К содержанию
РецензированоRU2026

АНАТОМИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МЯГКОЙ ПШЕНИЦЫ, СВЯЗАННЫЕ С УСТОЙЧИВОСТЬЮ К ПОДСТИЛАЮ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · BOG‘LIQ ANATOMIK XUSUSIYATLARI

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Целью данной научной работы является изучение наследования и анатомической структуры признаков устойчивости стебля пшеницы к полеганию. Высокая урожайность пшеницы увеличивает массу стебля, что приводит к полеганию. Это одна из серьезных причин потери урожая. Поэтому изучение анатомического строения стебля является важным фактором при отборе гибридных растений, устойчивых к полеганию. Ключевое слово: пшеница, сорт, стеблевое полегание, селекция, устойчивость, урожайность. Annotation. The aim of this study was to study the inheritance and anatomical structure of lodging resistance traits in wheat stems. High yield of wheat increases the weight force on the stem, causing lodging. This is one of the serious reasons for yield loss. Therefore, studying the anatomical structure of the stem is an important factor in selecting hybrid plants that are resistant to lodging. Key words: wheat, variety, stem lodging, selection, resistant, yield. Dunyo aholisining oziq-ovqat va oqsilga boʻlgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Mazkur ehtiyojga bo‘lgan talabni nafaqat bugʻdoy yetishtirish maydonlarini kengaytirish, mineral va organik oʻgʻitlardan samarali foydalanish, yuqori agrotexnik vositalarni qoʻllash orqali qondirish mumkin, balki, yuqori hosil beruvchi, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan, turli biotik va abiotik stresslarga, shuningdek, yotib qolishga chidamli navlarni yaratish orqali erishish mumkin. M.P. Reynoldsning ta’kidlashicha, bugungi kunda genetik rivojlanish sur’ati ikki barobarga oshib, bug‘doyga bo‘lgan talab yiliga taxminan 2% ga ortib bormoqda. Bu holat esa seleksionerlarni bug‘doydan mo‘l hosil olish yo‘lida barcha imkoniyatlari va bilimlarini ishga solishga undamoqda[1]. Mamlakatimizda seleksioner olimlar tomonidan mo‘l hosil beruvchi bug‘doy navlari yaratishga erishilgan. Lekin hosildorlikni yanada oshirish maqsadida azotli o‘g‘itladan foydalanishni me’yoridan ortishi oqibatida boshoq vaznining poyaga nisbatan og‘irligi oshib, o‘simlikning yotib qolish ehtimoli ham ortadi. Natijada hosilning 60-80% gacha katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. O‘simlik poyasi to‘qimalarining anatomik, morfologik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini o‘rganish yotib qolishga chidamlilikni baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan namunalarni to‘liq tavsiflash imkonini beradi. Ko‘plab tadqiqotchilar poyaning mustahkamligida bo‘g‘im orasidagi devorlarning qalinligi va ularning anatomik tuzilishiga katta ahamiyat beradilar. Poya strukturasining bu xususiyatlari, xususan, mexanik to‘qimalar (masalan, sklerenhima) va tomir bog‘lamlarining soni, poyaning mustahkamligini ta’minlaydi. Bu esa yotib qolishga chidamlilikni adu.uz universaljurnal.uz 403 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari oshiradi. Bundan tashqari, lignin va selluloza kabi hujayra devori komponentlarining miqdori ham poyaning mexanik mustahkamligiga ta’sir qiladi [2]. Tadqiqotlarimiz jarayonida bug‘doy poyalarining tuzilishini о‘rganish va yotib qolishga chidamlilik xususiyatlarini irsiylanishini aniqlash maqsadida molekulyar genetik, biometrik, statistik tahlillar bilan bir qatorda anatomik tahlillar ham o‘tkazildi. Tajriba uchun bug‘doy poyasining oxirgi bо‘g‘imidan kо‘ndalang yupqa kesmalar tayyorlanib, anatomik tuzilishi o‘rganildi. Morfometrik о‘lchovlar uchun har bir namunaning birinchi bо‘g‘imidan 2 sm hajmdagi poya kesmalari tanlab olindi. Tayyorlangan poya kesmalari 96% li etanolda 2 sutka davomida ishlov berilgandan so‘ng distillangan suvda yuvildi. Kesmalar rangsizlantirilishi uchun HCl ning 3% li eritmasida 1 sutka davomida ishlov berildi. Navbatdagi bosqichda kesmalar 96% li etanolda 2 kun davomida saqlandi hamda, distillangan suvda yuvilib, rangsizlantirish uchun 1,5% li KOH eritmasida 2 sutka davomida saqlandi. Yana bir bor distillangan suvda yuvib olingach, mikropreparatlar tayyorlandi va mikroskop ostida kо‘rish uchun tayyorlandi [3]. Tayyorlangan mikropreparatlar Leica EC3 fotokamerali Leica CM E mikroskopi ostida kuzatilib anatomik tahlillar о‘tkazildi (1rasm). 1-rasm. Poya ko‘ndalang kesmasining mikroskopda olingan tasviri tahlili. a) Leuc 84693/Ae.Squarrosa(409) 19; b) Farovon. Qisqartmalar: Ep – epidermis, ScL – sklerenxima to‘qima qatlami, Pa – parenxima, IVB – ichki tomirlar to‘plami. Yotib qolishga chidamsiz va chidamli bug‘doy navlari poyasi kо‘ndalang kesmasining mikroskopda olingan tasvirini tahlil qilish ikkita genotip o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatdi. Yotib qolishga chidamsiz navning (Leuc 84693/Ae.Squarrosa(409) 19) sklerenxima (ScL) to‘qima qatlami yupqa, chidamli Farovon navida esa yotib qolishga moyil o‘simliklarnikiga qaraganda poya sklerenximasi deyarli ikki barobar qalin devorlarga ega bo‘lib, hujayra qobig‘i qalin va bir-biriga yaqin joylashgan. Bundan tashqari, parenximada joylashgan ichki tomirlar to‘plami (IVB) ham bir- biriga yaqin va hujayralari ham zich joylashgan. Bu xususiyat poyaning mustahkamligini oshiradi v

Доказательный фрагмент

«Целью данной научной работы является изучение наследования и анатомической структуры признаков устойчивости стебля пшеницы к полеганию.»

Образец извлечения

Демо-превью

Целью данной научной работы является изучение наследования и анатомической структуры признаков устойчивости стебля пшеницы к полеганию. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
wheat, variety, stem lodging, selection, resistant, yield, сорт, poyaning yotib qolishi, chidamlilik, урожайность, nav, productivity, mahsuldorlik, resistance, селекция, seleksiya, bug‘doy, устойчивость, пшеница, полегание стебля
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники