agronomic characteristics of flax (Linum usitatissimum), emphasizing its importance in agriculture, chemical composition, and beneficial properties.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis examines the biological and agronomic characteristics of flax (Linum usitatissimum), emphasizing its importance in agriculture, chemical composition, and beneficial properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Flax, biological characteristics, agronomy, omega-3, flaxseed oil, fiber crops, pharmacological value, biologik xususiyatlar, фармакологическая ценность, climate adaptation, tolali ekinlar, biological properties, агрономия, адаптация к климату, ekologik foyda., льняное масло, Лен, Zigʻir, zigʻir moyi, ecological benefits., омега-3, agronomiya, farmakologik ahamiyat, биологические свойства, linseed oil, волокнистые культуры, disease resistance, kasalliklarga chidamlilik, устойчивость к болезням, экологические преимущества., iqlimga moslashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники