Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
БИОЭКОЛОГИЯ И ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЯ ТУЯТОВОН
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Musaeva Aysuliw Aybekovna. · Tóreniyazova Saltanat Elmuratovna
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В данной статье представлены сведения о биоэкологии сада парнолистик обыкновенной и основных аспектах технологии ее выращивания. Ключевые слова: парнолистик обыкновенный, сухая и засоленная почва, азотное удобрение, агрономические свойства, научные и практические методы, вода, адаптация. Annotation:This article provides information about the bioecology of the honeysuckle garden and the main aspects of the technology for its cultivation. Keywords: Common wheatgrass, dry and salty soil, nitrogen fertilizer, agronomic properties, scientific and practical methods, water, adaptation. Tuyatovon - Zygophyllum fabago ko‘p yillik o‘simlik. U Tuyatovondashlar- Zygophyllaceae oilasiga mansub bo‘lib, quruq sharoitga chidamliligi bilan mashhur. O‘simlik sershox bo‘lib o‘sadi va mayda sariq gullar hosil qiladi. Odatda sovuq oylarda tinim davriga o‘tadi. Tuyatovon o‘simligi Qoraqalpog‘istonning turli tuproq sharoitida o‘sib rivojlanadigan o‘simliklarning biri hisoblanadi. Bu o‘simlik ko‘p yillik ildizpoyali o‘simlik o‘t, buta, chala butalardan iborat. O‘simliklar tekis, odatda tik yoki biroz ko‘tarilgan poyali. Poyasi qattiq, shoxlangan. Bo‘yi 30-70 sm. Barglari sersuv, qarama- qarshi, ba’zan 2 - 4 juftdan joylashgan. Barglari bandli, keng, yashil, teskari tuxumsimon bargchalari bor. Yonbarglari yashil, tuxumsimon yoki ellipssimon, pastki va o‘rta barglari qo‘shilib ketgan. [1,6]; Gullari 1 yoki 2 tadan, gulkosa barglari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari oqish pardasimon. Gultoj barglari deyarli gulkosabarglarga teng, teskari tuxumsimon, oqish sariq, tubi qizil dog‘li. Changchisi 8-10 ta, changchilari tojbarglaridan ko‘p. Yoz davomida gullab urug‘lanadi. Urug‘idan ko‘payadi. Mevasi bir yoki bir necha uchli ko‘sak. Ildizlari o‘q ildiz bo‘lib, yer sharining cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tarqalgan. 250 dan ortiq turi bor. O‘zbekistonda 13 turi uchraydi. Yovvoyi o‘t sifatida barcha ekinlar orasida uchraydi. Daryo, ko‘l atroflarida, vohalardagi biroz sho‘rlangan yerlarda o‘sadi. [4,7] Dunyoda tuyatovonning tarqalishini quyidagicha tavsiflash mumkin: mo‘tadil ushbu tur o‘zining tabiiy arealining butun hududida keng tarqalgan bo‘lsa-da odatda qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil mintaqalarda uchraydi, asosan O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Janubiy Sibirning qurg‘oqchil hududlarida yaxshi drenajlangan tuproqlarda o‘sadi va atrof-muhitning og‘ir sharoitlarida omon qolishga moslashgan [5]. Tuyatovon osimligini yetishtirish. Zygophyllum o‘simliklari issiq va quruq iqlimga chidamli, shuning uchun O‘zbekistonning ko‘plab mintaqalarida, xususan, Qoraqolpoqston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlaridagi cho‘l hududlarida bu o‘simlikni yetishtirish mumkin. Bu o‘simliklar suvni tejashga moslashgan, shuning uchun ularni sug‘orish minimal darajada talab qilinadi, ammo o‘simlik o‘sishining dastlabki bosqichlarida sezilarli miqdorda suv zarur. Zygophyllum o‘simliklari urug‘lar bilan ko‘payadi. Urug‘lar yaxshi sifatli bo‘lishi kerak, chunki ularning yuqori navlari yaxshiroq rivojlanadi. Urug‘lar kuzda yoki bahorda ekiladi. Bahorda mart oylarining boshlarida, tuproq harorati 10-15 C ga yetganda ekish tavsiya etiladi. Neytral yoki biroz ishqoriy (pH 7.0-7.5) tuproqlar mos keladi. Urug‘larni ekishda 1-2 sm chuqurlikda va ortasidagi masofa 15-20 sm bo‘lishi kerak. Ekishdan oldin tuproqni tayyorlash, organik o‘g‘itlar bilan boyitish, adu.uz universaljurnal.uz 299 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari shuningdek tuproqning yaxshi drenajini ta’minlash zarur. O`sish uchun 20-25 C harorat ideal hisoblanadi. O`simlik -5 C gacha sovuqqa chidamli. Unib chiqish bosqichi mart oyi, vegetative o`sish bosqichi aprel-may oylari, gulllash va mevalash iyun-iyul oylari, avgustdan boshlab vegatatsiya davrini yakunlaydi. Tuyatovon o‘simligi qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsa-da, boshlang‘ich o‘sish davrida yaxshi rivojlanish uchun ortiqcha sug‘orish kerak bo‘lishi mumkin. Sug‘orish davri quruq iqlimda minimal darajada bo‘lishi kerak, haroratni va yomg‘ir miqdorini hisobga olib sug‘orish tizimi belgilanadi. Tuyatovon o‘simligi asosan kam o‘g‘it talab qiladi, ammo urug‘lantirish o‘simliklarning sifatli rivojlanishini ta’minlaydi. Organik o‘g‘itlar (kompost yoki gumus) tuproqni boyitishda samarali bo‘ladi. Bir nechta mikroelementlar va fosfor, kaliy, azot kabi mineral o‘g‘itlar o‘simliklarning o‘sishi uchun foydali bo‘lishi mumkin. [2,3] 1-rasm tuyatovon o`simligi - zygophyllum fabago 2-rasm tuyatovon o`simligi ajratilgan urug`i Metod va materiallar. Tuyatovon o‘simliklarini o‘rganish va ularni samarali yetishtirishda turli ilmiy va amaliy metodlardan foydalaniladi. Ular orasida organik tadqiqot usullari ham alohida o‘rin tutadi, chunki bu o‘simliklar quruq va sho‘r tuproqlarda yaxshi o‘sadi va ekologik jihatdan barqaror ekin sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Morfologik tahlil: Tuyatovon o‘simligining morfologik xususiyatlari (barglar, gullar, ildiz tizimi) yordamida turli sharoitla
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлены сведения о биоэкологии сада парнолистик обыкновенной и основных аспектах технологии ее выращивания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлены сведения о биоэкологии сада парнолистик обыкновенной и основных аспектах технологии ее выращивания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Common wheatgrass, dry and salty soil, nitrogen fertilizer, agronomic properties, Осока обыкновенная, suv, научные и практические методы, azotli o‘g‘itlar, адаптация., агрономические свойства, nitrogen fertilizers, Oddiy tuyatovon, ilmiy va amaliy metodlar, water, Common sedge, азотные удобрения, agronomik xossalari, вода, adaptatsiya., scientific and practical methods, dry and saline soils, сухие и засоленные почвы, adaptation., quruq va sho‘r tuproqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014