Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОЧНИК УГЛЕВОДОВ В РАСТЕНИЯХ И ЕГО РОЛЬ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Qorasheva Dilbaroy Murodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
all processes of vital activity of plants depend on energy for growth, development, stress resistance and metabolism. It serves as a source of energy, mainly carbohydrates, which are formed as a result of photosynthesis. Carbohydrates are important in plant cells not only as reserve substances, but also as a source of energy. Their decomposition process is called dissimilation. Keywords: carbohydrate, photosynthesis, energy, dissimilation, stress. Uglevodlar o‘simlik hujayralarida, asosan, fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonda quyosh nuri ishtirokida karbonat angidrid (CO₂) va suv (H₂O) birikib, xloroplastlarda glukoza (C₆H₁₂O₆) va kislorod (O₂) hosil qiladi: 6CO₂ + 6H₂O → C₆H₁₂O₆ + 6O₂ Bu reaksiya o‘simliklarda organik moddalarning asosiy manbai hisoblanadi. Hosil bo‘lgan glukoza va boshqa monosaxaridlar kraxmalga yoki saxaroza kabi disaxaridlarga aylantiriladi va turli fiziologik ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Fotosintezda hosil bo‘lgan uglevodlar o‘simlikning barcha to‘qimalariga floema orqali tashiladi. Ayniqsa, saxaroza ko‘chma shakl bo‘lib, u energiya va uglerod manbai sifatida boshqa hujayralarga yetkaziladi. Uglevodlarning o‘simlikdagi funksiyalari uglevodlar o‘simlik organizmida bir nechta muhim biologik funksiyalarni bajaradi energiya manbai sifatida, uglevodlar, ayniqsa glyukoza, hujayra nafas olish (dissimilatsiya) jarayonida parchalanib, energiya (ATF) ajratib beradi. Bu energiya hujayra bo‘linishi, aktiv transport, biosintez va boshqa hayotiy jarayonlarga sarflanadi. Zahira modda sifatida o‘simliklar ortiqcha uglevodlarni kraxmal ko‘rinishida plastidlarda (xususan, leykoplastlarda) saqlaydi. Ushbu zaxiraviy modda vegetatsion o‘sish yoki stress holatida qayta ishlatish uchun xizmat qiladi. Qurilish materiali sifatida uglevodlar, ayniqsa sellyuloza, o‘simlik hujayra devorining asosiy komponentidir. Sellulozalar, pektinlar va boshqa polisaxaridlar hujayra tuzilmasini mustahkamlab turadi. Osmotik bosimni tartibga solishda uglevodlar hujayradagi osmotik muvozanatni saqlashda ishtirok etadi. Xususan, vakuoladagi shakarlar osmotik bosimni ushlab turadi va suv harakatini tartibga soladi. Metabolik oraliq mahsulotlar sifatida uglevodlar ko‘plab boshqa organik birikmalar (aminokislotalar, yog‘ kislotalari, nukleotidlar) sintezi uchun oraliq metabolitlarni beradi. Masalan, glyukoza-6-fosfat va fruktoza-6- fosfat biosintetik yo‘llar uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi. Himoya va signal rolida ayrim uglevodlar yoki ularning hosilalari (masalan, oligosaxaridlar) o‘simliklarning himoya reaksiyalarini adu.uz universaljurnal.uz 463 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari faollashtiradi va signal moddalari sifatida stress holatlarida muhim rol o‘ynaydi. Uglevodlar almashinuvi va atrof-muhit bilan bog‘liq bunda uglevodlar sintezi va parchalanishi muhit sharoitlariga juda sezuvchan: yorug‘lik intensivligi, harorat, suv yetishmovchiligi va oziqa moddalar miqdori bu jarayonlarga ta’sir qiladi. Shu sababli, uglevodlarning manbai va roli nafaqat o‘simlikning normal rivojlanishida, balki ekologik moslashuv va hosildorlikda ham beqiyos ahamiyatga ega [1, 2]. Energiya manbai sifatida glyukoza va boshqa oddiy shakarlar o‘simlik hujayralarida ATF sintezi uchun asosiy substrat hisoblanadi. Ular glikoliz, Krebs sikli va oksidlovchi fosforillanish orqali energiyaga aylantiriladi. Ayniqsa o‘suvchan to‘qimalarda va urug‘ unishida uglevodlarning energiya manbai sifatidagi roli muhimdir. Strukturaviy komponentlarUglevodlar, xususan sellyuloza va gemisellyulozalar, o‘simlik hujayra devorining asosiy komponentlari hisoblanadi. Bu polisaxaridlar hujayralarning mexanik mustahkamligini ta’minlab, o‘simliklarning tik turishiga yordam beradi.Zaxira modda sifatidakraxmal - asosiy zaxira polisaxarid bo‘lib, xloroplastlarda (kun davomida) va amiloplastlarda (tunda) to‘planadi. Zarurat tug‘ilganda u gidrolizlanib, glyukoza yoki boshqa shakarlar ko‘rinishida ishlatiladi. Transport shakli saxaroza o‘simliklarning floemasi orqali fotosintetik organlardan (masalan, barglar) heterotrof organlarga (masalan, ildiz, urug‘, meva) transport qilinadi. Bu modda o‘simlik ichidagi asosiy energiya tashuvchidir. Signal molekulalar sifatida ba’zi uglevodlar hujayra ichida signal molekula sifatida xizmat qiladi. Masalan, glyukoza konsentratsiyasi o‘zgarishi hujayra metabolizmini va gen ekspressiyasini boshqaruvchi signal zanjirlarini ishga tushiradi. Shuningdek, oligosaxaridlar himoya javoblari, o‘sish va differensiasiyani boshqarishda ishtirok etadi. Stressga qarshilikda roli quruqlik, sovuq, sho‘rlanish kabi stress sharoitlarida uglevodlar osmoprotektant sifatida ishlaydi. Masalan, trehaloz, mannitol, sorbitol kabi uglevodlar hujayra ichidagi osmotik bosimni saqlab, oqsillar va membranalarni barqarorlashtiradi. Biosintez uchun substratuglevodlar lipidlar, nuklein kislotalar, fenol birikmalar va boshqa ikkilamchi metabolitlar biosintezida substrat sifatida ishtir
Доказательный фрагмент
«all processes of vital activity of plants depend on energy for growth, development, stress resistance and metabolism.»
Образец извлечения
Демо-превьюall processes of vital activity of plants depend on energy for growth, development, stress resistance and metabolism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- carbohydrate, photosynthesis, energy, dissimilation, stress, энергия, фотосинтез, dissimilatsiya, стресс, углеводы, диссимиляция, uglevod, energiya, fotosintez
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025