К содержанию
РецензированоRU2026

ЗНАЧЕНИЕ АЗОТА В РОСТЕ И РАЗВИТИИ РАСТЕНИЙ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This article discusses the important role of nitrogen in plant growth and development within the framework of plant physiology. Nitrogen is considered as a key element in protein synthesis, chlorophyll formation, enzymatic processes and general metabolism of plants. The effect of nitrogen deficiency and excess on plant development was studied through laboratory experiments. Keywords: Nitrogen, growth and development, protein synthesis, chlorophyll, nitrogen assimilation, nitrogen deficiency. Keywords: Nitrogen, growth and development, protein synthesis, chlorophyll, nitrogen assimilation, nitrogen deficiency. Azot (N ) – o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng muhim makroelementlardan 2 biridir. U o‘simlikning hujayra tuzilishi, oqsil, nuklein kislotalar, xlorofill va boshqa muhim molekulalar sintezida ishtirok etadi. Azotsiz o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi imkonsizdir. Chunki u metabolitik jarayonlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Azotning o‘simliklar tomonidan so‘rilishi va assimilatsiya qilinish jarayonlari o‘simliklarning genetik xususiyatlari, tuproq sharoiti va atrof-muhit omillariga bog’liq. Shu bilan birga, azotning ortiqcha yoki yetishmasligi o‘simliklarning fiziologik xolatiga va qishloq xo‘jaligi hosildorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar azotni asosan tuproqdan nitrat (NO -) yoki ammoniy (NH +) shaklida oladi [2] . 3 4 Azotning eng muhim rollaridan biri oqsillar sintezida ishtrok etishidir. Oqsillar o‘simliklarda hujayra tuzilishi, fermentativ faollik va signal uzatish jarayonlarini ta’minlaydi. Oqsillarning tarkibida azot taxminan 16% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari azot xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi, bu esa fotosintez jarayonida muhim ahamiyatga ega. Xlorofill molekulasi porfirin halqasidan iborat bo‘lib, bu halqada markaziy magniy (Mg) atomi joylashgan. Porfirin halqasi esa to‘rtta pirol halqasidan tashkil topgan, ularning har biri azot atomini o‘z ichiga oladi. Har bir xlorofill molekulasida (masalan, xlorofill a yoki b) to‘rtta azot atomi mavjud. Bu azot atomlari porfirin halqasining tuzilishini barqarorlashtiradi va magniy ionini bog'lab adu.uz universaljurnal.uz 461 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari turadi.Azotning mavjudligi xlorofillning yorug'likni yutish qobiliyatini ta'minlaydi, chunki porfirin halqasi fotosintezda yorug'lik energiyasini qamrab olish uchun javobgardir [2, 3]. Xlorofill sintezi bir qator murakkab biokimyoviy bosqichlardan iborat bo‘lib, azot bu jarayonda muhim xom ashyo sifatida ishtirok etadi. Xlorofill sintezining dastlabki bosqichi sifatida glutamat molekulasidan aminolevulen kislotasi hosil bo‘ladi. Glutamat esa azotga boy aminokislota bo‘lib, uning sintezida azot zarur. Bu jarayonda azot protoporfirin tuzilishiga kiritiladi. Protoporfirin IX ga magniy ionining qo‘shilishi va keyingi modifikatsiyalar natijasida xlorofil a yoki b hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda azotning barqaror ta'minlanishi sintezning uzluksiz davom etishi uchun juda muhim [1] . Agar o‘simlikda azot yetishmasa, xlorofil sintezi sekinlashadi yoki to‘xtaydi, chunki azot porfirin halqasining asosiy tarkibiy qismidir.Azot tanqisligi o‘simlik barglarida xloroz (sarg'ayish) belgilari paydo bo‘lishiga olib keladi, chunki xlorofilL miqdori kamayadi. Bu fotosintez samaradorligini pasaytiradi va o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi. Azot yetishmovchiligi, ayniqsa, keksa barglarda seziladi, chunki o‘simlik azotni yangi o‘sayotgan qismlarga yo‘naltiradi. Azotning ortiqcha bo‘lib ketishi o‘simliklarda vegetativ o‘sishning haddan tashqari ko‘payishi, generativ o‘sishning pasayishi, kasalliklarga moyillik, nitratlarning to‘planishi va ekologik muammolarga olib keladi. Bu nafaqat o‘simlik salomatligi va hosildorlikka, balki inson salomatligi va atrof-muhitga ham zarar keltiradi. Azotni me’yorida va muvozanatli qo‘llash orqali ushbu salbiy oqibatlarni oldini olish mumkin [4] . O‘simlik oziqlanishi uchun azot birikmalarining elementlari manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘tkazilgan tajribalarda erkin molekular azot (N2)ni o‘simliklar o‘zlashtira olmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu juda passiv modda (molekular azot N2) boshqa moddalar bilan birikmaydi. Masalan, kungaboqar o‘simligini yuvib qizdirilgan qumda, mineral tuzlar bilan, lekin azot birikmasisiz o‘stirish bo‘yicha qilingan tajribalar natijasida pastak (kalta poya) o‘simliklar olindi. Bu o‘simliklarning urug’ida qancha azot bo‘lgan bo‘lsa, o‘zidagi azot ham shuncha bo‘lgan tajribaga shu qumga mineral tuzlardan tashqari yetarli miqdorda azot ham qo‘shilganda kungaboqar o‘simligi yaxshi rivojlanib, baland bo‘yli bo‘lgan [4] . Xulosa qilib aytganda, azot o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun muhim, chunki u o‘simlikning yordamchi qismlari – nuklein kislotalar, xlorofill va fermentlar sintezida ishtirok etadi. unchalik samarali o‘simliklarning sog'lom rivojlanishi, fotosintezning samarali kechishi va yuqori hosil olis

Доказательный фрагмент

«This article discusses the important role of nitrogen in plant growth and development within the framework of plant physiology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the important role of nitrogen in plant growth and development within the framework of plant physiology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nitrogen, growth and development, protein synthesis, chlorophyll, o‘sish va rivojlanish, xlorofil, усвоение азота, nitrogen deficiency., Azot, хлорофилл, oqsil sintezi, azot asssimilatsiyasi, синтез белка, Азот, дефицит азота., azot tanqisligi., рост и развитие, nitrogen assimilation
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти