К содержанию
РецензированоRU2026

МУСА МАХМУД РУЗИН – ПЕРВЫЙ СОБИРАТЕЛЬ ГЕРБАРИУСОВ УЗБЕКИСТАНА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Turdiboyev Obidjon Abdumalik o‘g‘li · Davlatboyeva Rumiyaxon Mansurovna

Универсал международный научный журнал · 1 · 25-26 · 2026

Аннотация

В статье анализируются научные экспедиции и исследования первого узбекского коллекционера гербариев Муса Махмуда Рузина. Точная дата его рождения и год смерти не установлены. Ключевое слово: гербарий, флора, Средняя Азия, экспедиция, Regel. Annotation: The article analyzes the scientific expeditions and research of the first Uzbek herbarium collector Musa Maxmud Ruzin. The exact date of his birth and year of death have not been established. Keyword: herbarium, flora, Middle Asia, expedition, Regel. Kirish. O‘rta Osiyo florasini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar XIX asrning boshlaridan boshlangan bo‘lsa-da dastlabki tadqiqotlar yevropalik olimlar tomonidan olib borilgan. O‘rta Osiyo florasiga oid keng ko‘lamli, ko‘plab yangi turlar kashf etilishi hamda ushbu hududlardan terilgan 87 oila, 375 turkum, 851 turlarning 3000 dan ortiq gerbariylari G.Capus tomonidan terilgan va P fondida saqlanmoqda [2]. Keyingi tadqiqotlar Rus olimlari tomonidan olib borilgan. A. Regel aynan florani o‘rganishga katta hissa qo‘shgan rus olimlaridan biridir. Xususan, A. Regel Turkistonda qushlar tulumi va hayvonlarni, hasharotlar kolleksiyasini, 100 ming varaqdan ortiq gerbariyni, 26 dan ortiq noyob oʻsimliklar turlarini, shu jumladan toʻqqiztaTulipa turlarini toʻplagan va “Ботанические экскурсии от Ташкента до Кульджи” (1878) va “Луковичные растения Западного Тянь-Шаня” (1818) asarlarini yozgan [4]. O‘rta Osiyo florasini o‘rganish tabiiyki oson bo‘lmagan. Buning uchun har qanday sayyoh yoki olim o‘zlari uchun yo‘lboshchi va tilni biladigan mahalliy aholini ma’lum haq evaziga o‘zlari bilan olib yurgan. Biroq mahalliy aholi ichida Musa Mahmud Ruzin o‘ziga xos o‘rin tutadi. Doktor A.E.Regel bilan sayohatda eng koʻp sayohat qilgan olimlardan biri Musa Mahmud Ruzindir. Manbalarda uning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari ko‘rsatilmagan. Birinchi oʻzbek botaniki va gerbariy kollektori [6]. Doktor A.E. Regel uni bir gal Qo‘qonlik, boshqa safar Qoshg‘arlik deb ataydi, Grenardni uni taranchi deb atashadi [5]. “Sart” va “taranchi” so‘zlari turlki manbaalarda “o‘zbek” millatiga mansublikni bildiradi. “Botanika va zoologiya bo‘yicha yaxshi mutaxassis, qo‘rqmas chavandoz, zo‘r ovchi, mohir oshpaz, bo‘sh vaqtida shoir, garchi yozolmasa-da, turk, rus, fors, xitoy, mo‘g‘ul tillarini bilar, hamma narsani o‘rganishni, hamma narsani tomosha yaxshi ko‘rardi. Jasur, aqlli, zukko, dadillik, tirishqoqlik bilan aralashardi” [1]. Tadqiqot materiallari va metodlari. A. Regel va M. Ruzin tomonidan dala tadqiqotlari natijasida to‘plangan asosiy gerbariy kolleksiyalari V.L. Komarov nomidagi Botanika institutida (LE), qisman boshqa fondlarda (WU, NY, KFTA, G, P, BM, TASH) saqlanadi [7]. Natijalar va muhokama. LE fondida saqlanayotgan koʻpgina oʻsimliklarning asosiy yigʻuvchilari Muso (Sart), Aliaxun (Taranchi), Isentay (qirgʻiz), Nikiforov, Bersing, Aminjon (Sart), Sariboy va boshqalar edi [5]. adu.uz universaljurnal.uz 296 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari M.M. Ruzin tomonidan to‘plangan o‘simliklar soni ko‘p sonli ildizpoyalarni, piyozni hisobga olmaganda, bir necha yuz turdan ortiq hisoblanishi kerak (lekin doktor A.R. Regel tomonidan og'zaki xabar). Musa deb nomlangan A. Regel kolleksiyasidagi o‘simliklar oddiy, garchi u to‘plagan o‘simliklar soni bo‘yicha rasmiy raqamlar faqat 14 tur bo‘lsa-da: bu, albatta, to‘g'ri emas, chunki ular joylar ro‘yxatida ko‘rsatilganidek, quyida keltirilgan. Oʻsimliklarni oʻzi yigʻib, A.Regelning koʻrsatmalariga amal qilgan, Kuljada boʻlganida Toshkentda yigʻib olgan va hokazo [5]. “...Sangtoʻdaning Qoʻrgʻontepa shahrida, Vaxsh daryosi qirgʻogʻida, 3000 metr balandlikda Musa yirik gullarning bir qancha yangi turlarini topdi”. “Bu turni doktor A.Regelning yangi shogirdi, kollektor Musa Sirdaryoning chap qirg‘og‘idan yig‘ib olgan...” [3]. U 1890-1895 yillarda J.L.D. De Rhins va F.Grenard, Tibetga ekspeditsiyasiga hamrohlik qilgan [6]. “Oʻziga toʻgʻri kelmagan majburiyatlarni biroz qatʼiy va osonlik bilan unutib, birinchi yili bizni tark etdi. Taranchi Musa Mahmud Ruzin avantyurist emas edi. Yoshligida u dungan urushida qatnashgan, xitoylarga oʻq uzgan, keyin Rossiya Turkistonida panoh topgan, doktor Regel bilan birga sayohat qilgan, koʻp yillar davomida oʻsimliklarni o‘rgangan, togʻlarda jonivorlar yigʻib, oʻsimliklarni yigʻgan. Sankt-Peterburg muzeyi tasodifan qirollik oilasiga tegishli qizga uylangan, ma’muriyat bilan muammolarga duch keldi va Toshkentga qaytdi va nafaqaga chiqdi, keyin birinchi bahor shabadasi uning pensiya haqidagi fikrlarini yuvdi, yuragida sayohat qilish ishtiyoqini jonlantirdi va u biz bilan birlashdi” [1]. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, u o‘sha yili vafot etgan bo‘lishi mumkin. Chunki fransuz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada biroz tushunmovchiliklar bor, aynan 25-26 sahifalarda uning tasodifan vafot etganligi qayd etilgan [1]. U to‘plagan o‘simliklar, Regel kolleksiyasiga kiritilgan va bu holat ko‘pincha e’tibordan chetda q

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются научные экспедиции и исследования первого узбекского коллекционера гербариев Муса Махмуда Рузина.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются научные экспедиции и исследования первого узбекского коллекционера гербариев Муса Махмуда Рузина. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O‘rta Osiyo, Средняя Азия, herbarium, Regel., gerbariy, экспедиция, флора, Central Asia, гербарий, ekpeditsiya, Регель., flora, expedition
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники