Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ АНАТОМИЧЕСКОГО СТРОЕНИЯ СТЕБЛЕВОЙ ЧАСТИ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ РОДА ACANTHOPHYLLUM ПОД ВЛИЯНИЕМ СРЕДЫ РАЗЛИЧНЫХ ПОПУЛЯЦИЙ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ro`zmatov Ergashali Yuldashevich. · Madumarov Tolibjon Abdumalikovich. · Abdujalilov Abdulatib Avazbek o`g`li
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
У видов рода Acanthophyllum, эндемиков Ферганской долины, были выявлены изменения в анатомическом строении поперечного среза стебля у растений, собранных из разных точек ареала с различными внешними экологическими условиями. Ключевые слова: Среда, ареал, растение, стебель, сапонин, флоэма, ксилема, камбий, концентрические пучки. KIRISH:O‘zbekiston Respublikasi va boshqa qo‘shni respublikalar tabiiy o‘simliklari orasida tikanbarg turkumi turlari botaniklar, farmakologlar orasida katta qiziqish uyg’otadi, chunki bu o‘simliklardan olinadigan saponinlar (glikozidlar) tekstil, parfyumeriya, qandolatchilik, farmatsevtik sanoatida, rangli metallurgiya va boshqa halq xo‘jaligi tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladi. Saponinlarga bo‘lgan talab bu o‘simliklarning tabiiy zahiralaridan foydalanib qondirilgan. Lekin uzoq yillar davomida adirlarning o‘zlashtirilishi va insonning boshqa faoliyatlari ta’siri natijasida yuqori darajada saponinga ega bo‘lgan ko‘pchilik turlarning tabiiy zahiralari hozirgi vaqtda sezilarli darajada qisqarib ketdi. Buning oqibatida sanoat miqyosida foydalaniladigan zaxiralar yo‘qotildi. Masalan Farg’ona vodiysida tarqalgan va eng ustivor emdem turlaridan bo‘lmish Acanthophyllum albidum Schischk va Acanthophyllum tenuifolium Schischk. areallari nihoyatda qisqarib ketdi (A. tenuifolium Mayli-soyning Qo‘y-quloq nomli joyida, Xonguli kanalining chap qirg’og’ida atigi 15-20 sotikcha joyida tarqalgan, boshqa joyda uchramaydi;A. albidumesa Farg’ona va Namanganviloyatlari adirlarining bir necha nuqtalaridagina juda kichkina maydonlarda uchraydi. Shuning uchun “O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobi” ga 2006-2019 yillarda kiritilgan. Shu sababli saponinli o‘simliklarning xom ashyosini ko‘paytirish - ularning areallariga aniqlik kiritish maqsadida morfo-anatomik o‘rganish, himoyalash va ko‘paytirish botaniklarning oldida turgan dolzarb muammolaridan biridir. Tadqiqot uslubi. Dala, morfologik, anatomik, biometrik, statistik va analitik o‘rganish usuli asosida olib borildi. adu.uz universaljurnal.uz 281 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Tadqiqot natijalari. Farg‘ona vodiysining endemik turi bo‘lmish A.albidum arealining xar xil tashqi muxit sharoitlariga ega bo‘lgan nuqtalaridan olingan o‘simlik guruhlari poyasining ko‘ndalang kesmasi tuzilishini izlanish natijalari taxlili quyidagi muloxazaga olib keladi. Farg‘ona vodisining adirliklirida tarqalgan barcha A. albidum o‘simliklari guruhlari va A.tenuifoliumning (Mayli-say) bir yillik poyasi ksilemasining va birlamchi floemasining xalqali, ikkilamchi (yosh) floemaning esa bog‘lamli tuzilishi bilan xarakterlanadi. Chimyon - Mindon va Chust- Pop (adirlik) guruhlari poyasi ksilemasi (3)-4-5-yillarigacha yillik o‘sish 2 dugali tuzilishga egaligi, tur arealining mazkur nuqtalarida tashqi muxit sharoitlarining nisbatan o‘xshashligi va o‘simliklar guruhlari o‘zaro qarindoshligining isbotidir. Chust va Pop o‘simliklarida 2 dugali ksilemaning (3)-4-yilda bo‘linib ketishi, 3-yil ksilemasi dugasining, bazi o‘simliklarda 2-3 bog‘lamga ajralishi, keyingi -4-5-6-yillarda ko‘p bog‘lamlarga bo‘linishi va areallarining simpatrik bo‘lishi ularning o‘zaro o‘ta yaqin qarindoshligini va, demak, bitta – Chimyon - Mindon guruhiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Chimyon va Mindon o‘simliklar guruxlarining ksilemasi yillik o‘sishining 4- 5-yillargacha 2 dugali tuzilishining saqlanishi va areallarining yaqinligi ularning o‘zaro yaqin qarindosh ekanligini va bitta guruhga Mindon-Chimyon guruhiga taaluqli ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur guruhlarning ko‘p yillik poyasida tipik (o‘zak bilan floema orasidagi) ksilemaning tuzilishi T.A. Madumarovning 2- “A.cirtostegium” tipiga Chust, Pop guruhiniki esa muallifning oltinchi-A.pungens tipiga kiradi. Suluk-ota va Xurjun tog‘i guruhlari poyasida tipik 2 ta dugadan iborat ksilemaning 2-3-yildan boshlab bo‘linib ketishi va shu yilning o‘zida ichki kambiyning xosil bo‘lishi, keyingi yillarda ularning soni ortib borishi bu guruhlar ko‘p yillik poyasi ksilemasining tuzilishi 5-“A.tenuifolium” tipiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi; konsentrik bog‘lamlarning ko‘plab xosil bo‘lishi esa arealning bu nuktalarida tashqi muxit omillarining boshka guruhlar yashash joylarining sharoitlaridan jiddiy farq qilishining isbotidir. Mindon-Chimyon va Xurjun tog‘i guruhlarining tur areali davomidagi tarqalgan joylariga (nuqtalariga) asoslanib Xurjun tog‘i guruhi, Mindon-Chimyon guruhi o‘simliklaridan kelib chiqqan, deyish mumkin. Bu fikrimizni mazkur guruhning poya epidermasining 1-2 xujayrali konussimon tuklar bilan qalin qoplanganligi, po‘stloq parenximasining 3-4 qatorli bo‘lishi, Xurjun tog‘i guruhida esa uning kamayishi -2 qatorligi; ikkinchi yil poyasida epiderma va po‘stloq parenximasining ba’zi joylarda saqlanib qolishi; ksilemasining 5-6-yillardan kollateral bog‘lamlarga bo‘lina boshlashi, Xurjun tog‘i o‘simliklarida esa bu jarayonning tezlashi- vegetatsiyaning 2-3-yilidan bosh
Доказательный фрагмент
«У видов рода Acanthophyllum, эндемиков Ферганской долины, были выявлены изменения в анатомическом строении поперечного среза стебля у растений, собранных из разных точек ареала с различными внешними экологическими усл…»
Образец извлечения
Демо-превьюУ видов рода Acanthophyllum, эндемиков Ферганской долины, были выявлены изменения в анатомическом строении поперечного среза стебля у растений, собранных из разных точек ареала с различными внешними экологическими усл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Environment, range, plant, stem, saponin, phloem, xylem, cambium, concentric, floema, флоэма, Muxit, concentric bundles., poya, сапонин, растение, konsentrik bog‘lamlar., kambiy, камбий, o‘simlik, ksilema, концентрические пучки., ксилема, Окружающая среда, areal, стебель, ареал
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025