К содержанию
РецензированоRU2026

ФОРМИРОВАНИЕ 3D МОДЕЛЕЙ СТРУКТУРЫ БЕЛКА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Abdug'aniyev Jasurbek Baxromjon o‘g'li · Umarova Gulnoza Abdurashidovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

I-TASSER and Modeller are widely used in bioinformatics for protein structure modeling. These programs help determine the three-dimensional (3D) structure of proteins based on different algorithms. I-TASSER - Iterative Threading ASSEmbly Refinement predicts protein structure using the threading method based on existing structural templates. Keywords: Bioinformatics, protein modeling, I-TASSER, Modeller, 3D structure. Hozirgi zamon bioinformatikasi biologik makromolekulalarning, xususan, oqsillarning tuzilishini kompyuter yordamida modellashtirish imkonini beruvchi kuchli vositalarga ega. Oqsilning uch o‘lchamli (3D) strukturasini aniqlash uning biologik funksiyalarini tushunish, dori vositalarini ishlab chiqish va genetik tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi [2]. Shu maqsadda ishlab chiqilgan I-TASSER dasturi bioinformatika sohasida keng qo‘llaniladigan ilg‘or vositalardan biridir. I-TASSER dasturi threading va molekulyar modellashtirish usullarini birlashtirib, oqsil strukturasi bo‘yicha aniq bashoratlar beradi [1]. I-TASSER - aminokislotalar ketma-ketligidan oqsil molekulalarining uch o‘lchamli tuzilishini bashorat qilish uchun mo‘ljallangan bioinformatik usul bo‘lib, bu jarayonda oqsil ma’lumotlar bazasidagi strukturaviy shablonlar aniqlanadi. To‘liq uzunlikdagi tuzilma modellarini yaratish Monte-Karlo simulyatsiyalari yordamida shablonlardan tarkibiy qismlarni qayta yig‘ish orqali amalga oshiriladi. I-TASSER, xalqaro miqyosdagi CASP tajribalarida (oqsil tuzilishini bashorat qilish bo‘yicha musobaqalar) eng muvaffaqiyatli usullardan biri sifatida tan olingan [2]. I-TASSER dasturi oqsil strukturalarini modellashtirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. U strukturaviy shablonlarga asoslangan threading va molekulyar modellashtirish orqali yuqori aniqlikdagi prognozlar beradi.. Bu dastur ilmiy izlanishlarda, dori vositalarini loyihalashda hamda oqsil funksiyalarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi va bioinformatikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Ularning algoritmik yondashuvlarini chuqur tahlil qilish oqsil strukturasini tushunishda samarali yechimlar ishlab chiqishga imkon beradi [3]. Bundan tashqari, I-TASSER oqsilning tuzilishiga asoslangan funktsiyasini bashorat qilish imkonini ham beradi. Bu jarayonda ligand birikish joylari, gen ontologiyasi va fermentlar komissiyasi (EC) ma’lumotlari asosida taxminlar ilgari suriladi. Ushbu funksiya I-TASSERning Michigan universitetidagi Yang Zhang laboratoriyasi tomonidan yaratilgan onlayn serveri orqali taqdim etiladi. adu.uz universaljurnal.uz 343 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Foydalanuvchilar o‘zlarining aminokislota ketma-ketligini yuklab, oqsilning tuzilishi va funksiyasi haqida prognoz olishlari mumkin [2]. Xulosa qilib aytganda, I-TASSER dasturi oqsil strukturalarini modellashtirish sohasida muhim vosita hisoblanadi. Bu dastur yuqori aniqlikdagi modellarni yaratish imkonini berib, oqsilning fazoviy tuzilishini natija qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. I-TASSER algoritmlari energiyani minimallashtirish orqali optimal konformatsiyalarni tanlaydi, bu esa modellashtirilgan strukturani tabiiy holatga yaqinlashtiradi. Shu sababli u nafaqat ilmiy tadqiqotlarda, balki dori vositalarini loyihalash, genetik kasalliklarni tushunish, va biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqishda ham keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, dastur oqsil funksiyasini aniqlashda ham samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab ko‘plab olimlar hali struktura jihatdan o‘rganilmagan oqsillarning aminokislota ketma-ketliklarini tahlil qilish orqali ularning uch o‘lchamli tuzilishini I- TASSER yordamida aniqlamoqdalar. Dastur mavjud strukturaviy modellar asosida yangi oqsillarning tuzilishini prognozlash imkonini beradi, bu esa eksperimental tadqiqotlar bilan birgalikda oqsil biologiyasini chuqurroq tushunishga yo‘l ochadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, I-TASSER dasturining ilmiy-texnikaviy va amaliy qiymati nihoyatda yuqori bo‘lib, u bioinformatika sohasining rivojlanishi, yangi biotexnologiyalarni yaratish va biotibbiyotda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishda katta rol o‘ynaydi. Dastur algoritmik jihatdan mukammal ishlab chiqilgan bo‘lib, uning chuqur tahlili oqsil strukturasi va funksiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada aniqroq tushunishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Леск А.М. Введение в биоинформатику /Introduction to Bioinformatics. М. БИНОМ. 2009. 2. Model M.L. Bioinformatics Programming Using Python: Practical Programming for Biological Data. New York. 2009. 3. Сетубал Ж., Мейданис Ж. Введение в вычислительную молекулярную биологию. М. 2007. adu.uz universaljurnal.uz 344

Доказательный фрагмент

«I-TASSER and Modeller are widely used in bioinformatics for protein structure modeling.»

Образец извлечения

Демо-превью

I-TASSER and Modeller are widely used in bioinformatics for protein structure modeling. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bioinformatics, protein modeling, I-TASSER, Modeller, 3D structure, oqsil modellashtirish, 3D (three-dimensional) structure., 3D (uch o‘lchamli) struktura., 3D (трехмерная) структура., моделирование белков, Биоинформатика, Bioinformatika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники