К содержанию
РецензированоRU2026

ЗНАЧЕНИЕ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ СЕМЕЙСТВА HYPECOUM (PAPAVERACEAE) В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Nurmatova Irodaxon Usmonovna · Gapparov Abdulatifjon Mamadaliyevich

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

В статье обсуждается значение некоторых видов Hypecoum в народной медицине и их краткий химический состав. Представлен химический состав видов Hypecoum parviflorum Kar. & Kir. и H. trilobum Trautv., а также анализ кратких исследований, проведенных по этим видам. Ключевое слово: алкалоид, гиперкоринин, протропин, Hypecoum parviflorum Kar. & Kir., H. trilobum Trautv. Annotation: The article discusses the importance of some Hypecoum species in folk medicine and their brief chemical composition. The chemical composition of Hypecoum parviflorum Kar. & Kir. andH. trilobum Trautv. species is presented, as well as an analysis of brief studies conducted on these species. Keyword: alkaloid, hypercorinine, protropine,Hypecoum parviflorum Kar. & Kir.,H. trilobum Trautv. Xalq salomatligi davlatimizning eng qimmatli boyligidir_ Uni saqlash davlatimiz oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Xalq tabobati ko‘p asrlar oldin rivojlangan, odamlar qadim zamonlardan tabiat ne'matlaridan ola boshlagandan buyon dorivor o‘simliklardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Dorivor o‘simliklar tarkibida topilgan har bir modda organizm uchun foydalidir. O‘simliklar shunday bir murakab tuzulushga ega bo‘lganki, ularning tarkibida biologik faol moddalar sintez qiladi. O‘simlik tarkibidagi biologik moddalarning miqdori, sifati ularning shifobaxsh xususiyatlarini belgilashda eng muhim omilllardan hisoblanadi [2]. Ko‘knoridoshlar oilasiga mansub Markaziy Osiyo florasida keng tarqalgan dorivor o‘simliklarga Maydagulli xipekoum (Hypecoum parviflorum Kar. & Kir.) va Uchbo‘lakli xipekoum (H. trilobum Trautv.) kiradi, bular ko‘plab kasalliklarni davolashda ishlatiladi [2].Hypecoum Tourn. ex L. turkumining yer yuzida 16 turi bo‘lkib, asosan Shimoliy Yarimsharda tarqalgan (1-rasm) [1]. Turli davlatlarning xalq tabobatida bir qancha Hypecoum turlari foydalaniladi. Xususan, Hypecoum erectum (tik turuvchi xipekoum), Hypecoum leptocarpum (nozik mevali xipekoum), Hypecoum parviflorum (mayda gulli xipekoum), Hypecoum pendulum (osilgan mevali xipekoum), Hypecoum imberbe (o‘roq mevali xipekoum), Hypecoum trilobum (uch bargli xipekoum)Hypecoum grandiflorum (katta gulli xipekoum). Hypecoum turkum turlarining barcha organlarida (yer ustki qismi, ildizlari, poyalari, gullari, urug'lari) 0,1 dan 5% gacha alkaloidlarni o‘z ichiga oladi[4,5,6,7,8,9]. Hypekoum parviflorum va H. trilobum kimyoviy tarkibi juda boy va kengdir. Tdqiqot obyekti sifatida aynan ushbu turlar tanlab olingan. 2024-yil dala tadqiqotlari davomida Hypekoum parviflorum Namangan viloyati Chodak qishlog’i atroflaridan terildi va kimyoviy tahlillar amalga oshirilmoqda. adu.uz universaljurnal.uz 456 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Hypecoum trilobum Trautv. o‘rta bo‘yli, yaltiroq bargli, cho‘ziq ildizga ega bo‘lgan bir yillik yoki ikki yillik o‘simlikdir. Barglari lansetimon yoki teskari tuxumsimon shaklda, chuqur parrasimon bo‘linadi. Barglar rozetka shaklida yerga yaqin joylashgan bo‘lib, o‘simlikning suvni saqlab qolishiga xizmat qiladi. Gullari ikki simmetriyaga ega. Gulbarglari 4 ta bo‘lib, ichki va tashqi bo‘limdan iborat. Gul rangi sariq yoki oq ba’zan olovrang yoki oqsimon tusda bo‘lishi mumkin.Ichki gulbarglar o‘ta chuqur bo‘lingan va cho‘ziq uchli bo‘ladi [5]. 1-rasm. Hypecoum Tourn. ex L. turkumining yer yuzida tarqalishi (POWO, 2025) Maydagulli xipekoum Hypecoum parviflorum juda qimmatli shifobaxsh xususiyatlarga ega. Qadimdan insonlar bu o‘simlikning yer ustki qismidan isitma tushiruvchi, og’riq qoldiruvchi va gipotenziv vosita sifatida foydalanib kelganlar [2, 6]. Uning tarkibiga quyidagi alkaloidlar kiradi: gipekorinin, protropin, kriptonin, fumaritin, sinaktin va sangvinarinlar aniqlangan. O‘simlikning poyasida gipekorin va protropin mavjud. Protropin shuningdek, o‘simlikning bargi, guli va mevasida mavjud [3]. 2-rasm. Dala tadqiqotlari (Nurmatova, 2025) va Hypecoum parviflorum Kar. & Kir. gulining yuqori qismi Xalq tabobatida ushbu o‘simlikdan onkologik kasalliklar uchun ham qo‘llaniladi. Qadimdan ushbu o‘simliklardan tayyorlangan damlamadan tishlar, og’iz bo‘shlig’i kasalliklari, laringit va ko‘z qizarishida ham keng foydalanilgan [3]. adu.uz universaljurnal.uz 457 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Hypecoum turlari o‘ziga xos va dorivorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xalq tabobatida uzoq yillardan buyon foydalanib kelinadi. Yangi terilgan Hypecoum parviflorum Kar. & Kir. ustida kimyoviy tahlillar amalga oshirilmoqda. Kelgusida turlardan ajratib olingan moddalarni farmakologik xususiyatlarini o‘rganish rejalashtirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. POWO (2025). "Plants of the World Online. Facilitated by the Royal Botanic Gardens, Kew. Published on the Internet; https://powo.science.kew.org/Retrieved 20 May 2025." 2. Sobirov I. Farmakognoziya. Darslik. Andijon. 2023-yil. 357 b. 3. Kostova, N.

Доказательный фрагмент

«В статье обсуждается значение некоторых видов Hypecoum в народной медицине и их краткий химический состав.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье обсуждается значение некоторых видов Hypecoum в народной медицине и их краткий химический состав. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protropin, алкалоид, протропин, hypecorinine, gipekorinin, H. trilobum Trautv., гипекоринин, alkaloid, protropine, Hypecoum parviflorum Kar. & Kir.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники