Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ АНТОЦИАНОВЫХ ПИГМЕНТОВ В ФИЗИОЛОГИЧЕСКИХ ПРОЦЕССАХ В РАСТЕНИЯХ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Yo‘ldasheva Shahzodaxon Lutfillo qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Антоциановые пигменты играют важную роль на различных этапах биологических процессов в растениях. Они выполняют несколько функциональных ролей, включая поглощение света, фотозащиту, антиоксидантную активность, устойчивость к температуре и стрессу, опыление и распространение семян. В статье подробно рассматривается синтез антоцианов, их физиологическое и экологическое значение, а также роль, которую они играют в растительных клетках. Ключевые слова: антоциан, флавоноид, фотозащита, окислительный стресс, экологический сигнал, абиотический стресс, антиоксидант. Annotation: Anthocyanin pigments play important roles in various stages of biological processes in plants. They have several functional roles, such as light absorption, photoprotection, antioxidant activity, temperature and stress tolerance, pollination, and seed dispersal. This article provides an in-depth review of the synthesis of anthocyanins, their physiological and ecological significance, and the roles they play in plant cells. Keywords: anthocyanin, flavonoid, photoprotection, oxidative stress, environmental signal, abiotic stress, antioxidant. Pigmentlar o‘simliklarning hayoti uchun muhim biologik birikmalar bo‘lib, ular o‘simlik hujayralarida turli fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Xlorofill va karotinoidlardan tashqari, flavonoidlar guruhiga mansub antotsianlar ham keng tarqalgan. Ular pH darajasiga bog‘liq holda ko‘k, binafsha yoki qizil ranglarda namoyon bo‘ladi. Antotsianlar asosan epidermal hujayralarda, vakuolalarda joylashadi va o‘simliklarning turli bosqichlarida ko‘p funksiyali rol o‘ynaydi.[1] Antotsianinlar choy, asal, vino, mevalar, sabzavotlar, yong'oqlar, zaytun moyi, kakao va donlarda bo‘lgan fitokimyoviy moddalarning flavonoidlar guruhiga kiradi. Flavonoidlar oziq- ovqatlardagi eng muhim fenolik moddalar guruhi. Bu guruhning asosiy qismiga antotsianinlar (masalan, siyanidin, pelargonidin, petunidin), flavonollar (kercetin, kamferol), flavonlar (luteolin, apigenin), flavanonlar (mirsetin, naringin, gesperetin, naringenin), flavan-3-ols kiradi. (katexin, epikatexin, gallokatexin) va ba'zan alohida tasniflangan bo‘lsa-da, izoflavonlar (genistein, daidzein). Ushbu sinfdagi fitokimyoviy moddalar inson salomatligini saqlashdagi ko‘p qirrali roli tufayli ko‘pincha bioflavonoidlar deb ataladi va oziq-ovqat tarkibidagi antotsianinlar odatda flavonoid komponentlarining murakkab aralashmalarining tarkibiy qismlari sifatida qabul qilinadi. Kundalik iste'mol miqdori 500 mg dan 1 g gacha bo‘lishi kerak.[4] adu.uz universaljurnal.uz 382 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Antotsianinlar va antotsianidlar odatda o‘rtacha past pH qiymatlarda o‘simlik to‘qimalarining kislotali ekstraktlarida ajratiladi, bu holda antotsianin va antotsianinning aglikon qismi flaviy tuzi shaklida mavjud bo‘lib, unda geterosiklik kislorod atomlarining elektroni ishtirok etadi [5]. Fotohimoya va yorug‘lik nurlarini filtrlash quyosh nurlari, ayniqsa ultrabinafsha (UV-A va UV- B) spektrlari o‘simlik hujayralarining DNK va fotosintetik apparatiga zarar yetkazadi. Antotsianlar quyosh nurining yuqori energiyali qismlarini so‘rib olib, xloroplastlar va DNKni himoya qiladi. Antotsianlar Barglarning epidermisida to‘planib, UV va ko‘k nur spektrlari (400–500 nm)ni yutadi. Shu orqali ichki hujayralar - ayniqsa xloroplastlar va DNK joylashgan yadroni himoya qiladi. Bu fotosintetik to‘qimalarning fotodamlanishini kamaytiradi. Misol: yuqori tog‘ sharoitida yoki ochiq quyoshda o‘sadigan o‘simliklar barglarida ko‘proq antotsian bo‘ladi. Fotooksidlovchi stressdan himoya kuchli yorug‘lik sharoitida xloroplastlar ichida reaktiv kislorod shakllari (ROS) hosil bo‘ladi: Superoksid (O₂⁻), Vodorod peroksid (H₂O₂), Gidroksil radikallar (OH·).[2] Antioksidant faollik-Fotosintez, nafas olish va boshqa metabolik jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan reaktiv kislorod shakllari (ROS) o‘simlik hujayralarida oksidlovchi stress keltirib chiqaradi. Antosiyanlar bu radikallarni neytrallab, hujayralarni oksidlanishdan saqlaydi. Antosianlar antioksidant bo‘lib, ROSni neytrallaydi va lipidlar, oqsillar va DNKni oksidlanishdan saqlaydi [4]. Kuchli yorug‘lik fotosintez tezligini kamaytirishi mumkin (fotodamlanish). Antosiyanlar: Nur energiyasini yutib, ortiqcha yukni kamaytiradi, Fotosintez pigmentlariga (xlorofill) tushayotgan nur darajasini pasaytiradi, Natijada fotosintetik apparatning sog‘lom ishlashiga ko‘maklashadi[8]. Stressga chidamlilik-Qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, harorat o‘zgarishlari, zararli mikroorganizmlar kabi abiotik va biotik stresslarga javoban antotsianlar sintezlanadi. Bu ularni himoya qiladi va moslashuvchanligini oshiradi. Stress holatlaridagi ahamiyati yuqori yorug‘lik, sovuq, qurg‘oqchilik kabi holatlarda: Antotsianlar sintezi ortadi (PAL, CHS, DFR fermentlari orqali), Bu nafaqat fotohimoya, balki o‘sish va moslashuvga ham yordam beradi [6]. Gullardagi yorqin ranglar changlatuvchilarni jalb etadi.
Доказательный фрагмент
«Антоциановые пигменты играют важную роль на различных этапах биологических процессов в растениях.»
Образец извлечения
Демо-превьюАнтоциановые пигменты играют важную роль на различных этапах биологических процессов в растениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anthocyanin, flavonoid, photoprotection, oxidative stress, environmental signal, abiotic stress, антоциан, флавоноид, ekologik signal, фотозащита, antotsian, окислительный стресс, oksidlovchi stress, abiotik stress, fotohimoya, antioksidant., абиотический стресс, экологический сигнал, антиоксидант., antioxidant.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025