К содержанию
РецензированоRU2026

ИЗУЧЕНИЕ ДЕРЕВА ФИЛОГЕНЕТИЧЕСКОЙ ГЕНЕАЛОГИИ БИОИНФОРМАТИЧЕСКИМ МЕТОДОМ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Odiljonova Munavvarxon Sherzod qizi · Dusmatova Gulbahor Abdurashidovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Effectively uses the "Mega" program for phylogenetic analysis and identification of evolutionary relationships. In the study, phylogenetic trees were constructed based on molecular markers (e.g., DNA sequences) to determine the degree of genetic similarity and divergence of biological objects. Key words: Neighbor joining, Maximum Likelihood, UPGMA, biological systematics, ecological monitoring, DNA sequences, phylogenetic reconstruction. Mega dasturi yordamida ketma-ketliklarni tahlil qilish, ularni hizmatlash (alignment), evolyutsion masofalarni hisoblash va daraxt strukturasi qurish bosqichlari avtomatlashtiriladi. Dasturda qo‘llaniladigan algoritmlar - UPGMA, Neighbor-Joining, Maximum Likelihood filogenetik rekonstruksiyaning aniqligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari orqali tahlil qilingan organizmlar orasidagi filogenetik munosabatlar aniqlanib, ularning evolyutsion tarixini tushunishda muhimdir. Shunda, dastur bo‘yicha o‘zimizga kerakli organizmlarni filogenetik shajara daraxtini tuzish mumkin bo‘ladi [4]. Buning uchun, DNK ketma-ketliklarini tayyorlashda tahlil qilinadigan organizmlarga oid DNK yoki oqsil ketma-ketliklari NCBI GenBank yoki boshqa biologik ma’lumotlar bazalaridan FASTA formatida yuklab olinadi. MEGA dasturining ichki vositasi yoki ClustalW algoritmi yordamida ketma-ketliklar hizmatlanadi. To‘g‘ri hizmatlash filogenetik tahlilning aniqligini ta’minlovchi asosiy bosqich hisoblanadi. Filogenetik daraxtni qurishda ketma-ketliklar orasidagi evolyutsion masofalarni baholash uchun optimal model tanlanadi. Dasturda mavjud Kimura 2-parameter, Jukes-Cantor, yoki Tamura-Nei kabi modellardan biri statistik mezonlar - AIC, BIC asosida tanlab olinadi. MEGA dasturining Neighbor-Joining (NJ), Maximum Likelihood (ML) yoki UPGMA kabi algoritmlari asosida filogenetik daraxt tuziladi. Har bir algoritmning xususiyatlari va biologik mosligi inobatga olinadi. Daraxtlar turlarning evolyutsion munosabatlarini aniq ifodalash uchun radial yoki kladistik ko‘rinishda taqdim etiladi[3]. Demak, Mega dasturi yordamida molekulyar filogenetik tahlil orqali tanlab olingan genetik ketma-ketliklar asosida filogenetik daraxt tuziladi. MEGA dasturida amalga oshirilgan tahlillar adu.uz universaljurnal.uz 378 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari natijasida o‘rganilgan organizmlar o‘rtasidagi evolyutsion aloqalar aniqlanib, ularning genetik yaqinlik darajasi baholandi [1]. Filogenetik daraxtning shakllanishi hamda shoxlanish tartibi organizmlar orasidagi filogenetik bog‘liqlikni ochib beradi. Natijalarga ko‘ra, ayrim taksonlar o‘rtasida yaqin evolyutsion munosabatlar mavjud bo‘lib, ular bitta kladga birlashgan. Shu bilan birga, baʼzi guruhlar o‘ziga xos mustaqil evolyutsion chiziqlarga ega ekani filogenetik daraxtda yaqqol ko‘rinadi [2]. Bu holat tadqiq qilinayotgan turlar yoki populyatsiyalar o‘rtasida genetik diversifikatsiya (turfa-xillik) jarayonining faol kechayotganini ko‘rsatadi. Olingan maʼlumotlar molekulyar filogenetika yondashuvi orqali taksonomik tasniflashning ilmiy asoslanganligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, MEGA dasturining imkoniyatlari filogenetik munosabatlarni vizualizatsiya qilish va statistik baholashda samarali vosita ekanini ko‘rsatadi. Olingan natijalar orqali tahlil qilingan organizmlar orasidagi filogenetik munosabatlar aniqlanib, ularning evolyutsion tarixini tushunishda muhim ilmiy asoslar yaratiladi. Mazkur yondashuv biologik sistematikada keng qo‘llanish imkoniyatiga ega. Bu dastur filogenetik shajara daraxtini tuzish uchun eng samarali va qulay dastur deb hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Barry J. Hinnebusch. The bacterial nucleoid visualized by fluorescence microscopy of cells lysed within agarose: comparison of Escherichia coli and spirochetes of the genus Borrelia. Journal of bacteriology. Т. 1997. № 7. B. 2228 - 2237. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books 2. Louis-Marie Bobay. The evolution of bacterial genome architecture, Howard Ochman. // Frontiers in genetics. 2017. Т. 8. B. 72. https://uz.genomics.uz 3. Michele Trucksis. The Vibrio cholerae genome contains two unique circular chromosomes. https://arxiv.uz 4. Michael HerdmanThe evolution of bacterial genomes // The Evolution of Genome Size. 1985. B. 37 - 68. https://treebase.org adu.uz universaljurnal.uz 379

Доказательный фрагмент

«Effectively uses the "Mega" program for phylogenetic analysis and identification of evolutionary relationships.»

Образец извлечения

Демо-превью

Effectively uses the "Mega" program for phylogenetic analysis and identification of evolutionary relationships. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Neighbor joining, Maximum Likelihood, UPGMA, biological systematics, phylogenetic reconstruction, метод максимального правдоподобия, биологическая систематика, последовательности ДНК, biologic sistematika, DNK ketma ketliklari, Метод присоединения соседей, DNA sequences, ecological monitoring, ekologik monitoring, филогенетическая реконструкция, экологический мониторинг, filogenetik rekonstruksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники