К содержанию
РецензированоRU2026

ВЛИЯНИЕ МИКРОБИОЛОГИЧЕСКИХ УДОБРЕНИЙ НА БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ СОРТОВ АРАХИСА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · MIKROBIOLOGIK O‘G‘ITLAR TA’SIRI · Ashurova Gulchexra Dadajonovna · Matniyazova Hilola Xudaybergenovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This study examines the effects of the microbial fertilizersPlantastim andFosfomax on local (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) and foreign (Vietnam-1126, Senegal-685) peanut (Arachis hypogaea L.) varieties under the agro-ecological conditions of the Andijan region. Biometric evaluation was based on pod number, maturity percentage, and 1000-seed weight. Plantastim significantly improved pod quantity and quality, while Fosfomax enhanced seed quality and yield stability. Keywords: Peanut, microbial fertilizer, Plantastim, Fosfomax, yield, seed quality, biometric evaluation. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va iqtisodiyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan yeryong‘oq, ayniqsa tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan [1]. Shuningdek, yeryong‘oq (Arachis hypogaea L) – yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lgan muhim dukkakli ekinlardan biri hisoblanib, tuproq unumdorligini tiklash va azot fiksatsiyasi orqali agroekotizimlarni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi [2]. So‘nggi yillarda ushbu ekinda turli kasalliklar, ayniqsa zamburug‘li va bakterial kasalliklarning avj olishi rivojlangan. Mazkur kasalliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida ko‘plab kimyoviy vositalar, ayniqsa pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar keng qo‘llanilmoqda. Biroq bunday yondashuv tuproq unumdorligining pasayishiga, foydali mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga hamda atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelib, natijada ekologik muvozanat buzilib, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3]. Andijon viloyatida yer yong‘oq yetishtirish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u aholining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, yer yong‘oq yetishtirishda barqaror va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish dolzarb masalaga aylangan [4]. Biz bu borada kimyoviy vositalardan foydalanishni cheklagan holda, mikrobiologik o‘g‘itlar Plantastim va Fosfomax dan foydalanish asosida dala sharoitida tajriba ishlarini olib bordik. adu.uz universaljurnal.uz 437 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Ushbu tajribalar Andijon viloyati dala sharoitida yeryong’oqning mahalliy (Lider, Mumtoz, Salomat va Toshkent-112) navlari hamda xorijiy (Vetnam- 1126, Senegal-685) namunalarida olib borildi. Yeryong‘oq o‘simligining biometrik ko‘rsatkichlariga qaratilgan tadqiqotlarimizda tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan nav va namunalargaPlantastim vaFosfomax preparatlari ta’sir ettirildi hamda olingan natijalar nazoratga nisbatan solishtirildi va baholandi. Tajribalardan olingan natijalar yong‘oq navlari bo‘yicha hosildorlik va yetilgan yong‘oqlar ulushida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Nazorat variantida Mumtoz navi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bitta o‘simlikda o‘rtacha 60 dona yong‘oq hosil bo‘ldi. Ulardan 41,67 donasi yetilgan (69%), 18,33 donasi esa yetilmagan. Bu navning yuqori hosildorligi bilan birga yetilish darajasi ham yuqori bo‘lib, navning agrobiologik xususiyatlari kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, Salomat navida o‘rtacha 40,67 dona yong‘oq hosil bo‘lgan bo‘lsa-da, yetilgan yong‘oqlar soni 31,33 donani (77%) tashkil etdi. Bu esa ushbu navning hosildorligi pastroq bo‘lsa-da, yong‘oqlar sifat jihatdan yaxshi shakllanganini anglatadi. Plantastim mikrobiologik o‘g‘iti bilan ishlov berilgan navlar orasida ham eng yuqori ko‘rsatkich Mumtoz navida qayd etilib, yong‘oqlar soni 70 donaga, yetilganlari esa 51 donaga (73%) yetdi. O‘g‘it ta’sirida yong‘oqlar soni va sifat ko‘rsatkichlari nazoratga nisbatan oshgan. Salomat navida esa yong‘oqlar soni 43,67 donaga, yetilganlar esa 34,33 donaga (78%) yetgan. Bu navda o‘g‘it qo‘llanganda hosil ko‘paygani holda, yong‘oqlar yetilish foizi ham yuqori saqlanib qolgan. Fosfomax bilan ishlov berilgan navlar ichida esa eng yaxshi natija Lider navida kuzatilib, bitta tupda 60 dona yong‘oq hosil bo‘ldi, shundan 40,33 dona yetilgan (66%), 20,67 dona esa yetilmagan. Bu navning ko‘rsatkichlari hosildorlik borasida yuqori bo‘lsa-da, yetilish darajasi nisbatan pastroq. Eng past natija esa Toshkent-112 navida qayd etilib, bitta o‘simlikda 40 dona yong‘oq, shundan 30 donasi yetilgan (72%), 10 donasi yetilmagan. Ushbu navda o‘g‘it ta’sirida sifat ko‘rsatkichi (yetilish darajasi) nisbatan yuqori bo‘lib, bu o‘g‘itning yong‘oq shakllanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 1000 dona urug‘ massasi bo‘yicha o‘tkazilgan baholashlar mikrobiologik o‘g‘itlarning urug‘ sifati ko‘rsatkichlariga ham ta’sir qilganini ko‘rsatdi.Plantastim o‘g‘iti bilan ishlov berilgan navlarda bu ko‘rsatkich nazorat variantiga nisbatan 6,1% ga oshgan bo‘lsa, Fosfomax qo‘llanilgan navlarda 2,8% ga oshgan. Bu esa ushbu o‘g‘itlar o‘simliklarning oziqlanishini yaxshilashi natijasida urug‘larda quruq modda to‘planishini kuchaytirganini anglatadi. Umuman olganda, Plantastim o‘g‘iti yong‘oqlar soni va sifati bo‘yicha eng ijobiy natijalarni bergan bo‘lsa, Fosfomax urug‘ sifati va o‘rtacha hosildorlikni barqarorlashtirishda o‘zini

Доказательный фрагмент

«This study examines the effects of the microbial fertilizersPlantastim andFosfomax on local (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) and foreign (Vietnam-1126, Senegal-685) peanut (Arachis hypogaea L.) varieties under t…»

Образец извлечения

Демо-превью

This study examines the effects of the microbial fertilizersPlantastim andFosfomax on local (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) and foreign (Vietnam-1126, Senegal-685) peanut (Arachis hypogaea L.) varieties under t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Peanut, microbial fertilizer, Plantastim, Fosfomax, yield, seed quality, biometric, microbiological fertilizer, качество семян, Yeryong‘oq, Плантастим, mikrobiologik o‘g‘it, biometrik baholash., biometric assessment., Peanuts, биометрическая оценка., urug‘ sifati, микробиологическое удобрение, hosildorlik, урожайность, Фосфомакс, Арахис
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники