Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EFFECT OF RADIONUCLIDES ON THE HUMAN ORGANISM
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Xaqulova Muqaddas Shavkatovna · Obidjonova Xulkaroy Shuxratbek qizi · Rahmonjonova Madina Mahmudjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This article explores the effects of radionuclides on the human body. It examines the pathways through which radionuclides enter the body, the associated diseases, and protective measures against radiation exposure. Research findings indicate that ionizing radiation significantly damages DNA structure, leading to genetic mutations and cancer development. To minimize radiation risks, it is crucial to follow the principles of distance, time, and shielding. Keywords: Keywords: radionuclides, ionizing radiation, cancer, genetic mutations, protection. Аннотация: В статье рассматривается воздействие радионуклидов на организм человека. В ней рассматриваются пути проникновения радионуклидов в организм, сопутствующие заболевания и меры защиты от воздействия радиации. Результаты исследований показывают, что ионизирующее излучение существенно повреждает структуру ДНК, что приводит к генетическим мутациям и развитию рака. Чтобы минимизировать риски радиации, крайне важно соблюдать принципы расстояния, времени и экранирования. Ключевые слова: Ключевые слова: радионуклиды, ионизирующее излучение, рак, генетические мутации, защита. Radionuklidlar - beqaror atom yadrolaridir, ular parchalanish jarayonida ionlantiruvchi nurlanish chiqaradi. Ushbu nurlanishlar inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib,turli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Radionuklidlar inson organizmiga turli yo‘llar orqali kirib, biologik tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular asosan nafas olish, ovqat va suv orqali iste’mol qilish, teri orqali organizmga tushadi. Inhalyatsiya yo‘li bilan tushgan radionuklidlar o‘pka orqali qonga o‘tib, butun tanaga tarqaladi. Ovqat yoki suv tarkibida bo‘lsa, ular ichak orqali so‘rilib, turli organlarda to‘planadi [1]. Radionuklidlarning organizmdagi taqsimlanishi ularning xususiyatlariga bog‘liq. Yod-131 qalqonsimon bezga to‘planib, uning normal ishlashiga zarar yetkazishi va saraton chaqirishi mumkin [2]. Stronsiy-90 suyaklarda jamlanib, suyak iligi faoliyatini buzadi va qon kasalliklariga olib keladi. Jigar va buyraklar ham radionuklidlarning to‘planish joylaridan biri bo‘lib, ularning faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi [3]. Jadval. Inson organizmida ba'zi radioaktiv elementlarning to‘planishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Organizm yadroviy parchalanish mahsulotlarini qabul qilganda, u uzoq davom etadigan, intensivligi pasayadigan, nurlanishga duchor bo‘ladi. Ma’lum bir organga nisbatan, butun inson tanasi tomonidan qabul qilingan umumiy do‘zaning nisbati [4]. Radionuklidlarning maksimal to‘planadigаn organlar adu.uz universaljurnal.uz 416 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Organ hamda To‘liq olingan Element Ko‘proq sezgiga ega to‘qima massasi, doza ulushi. organ yoki to‘qima. kg Vodorod H Hamma a’zolar 70 1.0 Uglerod C Hamma a’zolar 70 1.0 Natriy Na Hamma a’zolar 70 1.0 Kaliy K Myskul to‘qimasi 30 0.45 Stronsiy Sr Suyak 7 0.7 Yod Y Qalqonsimon bez 0.2 0.2 Seziy Cs Muskul to‘qimasi 30 0.45 Bariy Ba Suyak 7 0.96 Radiy Ra Suyak 7 0.99 Toriy Th Suyak 7 0.82 Ue U Buyrak 0.3 0.065 Pulutoniy Pu Suyak 7 0.75 Ionlashtiruvchi nurlanish somatik, genetik va onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Somatik ta’sirlar ichiga nurlanish kasalligi, immunitet pasayishi va ichki organlarning shikastlanishi kiradi [5]. Genetik o‘zgarishlar esa mutatsiyalarga olib kelib, nasldan-naslga o‘tuvchi kasalliklarni chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli radiatsiya ta’siri natijasida leykemiya, o‘sma kasalliklari, teri saratoni rivojlanishi kuzatiladi [6]. Radiatsiya xavfini kamaytirish uchun masofa, vaqt, ekranlash tamoyillariga rioya qilish lozim. Nurlanish manbalaridan iloji boricha uzoqroq bo‘lish, radiatsiyaga ta’sir qilish vaqtini qisqartirish va qo‘rg‘oshin, beton kabi himoya materiallaridan foydalanish eng samarali choralar hisoblanadi. Shuningdek, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, oziq-ovqat va suvni radiatsiya manbalaridan saqlash ham muhim sanaladi [7]. Radionuklidlarning inson salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish uchun profilaktika choralari va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilish zarur. Radiatsiya xavfi bilan bog‘liq bilimlarni oshirish va oldini olish tadbirlarini kuchaytirish inson salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi [8]. Xulosa qilib aytganda, Radionuklidlarning inson organizmiga ta’siri ko‘p qirrali bo‘lib, ularning zararini kamaytirish uchun ehtiyot choralariga amal qilish muhimdir. Radiatsiya xavfini tushunish va undan himoyalanish choralari ko,rish va ular haqida yetarli bilimga ega bo‘lish inson salomatligi uchun zarur hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avezov Yoshuvoq O‘g‘li, Eldona Eldorovna Xusenova. Radionuklidlarning inson organizmiga kirish yo‘llari.//Buxoro Davlat Universiteti, 2022. 2. Qo‘yliyev Humoyun Zokir o‘g‘li, Surayyo Israilovna. Ionlashtiruvchi nurlanishning organizmga ta’siri.//Ta’lim innovatsiyasi va zamonaviy amaliyotlar jurnali, 2023. 3. M. Yunusov, I. Axmedov, S. Gazinazarov
Доказательный фрагмент
«This article explores the effects of radionuclides on the human body.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the effects of radionuclides on the human body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Keywords: radionuclides, ionizing radiation, cancer, genetic mutations, protection, радиационная опасность, ионизирующее излучение, himoyalanish, radiation hazard, защита, ionlashtiruvchi nurlanish, рак, Radionuclides, saraton, Radionuklidlar, radiatsiya xavfi, Радионуклиды
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026