Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРИМЕНЕНИЕ И ВОЗМОЖНОСТИ ПРОГРАММНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ AUTODOCK В ГЕНОМИКЕ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · DusmatovaGulbaxor Abdurashidovna
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
AutoDock — это эффективный инструмент молекулярного докинга, активно применяемый в геномике. Он позволяет моделировать взаимодействие белков и лигандов, оценивать влияние генетических мутаций и способствовать разработке лекарств. В сочетании с биоинформатикой и трёхмерным моделированием AutoDock открывает перспективы для таргетной терапии и персонализированной медицины. Ключевые словa: Autodock, молекулярный доккинг, белки, лиганд, биоинформатика, фармакологическая эффективность, алгоритмы докинга Annotation: AutoDock is a powerful molecular docking tool widely used in genomics. It helps model protein- ligand interactions, assess the functional impact of genetic mutations, and support drug discovery. Integrated with bioinformatics and 3D modeling tools, AutoDock contributes to targeted therapy development and personalized medicine approaches. Keywords: Autodock, molekulyar docking, protein, ligand, bioinformatics, pharmacological, efficacy docking. Zamonaviy genomika fanining asosiy maqsadlaridan biri – genetik materialdagi biologik ahamiyatga ega elementlarni aniqlash, ularning funksional roli va organizmga bo‘lgan ta’sirini tushunishdan iborat. Ushbu jarayonlar davomida aniqlangan genlar, ularning transkriptlaridan hosil bo‘lgan oqsillar, shuningdek, mutatsiyaga uchragan variantlar maqsadli dori vositalarini ishlab chiqishda markaziy obyektga aylanadi. Bunday murakkab tizimlarni o‘rganishda kompyuter modellashtirish usullari, ayniqsa, AutoDock dasturi muhim ahamiyat kasb etadi [1]. AutoDock – bu kichik molekulalarning biomakromolekulalarga, ya’ni oqsillar, DNK yoki RNKga bog‘lanishini prognoz qilishga mo‘ljallangan molekulyar doking dasturidir. U orqali genetik ma’lumotlarga asoslangan maqsadli oqsillarning faollik markaziga turli ligand molekulalarini avtomatik joylashtirish va ularning bog‘lanish energiyasini hisoblash mumkin [1]. Bu imkoniyatlar, ayniqsa, target-based drug design jarayonida genomik informatsiyadan samarali foydalanishga zamin yaratadi. Gen ekspressiyasining o‘zgarishi, SNP-lar (yagona nukleotid polimorfizmlari) yoki ma’lum mutatsiyalar oqibatida o‘zgaruvchi oqsil strukturalari bilan potensial dorivor moddalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni aniqlashda AutoDock muhim vositadir [2]. Masalan, AutoDock yordamida saraton bilan bog‘liq onkogenlar tomonidan kodlanadigan oqsillarning ligand bilan bog‘lanish potensiali tahlil qilinadi. Bu metodika dori nomzodlarini in silico skrining qilish orqali tajribaviy sinovlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, AutoDock Vina versiyasi – o‘zining yuqori hisoblash tezligi, takomillashtirilgan ball tizimi va samarali optimizatsiya algoritmlari bilan ajralib turadi [3]. Bu, katta hajmdagi genomik ma’lumotlar asosida yaratilgan oqsil modellari bilan minglab molekulalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni tez va ishonchli baholash imkonini beradi. AutoDock’ning genomik tahlil uchun dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlaridan yana biri bu farmakogenomika sohasidir. Shaxsiy genomik profil asosida inson organizmida dori moddalari metabolizmini boshqaruvchi fermentlar, xususan CYP450 oilasiga mansub oqsillarni modellashtirish adu.uz universaljurnal.uz 380 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari va ularning dorilar bilan interaksiyasini baholash imkonini beradi. Bu holatda AutoDock dori molekulalarining turli allelik variantlar bilan bog‘lanish samaradorligini tahlil qilish uchun qo‘llaniladi [2]. Bundan tashqari, dastur metagenomika doirasida ham foydalaniladi. Mikrobiom tahlili natijasida aniqlangan yangi genlar orqali sintez qilinuvchi oqsillarning kichik molekulalar bilan o‘zarota’sirini o‘rganish orqali yangi bioaktiv komponentlar aniqlanmoqda. Bu esa, ayniqsa antibiotiklar va tabiiy mahsulotlar asosidagi dori moddalari izlanishlarida muhim o‘rin tutadi [2]. Genomik tadqiqotlarda yana bir keng qo‘llanilayotgan yondashuv – bu strukturaviy genomika bo‘lib, u oqsillarning uch o‘lchamli konformatsiyalarini aniqlashga qaratilgan. Odatda genetik kod asosida ma’lum oqsillar strukturasi homologik model orqali tiklanadi, keyin esa bu model AutoDock yordamida ligandlar bilan bog‘lanishga tayyor holga keltiriladi. Bu jarayon davomida ligand-reseptor o‘zaro ta’sirining energetik barqarorligi, bog‘lanish konfiguratsiyasi va vodorod bog‘lari kabi parametrlar aniqlanadi [3]. Shuningdek, AutoDock yordamida mutatsiyaga uchragan oqsillar va ularning dori bilan bog‘lanish qobiliyati o‘rganiladi. Ayniqsa, genetik kasalliklarda, masalan, BRCA1/BRCA2 yoki TP53 genlaridagi mutatsiyalar oqibatida o‘zgaruvchi oqsillar tuzilmasini hisobga olgan holda dori dizayni amalga oshiriladi. Bu metodika orqali genom asosidagi individualizatsiyalashgan terapiya yo‘nalishi uchun poydevor yaratilmoqda [2]. Xulosa qilib aytganda, AutoDock dasturida ishlash jarayoni — ya’ni retseptor va ligand strukturalarini tayyorlash, panjara (grid) maydonlarini belgilash, docking parametrlarini moslashtirish va natijalarni energiya ko‘rsatkichlari a
Доказательный фрагмент
«AutoDock — это эффективный инструмент молекулярного докинга, активно применяемый в геномике.»
Образец извлечения
Демо-превьюAutoDock — это эффективный инструмент молекулярного докинга, активно применяемый в геномике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Autodock, molekulyar docking, protein, ligand, bioinformatics, pharmacological, лиганд, Автодок, oqsil, белок, farmakologik, dokking algoritimlari., молекулярный стыковочный процесс, molecular docking, алгоритмы стыковочного процесса., биоинформатика, docking algorithms., bioinfarmatika, фармакология
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025