Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФОРМИРОВАНИЕ СОВРЕМЕННОГО СПИСКА ОБРАЗЦОВ LEVEILLULA G. ARNAUD TURKUM, ХРАНЯЩИХСЯ В ФОНДЕ МИКОЛОГИЧЕСКОГО ГЕРБАРИЯ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Iminova Malika Mashrabovna. · Mustafaev Ilyor Murodillaevich. · Shaxnoza Arabboevna. · Nabiyeva Dilorom Bahodirovna. · To‘raboyev Mirzarahmat
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This article presents data on the fungi of the genusLeveillula, which cause powdery mildew, and are widespread in Uzbekistan. During the study, an inventory of herbarium specimens of this genus, stored in the mycological herbarium (TASM) of the Institute of botany of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, was conducted. Their names were clarified based on international mycological databases – Index Fungorum and MycoBank, and a modern list of taxa was compiled. As a result, 7 species and 103 forms, a total of 110 taxa, were identified, and synonyms between them were distinguished. The study revealed that these fungi occur in 41 families, 126 genera, and 188 host plant species. The largest number of host plants belongs to the families Fabaceae, Compositae, Lamiaceae, and Apiaceae. Keywords: TASM, powdery mildew, pathogen, Index Fungorum, MycoBank, host plant adu.uz universaljurnal.uz 318 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Leveillula turkumiga mansub zamburug‘lar un-shudring kasalligini keltirib chiqaruvchi patogenlar sifatida keng tarqalgan. Ushbu kasallik o‘simlik maydonlarida qisqa vaqt ichida kuchli zararlanishga olib keladi. Un-shudring kasalligi dorivor o‘simliklar, mevali daraxtlar, sabzavotlar, poliz ekinlari, rezavor mevalar, paxta va boshqa texnik ekinlarigacha bo`lgan xo`jayin o`simliklar keng diapozonida uchraydi. Un-shudring zamburug‘lari obligat parazit bo‘lib, faqat tirik o‘simlik to‘qimalarida – barg, kurtak, novda, gul va mevalarda rivojlanadi. Kasallangan o‘simliklarda o‘sish sekinlashadi, barglar sarg‘ayib, quriydi, to‘pgullar nobud bo‘ladi. Bu holat qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda un-shudring zamburug‘larini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab mikolog olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan [1]–[9]. Ular ushbu zamburug‘larning taksonomiyasi, geografik tarqalishi, ekologiyasi bo‘yicha muhim ma’lumotlar bergan. Mikologik tadqiqotlar natijasida Leveillula turkumiga mansub zamburug‘lar uchun noyob gerbariy namunalari to‘plami yaratilgan bo‘lib, ular hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining (TASM) fondida saqlanmoqda. Mazkur ish doirasida 1954 yildan boshlab yig‘ilganLeveillula turkumining gerbariy namunalari Xalqaro bazalar –Index Fungorum va MycoBank asosida tahlil qilinib, zamonaviy ro‘yxati shakllantirildi. Ularning xo‘jayin o‘simliklari nomlari esa The Plant List (www.theplantlist.org) bazasi asosida aniqlashtirildi. Natijada, ilgari adabiyotlarda keltirilgan 40 tur va 123 forma ichidan 110 ta takson (7 tur, 103 forma) tasdiqlandi, ayrimlari esa sinonim sifatida belgilandi. Mikologik tadqiqotlar davomida Leveillula turkumiga mansub yangi turlar aniqlangan bo‘lib, ular orasida fanga birinchi marta kiritilganlari ham mavjud: Leveillula labiatarum f. hyssopi f. nova, L. cruciferarum f. crambes f. nova, L. boraginacearum f. tournefortiae f. nova, shuningdek MDH mamlakatlari hududida pomidor o‘simligida aniqlangan L. solanacearum f. solani. Tadqiqot doirasida ushbu zamburug‘larning O‘zbekiston bo‘ylab tarqalish xaritasi tuzilib, ularni Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida keng tarqalganligi aniqlangan. Leveillula turlarining tarqalishi bevosita ularning xo‘jayin o‘simliklariga bog‘liq bo‘lib, bu jihat tahlilga alohida e’tibor qaratilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Leveillula turlari 41 oila, 126 turkum va 188 o‘simlik turida aniqlangan. Ular orasida eng ko‘p uchraydigan o‘simlik oilalari Fabaceae (20 ta takson), Compositae (18), Lamiaceae (11), Apiaceae (9) hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, Leveillula turkumiga mansub un-shudring zamburug‘larini zamonaviy nomenklatura bazalari asosida qayta ko‘rib chiqish natijasida ayrim turlar o‘z maqomini yo‘qotgan yoki sinonimga aylangan. Ayrim zamburug‘lar esa Index Fungorum yoki MycoBank bazalariga kiritilmaganligi bois, ularni chuqurroq o‘rganish, molekulyar identifikatsiya qilish orqali keng ilmiy muomalaga kiritish lozim. Bu esa O‘zbekiston hududida un-shudring zamburug‘lari biotasini boyitish va uni dunyo ilm faniga integrasiyalashishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Н.И. Гапоненко, С.С. Рамазанова, М.Ш. Сагдуллаева, Х.М. Киргизбаева Флора грибов Узбекистана Т. I. Мучнисторосянные грибы. – Ташкент: Фан, 1983, – 360с. 2. Головин П. Н. Материалы к монографии мучнисторосяных грибов (сем. Erysiphaceae) в СССР. Роды Arthrocladia, Podosphaera, Microsphaera II Тр. БИН АН СССР сер. II. 1956. – Вып. 10. – 309-365с. 3. Клейнер Б.Д. Видовой состав грибов – возбудителей заболеваний древесных пород и кустарников в горных районах Узбекистана и их систематическая характеристика. // Труды среднеазиатского научно-исследовательского института–исследовательского института лесного хозяйства. Вып. III. – 1958. – С. 248-260 4. ПанфиловаТ.С.,Гапоненко Н.И. Микофлора бассейны р. Ангрен. Ташкент.: Фан, 1963. – С. 68-168. 5. Солиева Я.С. Микромицеты сосудистыx растени
Доказательный фрагмент
«This article presents data on the fungi of the genusLeveillula, which cause powdery mildew, and are widespread in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents data on the fungi of the genusLeveillula, which cause powdery mildew, and are widespread in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- TASM, powdery mildew, pathogen, Index Fungorum, MycoBank, host plant, растение-хозяин, патоген, мучнистая роса, patogen, un shudring, xo‘jayin o‘simlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025