К содержанию
РецензированоRU2026

СРАВНЕНИЕ ПОСЛЕДОВАТЕЛЬНОСТЕЙ НУКЛЕОТИДОВ И АМИНОКИСЛОТ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПРОГРАММЫ BLAST

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · KETMA-KETLIKLARINI SOLISHTIRISH · Abduqaxxorova Mukarramoy Azimjon qizi. · Boltaboyeva Gulsevar Boxodirjon qizi · Dusmatova Gulbahor Abdurashidovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This study investigates the methods for nucleotide and amino acids sequence comparison using the BLAST (Basic Local Alignment Search Tool) algorithm. The paper outlines the core principles of BLAST, including local alignment strategies and its integration with biological databases. Keywords: BLAST, nucleotide, amino acids, MegaBLAST, pathogen. BLAST (Basic Local Alignment Search Tool) dasturi biologik ketma-ketliklarni solishtirishda asosiy standartlardan biri hisoblanadi. BLAST algoritmi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotlar bazasida o‘xshash ketma-ketliklarni aniqlash, filogenetik bog‘liqlikni o‘rganish, gen annotatsiyasi va funktsional tahlil uchun keng qo‘llaniladi [1]. BLAST dasturi - noma’lum nukleotid va aminokislatalar ketma-ketliklarini aniqlash, ularni mavjud genomlar bilan solishtirish va biologik xulosalar chiqarish jarayonlarini yoritishga qaratilgan. Shuningdek, BLASTning turli variantlari - BLASTn, MegaBLAST va boshqalar - o‘rtasidagi farqlar, ulardan foydalanish holatlari va natijalarni tahlil qilish metodikasi amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi [2]. Ayniqsa, diagnostika, patogen turlarning identifikatsiyasi, populyatsion genetik tadqiqotlar va molekulyar markyorlar aniqlashda BLAST dasturining ahamiyatini yoritib, uni laboratoriya va ilmiy tadqiqotlarda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi [4]. BLAST dasturi genetik ma’lumotlarni tahlil qilishda muhim bioinformatik vosita hisoblanadi. Nukleotidlar va aminokislatalar ketma-ketligini solishtirish orqali ularning biologik funksiyasini tushunish, filogenetik tahlil o‘tkazish va yangi genetik elementlarni aniqlash mumkin. Tadqiqotchilar uchun BLAST - tez, ishonchli va keng qo‘llaniladigan dasturiy yechimdir. BLASTn va MegaBLAST kabi variantlar yordamida turli biologik namunalarning DNK ketma-ketliklari aniq va samarali identifikatsiya qilindi, natijalar esa mavjud genomik ma’lumotlar bazalari bilan muvaffaqiyatli solishtirildi. Bu esa dasturdan diagnostika, molekulyar identifikatsiya, evolyutsion tahlil va genetik diversitetni baholashda keng foydalanish imkonini beradi [3]. BLAST dasturida quyidagilar bajariladi: Ketma-ketlik kiritish – maqsadga muofiq belgilangan genetik ketma-ketlik FASTA formatida BLAST saytiga joylanadi. Ma’lumotlar bazasini tanlash - ya’ni, nt (nucleotides) yoki aminokislota ketma-ketligi. Qidiruvni boshlash - BLAST mos ketma- ketliklarni topadi. Natijalarni tahlil qilish: Identity (%) – o‘xshashlik foizi E-value – tasodifiy mos adu.uz universaljurnal.uz 349 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari kelish ehtimoli (qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik aniq). Alignment – ketma-ketliklar tugagach, MEGA dasturida "Compute Pairwise Distances" funksiyasini tanlanadi. Bu orqali ketma-ketliklar orasidagi nukleotid yoki aminokislota farqlari hisoblanadi. olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, bir xil turga mansub organizmlar orasida genetik o‘xshashlik yuqori bo‘lsa-da, ular o‘rtasida kichik farqlar mavjud. Bu esa ularning evolyutsion rivojlanishi davomida ro‘y bergan mutatsiyalar natijasidir. E. coli shtammlari orasidagi kichik farqlar esa bakteriyaning turli sharoitlarga moslashganligi yoki antibiotiklarga nisbatan qarshilik hosil qilganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, BLAST dasturi orqali topilgan natijalar qanday baholanadi, ularning biologik ahamiyati aniqlanadi. Natijalar BLAST dasturining laboratoriya sharoitida DNK tahlilini tezkor va samarali bajarishdagi muhim vosita ekanini tasdiqlaydi. Umuman olganda, organizmlar orasidagi genetik tafovutlar, mutatsion faollik va ehtimoliy evolyutsion yo‘nalishlar haqida alignmentdan keyin bajarilgan genetik masofa tahlili, o‘zgarishlar statistikasi va nukleotidlararo farqlar orqali aniqlanadi. Bu tahlillar kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni aniqlash, ularning tarqalish tarixini tushunish va kelajakdagi vaksina, diagnostika yoki terapiya strategiyalarini ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdukarimov A.A., Ruziboev S.R. Genetika va DNK texnologiyalari, Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 2. Raximov R.R Molekulyar biologiya va bioinformatika, Toshkent: Fan va texnologiya, 2022 3. To‘xtayev N.T., Jo‘rayev O.A. Bioinformatika asoslari, Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021. (BLAST, DNK/oqsil tahlillari va biologik ma’lumotlar bazalari haqida umumiy ma’lumotlar) UO‘K: 594.5:591.3 adu.uz universaljurnal.uz 350

Доказательный фрагмент

«This study investigates the methods for nucleotide and amino acids sequence comparison using the BLAST (Basic Local Alignment Search Tool) algorithm.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study investigates the methods for nucleotide and amino acids sequence comparison using the BLAST (Basic Local Alignment Search Tool) algorithm. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
BLAST, nucleotide, amino acids, MegaBLAST, pathogen, patogen., nukleotid, патоген., аминокислота, pathogen., нуклеотид, amino acid, aminokislota
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти