Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ХИМИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА, БИОЛОГИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ И МНОГОФУНКЦИОНАЛЬНОСТЬ ТЕРПЕНОВ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This thesis analyzes the role of terpenes, which are widespread in the plant world and belong to the group of biologically active natural substances, in plant physiology, their ecological function and significance in human health. The chemical structure of these compounds, synthesis mechanisms, and their application in medicine, especially in urology, are also discussed. The work, based on the results of modern research, proves the lithokinetic and anti-inflammatory effects of terpenes and indicates promising directions for future practical research. Keywords: Terpenes, monoterpenes, lithokinetic effect, isoprene, menthol, pinene. Terpenlar o‘simliklar fiziologiyasida eng muhim ikkilamchi metabolitlardan biri sifatida keng tarqalgan. Ular izopren birliklaridan tashkil topgan va ko‘plab uglevodorodlar hamda ularning hosilalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu moddalarning o‘simliklar hayotidagi o‘rni nihoyatda keng bo‘lib, ular nafaqat o‘simliklarning ekologik muhitga moslashuvi va himoya mexanizmlarini shakllantirishda, balki ularning signal uzatish, o‘sish va rivojlanish jarayonlarida ham ishtirok etadi[1]. Terpenlar o‘simliklarning himoya tizimida fitofaglar, patogenlar va abiotik stresslarga qarshi faol modda sifatida xizmat qiladi. Ular efir moylari tarkibida bo‘lib, ko‘plab o‘simliklarning barg, gullar, po‘stloq yoki ildizlarida to‘planadi va o‘ziga xos hid, ta’m yoki toksik ta’siri orqali o‘simlikni zararli organizmlardan saqlaydi[1, 2]. Terpenlar kimyoviy tuzilishiga ko‘ra turli xil sinflarga bo‘linadi: monoterpenlar, seskviterpenlar, diterpenlar, triterpenlar, tetraterpenlar va politerpenlar. Har bir sinfning o‘ziga xos biologik va farmakologik xususiyatlari mavjud. Masalan, monoterpenlar o‘tkir hidli moddalar bo‘lib, ular parfyumeriya, kosmetika, oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Diterpenlar esa A vitamini (retinol) va boshqa muhim moddalar tarkibida bo‘lib, inson sog‘lig‘ida adu.uz universaljurnal.uz 459 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari muhim rol o‘ynaydi. Tibbiyotda terpenlarning qo‘llanilishi ayniqsa ahamiyatlidir. Ular antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, analjezik, diuretik va litokinetik xususiyatlarga ega. Urologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, terpenlarga asoslangan dorilar buyrak toshlarini eritishga va siydik yo‘llaridan chiqarishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu preparatlar yengil toksiklik darajasi va tabiiy kelib chiqishi bilan ajralib turadi. Misol tariqasida, α-pinen, limonen va mentol kabi moddalarning validol, skipidar va boshqa dorivor vositalar tarkibida ishlatilishini keltirish mumkin. Bundan tashqari, sitral, terpineol va geraniol kabi moddalar parfyumeriya va kosmetik vositalarda keng foydalaniladi[3, 4]. Terpenlarning ekologik ahamiyati ham katta. Ular o‘simliklarning boshqa organizmlar bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlaydi: yirtqich hasharotlarni jalb qiladi, o‘simliklararo signal uzatishda ishtirok etadi, o‘simliklar hayotiyligini ta’minlaydi. Ularning hosilalari – saponinlar, kardenolidlar, forbol efirlari hayvon va odam organizmiga nisbatan faollik ko‘rsatadi. Bu moddalarning ayrimlari toksik, boshqalari esa dori sifatida ishlatiladi. Terpenlar o‘simliklarning biologik faol moddalari sifatida ekologiya, tibbiyot, kimyo va boshqa sohalarda keng o‘rganilmoqda. Ularning ko‘p qirrali xususiyatlari kelajakda yanada chuqur tadqiqotlarni talab etadi va ulardan olinadigan yangi preparatlar insoniyat salomatligi va farovonligiga xizmat qiladi. Ushbu tezisda terpenlar o‘simliklar fiziologiyasining muhim komponenti sifatida keng tahlil qilinadi. Terpenlar – izopren birliklariga asoslangan tabiiy uglevodorodlar bo‘lib, ular o‘simliklarda himoya mexanizmlarini shakllantiradi, hayvon va inson organizmida esa dorivor ahamiyatga ega[4,5,6]. Monoterpenlar, seskviterpenlar, diterpenlar, triterpenlar va tetraterpenlar biologik faolligi bilan ajralib turadi. Terpenlarning o‘simliklarda sintezlanishi ularni fitofaglardan, patogenlardan va abiotik stresslardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mentol, limonen, α- va β-pinen kabi birikmalar o‘simliklarning yirtqich hasharotlarga qarshi tabiiy himoyasini kuchaytiradi. Tibbiyotda terpenlar antiseptik, analjezik, yallig‘lanishga qarshi va litokinetik (buyrak toshlarini harakatlantiruvchi) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Urologiyada terpenlarga asoslangan preparatlar siydik yo‘llaridagi toshlarni o‘z-o‘zidan chiqarish samaradorligini 78% gacha oshirishi ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlangan. Shuningdek, ularning nefroprotektiv va geroprotektiv ta’siri mavjud[7]. Xulosa qilib aytganda, Terpenlar o‘simliklar fiziologiyasida muhim o‘rin tutadigan tabiiy birikmalar bo‘lib, ularning kimyoviy tuzilishi va funksiyalari hayratlanarli darajada xilma-xildir. Ushbu kurs ishi davomida terpenlarning turlari, ularning o‘simliklardagi sintezlanishi, tabiatdagi tarqalishi va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritildi. Ter
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the role of terpenes, which are widespread in the plant world and belong to the group of biologically active natural substances, in plant physiology, their ecological function and significance in…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the role of terpenes, which are widespread in the plant world and belong to the group of biologically active natural substances, in plant physiology, their ecological function and significance in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Terpenes, monoterpenes, lithokinetic effect, isoprene, menthol, pinene, mentol, Терпены, ментол, litokinetik ta’sir, pinene., pinen., Terpenlar, литокинетический эффект, izopren, monoterpenlar, пинен., litokinetic effect, монотерпены, изопрен
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025