К содержанию
РецензированоRU2026

ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ КЛЕТКИ К РАДИАЦИИ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · HUJAYRANING NURLANISHIGA SEZGIRLIGI · Xaqqulova Muqaddas Shavkatovna · Olimjonova Mohinur Otabek qizi · Uzaqova Oyqiz Shuxratbek qizi

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This thesis explores the sensitivity of cells to ionizing radiation, identifying the key factors influencing this sensitivity and analyzing cellular response mechanisms. It examines the variability in radiosensitivity across different cell types, the effects of DNA damage, apoptosis, replication disruption, and radiation-induced mutations. Furthermore, the study discusses modern strategies to reduce or regulate radiation sensitivity, including genetic modification, the use of antioxidants, and radioprotectors. The findings have significant implications for radiation safety in medicine, oncology, space exploration, and environmental science. Keywords: Cell, radiation, sensitivity, ionizing radiation, DNA damage, apoptosis, mutation, radioprotection, genetic response Zamonaviy biologiya va tibbiyotda hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanishga bo‘lgan sezgirligini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Radiatsiya organizm hujayralariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi, ularning tuzilishiga, funksional faolligiga va genetik barqarorligiga salbiy ta’sir etadi. Ayniqsa, yadro energetikasi, radiologik tibbiyot, kosmik parvozlar va ekologik xavfsizlik sohalarida nurlanish bilan bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda [1]. Hujayraning nurlanishga bo‘lgan sezgirligi - bu hujayraning ionlashtiruvchi nurlanishga javob qaytarish darajasi va xususiyatlarini ifodalovchi murakkab biologik holatdir. U ko‘plab ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib, radiatsiyaning intensivligi, turi, ta’sir davomiyligi, hujayra turi va uning mitotik faolligi kabi omillar bilan belgilanadi [2]. Shu boisdan hujayra darajasida yuz beradigan adu.uz universaljurnal.uz 475 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari nurlanishga javob reaksiyalarini chuqur o‘rganish radiatsiyadan himoya vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish hujayraning eng muhim komponenti - DNK tuzilmasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatib, uning uzilishiga, buralishiga va mutatsiyaga olib keladi [3]. Ushbu o‘zgarishlar hujayra funksiyalarining buzilishi, apoptoz jarayonining faollashuvi yoki hatto hujayraning butunlay nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hujayralar nurlanishga nisbatan har xil sezgirlikka ega bo‘lib, bu ularning fiziologik holati, mitotik tsikl bosqichi, differensiallashganlik darajasi va genetik xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, tez bo‘linadigan suyak iligi, limfoid to‘qimalar yoki embrional hujayralar yuqori sezgirlik bilan ajralib turadi, aksincha, nerv hujayralari yoki mushak to‘qimalari esa nisbatan barqarorroq hisoblanadi [4]. Shuningdek, hujayraning nurlanishga bo‘lgan javobi bir qancha himoya mexanizmlari bilan tartibga solinadi. Ularga DNK tiklanish tizimlari, antioksidant fermentlar (masalan, superoksid dismutaza, glutation peroksidaza), apoptoz nazorati va hujayra siklining to‘xtatilishi kiradi. Bu mexanizmlar hujayraning omon qolish imkoniyatini oshiradi yoki zararlangan hujayralarning yo‘q qilinishini ta'minlaydi [5]. So‘nggi yillarda radioprotektor moddalar (masalan, aminotiol birikmalari) va genetik muhandislik asosida hujayralarning nurlanishga bardoshliligini oshirish imkoniyatlari keng o‘rganilmoqda. Bu yondashuvlar tibbiyotda, xususan, saraton kasalliklarini radioterapiya yordamida davolashda hamda favqulodda radiatsiya holatlarida inson salomatligini saqlab qolishda muhim o‘rin tutadi. Shuni xulosa qildimki, tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hujayraning ionlashtiruvchi nurlanishga bo‘lgan sezgirligi ko‘plab ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib, har bir hujayra turining o‘ziga xos javob reaktsiyasi mavjud. Ayniqsa, tez bo‘linuvchi va past differensiallashgan hujayralar radiatsiyaga nisbatan yuqori sezgirlik ko‘rsatadi. Radiatsiya natijasida yuzaga keladigan DNK shikastlanishlari va ularning oqibatlari hujayra faoliyati va yashovchanligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Hujayraning nurlanishga javob reaktsiyasini chuqur o‘rganish, ayniqsa, radioprotektor vositalar va genetik himoya mexanizmlarini aniqlash orqali inson salomatligini muhofaza qilish, radiatsiya xavfini kamaytirish va radioterapiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohadagi ilmiy izlanishlar kelgusida yangi diagnostik va davolovchi texnologiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Azizov A.A., Karimov Z.Z. Biologik tizimlarning radiatsiyaviy fiziologiyasi. – Toshkent: Fan, 2020. 2. Lukyanova E.M., Tjul’panov B.A. Radiobiologiya asoslari. – Moskva: GEOTAR- Media, 2018. 3. Hall E.J., Giaccia A.J. Radiobiology for the Radiologist. – Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2019. 4. Хабибуллин Ш.Х. Радиационная биология и защита в медицине. – Ташкент: Ибн Сино, 2017. 5. National Research Council. Health Risks from Exposure to Low Levels of Ionizing Radiation (BEIR VII Phase 2). – Washington, D.C.: The National Academies Press, 2006. adu.uz universaljurnal.uz 4

Доказательный фрагмент

«This thesis explores the sensitivity of cells to ionizing radiation, identifying the key factors influencing this sensitivity and analyzing cellular response mechanisms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis explores the sensitivity of cells to ionizing radiation, identifying the key factors influencing this sensitivity and analyzing cellular response mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cell, radiation, sensitivity, ionizing radiation, DNA damage, apoptosis, mutation, ионизирующее излучение, мутация, генетический ответ, nurlanish, sezgirlik, genetic response, апоптоз, ionlashtiruvchi radiatsiya, чувствительность, apoptoz, radioprotection, genetik javob, Hujayra, Клетка, DNK shikastlanishi, радиация, радиозащита, повреждение ДНК, mutatsiya, radioproteksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники