К содержанию
РецензированоRU2026

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ АЛОЭ ВЕРА И ЕГО ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В НАРОДНОЙ И СОВРЕМЕННОЙ МЕДИЦИНЕ.

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ismoilov Ibrohimjon Hakimjon o‘g'li. · Toshtemirova Madina Arabboy qizi

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This thesis provides a scientific analysis of the biochemical composition and medicinal properties of the Aloe vera plant (commonly known as semiz o‘t), as well as its applications in both traditional and modern medicine. The study explores its therapeutic uses for various diseases, its role in cosmetology, pharmaceuticals, and hygiene products. It also highlights the forms of Aloe- based remedies and their effectiveness. The research confirms the value of Aloe vera as a natural healing plant. Keywords: Aloe vera, medicinal plant, traditional medicine, modern medicine, skin diseases, immunity, cosmetology. Tabiat – inson salomatligining eng beqiyos manbai bo‘lib, ming yillar davomida xalq tabobati shifo izlovchilar uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda ekologik toza, tabiiy davo vositalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda, o‘simliklar asosida tayyorlanadigan preparatlar va xalq tabobati usullari yana dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, dorivor o‘simliklar orasida semiz o‘t (Aloe vera) o‘zining ko‘p qirrali shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi[1]. Bu o‘simlik qadimdan yaralarni bitkazuvchi, qon tozalovchi, immunitetni mustahkamlovchi tabiiy vosita sifatida keng qo‘llanib kelinmoqda[2]. Zamonaviy ilm-fan yutuqlari semiz o‘tning tarkibidagi biologik faol moddalarni chuqur o‘rganish va ularni farmatsevtika hamda kosmetologiyada qo‘llash imkonini bermoqda. Mazkur tezisda semiz o‘tning biologik xususiyatlari, davolashdagi samarasi va qo‘llanilish sohalari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi[3]. 1. Semiz o‘tning botanika va kimyoviy tarkibi Semiz o‘t – liliyadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, yarim cho‘l va quruq iqlimli hududlarda yaxshi o‘sadi. Uning barglari go‘shtdor, shirasiga boy bo‘lib, aynan shu shira shifobaxsh xususiyatlarga ega. Aloe vera tarkibida quyidagi biologik faol moddalar mavjud: · Aloin – ichki a’zolarga yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. · Polisaxaridlar – immunitetni kuchaytiradi. · Saponinlar – antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. adu.uz universaljurnal.uz 289 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · Vitaminlar (A, B1, B2, B6, C, E) va minerallar (kaltsiy, magniy, rux).[4]. 2. Xalq tabobatidagi qo‘llanilishi Semiz o‘t uzoq yillardan buyon xalq tabobatida quyidagi kasalliklarni davolashda ishlatiladi: · Oshqozon-ichak muammolari: gastrit, qorin dam bo‘lishi, ich qotishi. · Teri kasalliklari: yara, kuyish, ekzema, toshma. · Qon bosimi va yurak faoliyati: qon aylanishini yaxshilash, qon tozalash. · Immunitetni mustahkamlash: virus va bakteriyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. · Ko‘z, burun va og‘iz bo‘shlig‘i muammolari: tomchilar, og‘iz chayqovchi eritmalar shaklida ishlatiladi.[5]. 3. Zamonaviy tibbiyot va sanoatdagi ahamiyati Ilmiy tadqiqotlar semiz o‘tning dorivor xususiyatlarini tasdiqlagan holda uni farmatsevtika va kosmetologiyada keng qo‘llashga sabab bo‘lmoqda: · Kosmetologiya: terini nemlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi krem va niqoblar tarkibida. · Farmatsevtika: yara bitkazuvchi, antiseptik dori vositalari, tabletkalar, gel va suyuqliklar shaklida. · Biologik faol qo‘shimchalar (BAD): ichish uchun sirop, kapsula va biochoylarda ishlatiladi[6]. Xulosa qilib shuni aytamanki Semiz o‘t (Aloe vera) o‘simligi – qadim zamonlardan beri xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelinayotgan, bugungi kunda esa zamonaviy tibbiyot tomonidan ilmiy asosda o‘rganilib, farmatsevtika, kosmetologiya, gigiyena va boshqa ko‘plab sohalarda samarali qo‘llanilayotgan shifobaxsh o‘simlikdir. Uning tarkibidagi biologik faol moddalarning immunitetni kuchaytirish, yallig‘lanishga qarshi kurashish, teri kasalliklarini davolash, shuningdek oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilash kabi xususiyatlari uni keng ko‘lamli tabiiy davo vositasi sifatida ajratib turadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, semiz o‘t nafaqat an’anaviy muolajalar uchun, balki ekologik toza va nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan preparatlar ishlab chiqarishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bois, ushbu o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlarini chuqur o‘rganish va amaliyotda keng joriy etish bugungi davr tibbiyotining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Boboyev A., Beknazarov D. O‘simliklar shifosi. – Toshkent: “Mehnat”, 2018. – 224 b. 2. Qurbonov S. Xalq tabobati asoslari. Samarqand: “Zarqurghon nashriyoti”, 2020.180 b. 3. Komilov X. Dorivor o‘simliklar ensiklopediyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015. – 360 b. 4. Xolmatov N. Farmakognoziya asoslari. – Toshkent: “Ibn Sino”, 2017. – 270 b. 5. Zokirova M.R. Fitoterapiya asoslari. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2016. – 210 b. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Tabiiy dori vositalari qo‘llanmasi. – Toshkent, 2019. – 156 b. adu.uz universaljurnal.uz 290

Доказательный фрагмент

«This thesis provides a scientific analysis of the biochemical composition and medicinal properties of the Aloe vera plant (commonly known as semiz o‘t), as well as its applications in both traditional and modern medic…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides a scientific analysis of the biochemical composition and medicinal properties of the Aloe vera plant (commonly known as semiz o‘t), as well as its applications in both traditional and modern medic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aloe vera, medicinal plant, traditional medicine, modern medicine, skin diseases, cosmetology., folk medicine, кожные заболевания, косметология., immunity, kosmetologiya., Алоэ вера, Semiz o‘t, народная медицина, immunitet, лекарственное растение, shifobaxsh o‘simlik, современная медицина, teri kasalliklari, zamonaviy tibbiyot, xalq tabobati, иммунитет
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники