К содержанию
РецензированоRU2026

ОРГАНИЗМНЫЙ УРОВЕНЬ ИНТЕГРАЦИИ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · INTEGRATSIYANING ORGANIZM DARAJASI

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

В данной тезисной работе рассматривается интеграция физиологических процессов на уровне организма растений. Особое внимание уделено координации метаболических, гормональных и морфологических систем, а также их роли в развитии растений и адаптации к окружающей среде. Ключевые слова: физиология растений, интеграция, гормоны, метаболизм, координация, адаптация. Hozirgi vaqtda o‘simliklar fiziologiyasi fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu - o‘simlik organizmidagi fiziologik jarayonlarning integratsiyalashgan tarzda boshqarilishini o‘rganishdir. O‘simliklar - murakkab tuzilgan, tashqi muhit bilan doimiy o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tirik organizmlardir. Ularning barcha hayotiy faoliyatlari, jumladan, fotosintez, nafas olish, suv va mineral moddalar almashinuvi, o‘sish va rivojlanish kabi jarayonlar o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda amalga oshadi. Ushbu muvofiqlashtirish jarayonlari organizm darajasida integratsiyalashuv orqali ta’minlanadi [1, 2]. Integratsiya - bu alohida tizimlar yoki elementlarning yagona funksional tizim sifatida birlashuvi va o‘zaro hamkorlik qilish jarayonidir. O‘simliklarda bu holat, asosan, fitogormonlar, signal molekulalar, retseptor tizimlari va hujayra ichki signal transduksiya mexanizmlari orqali ta’minlanadi. Misol uchun, ildizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar barglardagi fotosintez faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa organizm darajasidagi tizimli boshqaruvning mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu mavzuni tanlashimizga sabab - o‘simlik fiziologiyasi fanida integratsion jarayonlarning fundamental ahamiyatga ega bo‘lishi, ularning o‘simliklarning ekologik moslashuvchanligida tutgan o‘rni, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlanadi. Ayniqsa, global iqlim o‘zgarishlari sharoitida o‘simliklarning tashqi omillarga qanday javob berishi va bu jarayonlarda qanday fiziologik mexanizmlar ishtirok etishini aniqlash nihoyatda muhimdir [3]. O‘simliklarda tizimli muvofiqlashtirish. O‘simlik organizmi o‘zining murakkab tuzilishi va hayotiy faoliyatlarining muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Har bir fiziologik tizim o‘ziga xos vazifalarni bajarsa-da, ular yagona tizim sifatida faoliyat yuritadi. Bu muvofiqlashtirish jarayoni o‘simliklarning moslashuvchanligi va tirik qolish qobiliyatining asosiy omillaridan biridir. adu.uz universaljurnal.uz 440 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Signal uzatish tizimi va gormonlarning roli. O‘simliklarda har qanday tashqi yoki ichki o‘zgarishlarga javoban ma’lum bir signal uzatiladi. Bu signal, odatda, kimyoviy moddalarning, ayniqsa fitogormonlar deb ataluvchi molekulalarning yordamida uzatiladi. Gormonlar o‘simliklar organizmidagi eng muhim regulyatorlardan biri bo‘lib, ular har xil organlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydi. Misol uchun, auksin gormoni ildiz va poya o‘sishiga ta’sir etadi, giberellinlar urug’larning unib chiqishida va poyaning cho‘zilishida muhim rol o‘ynaydi, abstsiz kislota (ABA) esa stress holatlarida, ayniqsa qurg’oqchilik sharoitida bargdagi stoma teshikchalarini yopib, transpiratsiyani nazorat qiladi. Bu gormonlarning harakati o‘zaro bog’liq bo‘lib, ular orqali butun organizmda muvofiqlashtirilgan javob reaksiyasi yuzaga keladi [4, 5]. Fotosintez va nafas olish jarayonlarining integratsiyasi. O‘simliklarda asosiy energetik jarayonlar - fotosintez va hujayra nafas olishi bir-biriga bog’liq bo‘lib, ular birgalikda butun organizmning energiya muvozanatini boshqaradi. Fotosintez orqali hosil bo‘lgan glukozalar keyinchalik nafas olishda parchalanib, energiya ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, nafas olishda hosil bo‘ladigan karbonat angidrid fotosintez uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Bu ikki jarayon o‘rtasidagi uyg’unlik o‘simlikning energiyaga bo‘lgan talabini qondiradi va organlararo resurslar taqsimotini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, barglardagi fotosintetik faollik ildizlardagi o‘sish va oziqa moddalarning so‘rilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [5]. Tashqi omillarga qarshi tizimli javoblar. O‘simliklar tashqi omillar - yorug’lik, harorat, namlik, mexanik zarba yoki patogenlar ta’sirida ham muvofiqlashtirilgan javob reaksiyalarini yuzaga keltiradi. Masalan, bargga zarar yetkazilganda butun o‘simlik organizmida signal molekulalari (jasmonatlar, salitsil kislotasi) yordamida xavf holati aniqlanadi va himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu holat “tizimli induktsiyalangan qarshilik” (Systemic Acquired Resistance - SAR) deb nomlanadi. Shuningdek, o‘simliklar o‘sish tezligini tashqi sharoitga mos ravishda muvofiqlashtiradi. Masalan, soya o‘simligida yorug’lik yetarli bo‘lmasa, poya cho‘zilishi tezlashadi, bu esa fotosintezga qulaylik yaratadi [6, 7]. Organizm darajasida integratsiyaning namoyon bo‘lishi. O‘simliklarda fiziologik integratsiya butun organizm darajasida, ya’ni ildiz, poya, barg va boshqa organlar o‘

Доказательный фрагмент

«В данной тезисной работе рассматривается интеграция физиологических процессов на уровне организма растений.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисной работе рассматривается интеграция физиологических процессов на уровне организма растений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Plant physiology, integration, hormones, metabolism, coordination, adaptation, metabolizm, O‘simlik fiziologiyasi, gormonlar, adaptatsiya., гормоны, Физиология растений, интеграция, адаптация., adaptation., метаболизм, координация, muvofiqlashtirish, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники