Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕМБРАННЫЕ БЕЛКИ: СТРУКТУРА И ДЕЙСТВИЕ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Tojiboyeva Malikaxon Iskandarbek qizi · To`chiyeva Dilfuza Sidiqjanovna
Универсал международный научный журнал · 1972
Аннотация
Ushbu maqolada hujayra membranasidagi oqsillarning tuzilishi, turlari va ularning membrana yuzasida yoki ichkarisida harakatlanish mexanizmlari ko`rib chiqiladi. Membrana oqsillarining strukturaviy va funksional ahamiyati, shuningdek, lateral diffuziya, flip-flop harakati kabi dinamik xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: Membrana oqsillari, lateral diffuziya, flip-flop harakati, sitotskelet, integral oqsillar, suyuqlik mozaika modeli. Kirish. Hujayra membranasi tirik organizmlarning muhim tarkibiy qismi bo`lib, uning asosiy komponentlari lipidlar, oqsillar va uglevodlardir. Membranadagi oqsillar turli xil biologik funksiyalarni bajaradi, jumladan, moddalar transporti, signalni uzatish, fermentativ faollik va hujayralararo aloqani ta’minlaydi. Oqsillarning membranadagi joylashuvi va harakati hujayra hayot faoliyatining asosiy jihatlaridandir. Hujayra membranasi – bu tirik hujayraning tashqi muhit bilan o`zaro ta’sirini boshqaruvchi muhim tuzilma bo`lib, u asosan lipidlar, oqsillar va uglevodlardan tashkil topgan. Ayniqsa, membrana oqsillari hujayra uchun muhim fiziologik funksiyalarni bajaradi: modda almashinuvi, signal uzatish, hujayralararo aloqa va immun javoblar shular jumlasidandir. Zamonaviy biologiyada membrana oqsillarining tuzilmasi va dinamik harakati bo`yicha tadqiqotlar chuqurlashmoqda, chunki bu jarayonlar hujayra ichki muvozanati va moslashuvchanligini belgilovchi omillardandir. Suyuqlik mozaika modeli (Singer va Nicolson, 1972) membrana oqsillarining lateral harakatini asoslab berdi va bu kontseptsiya hozirgacha dolzarb hisoblanadi. Biroq, membrana oqsillarining sitotskelet bilan bog‘lanishi, flip-flop harakati, shuningdek, ularning harakatini cheklovchi mexanizmlar hali ham to`liq o`rganilmagan. Ushbu maqolada biz membrana oqsillarining asosiy turlari, ularning tuzilma xususiyatlari va membrana bo`ylab harakatlanish mexanizmlarini ko`rib chiqamiz. Tadqiqotning maqsadi – membrana oqsillarining harakati va joylashuvining hujayra funksiyalariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilishdir. Membrana oqsillarining o`rganilish tarixidan. Membrana oqsillari – hujayra biologiyasi va molekulyar biologiyaning eng muhim ob’yektlaridan biri bo`lib, ularning o`rganilish tarixi asosan XX asr o`rtalaridan boshlangan. Quyida bu sohadagi tarixiy bosqichlar qisqacha bayon etilgan. 1. Dastlabki tushunchalar - 1900–1950-yillar. ·1925-yil – Gorter va Grendel: Bu ikki olim ikkilik lipid qatlam (bilayer) mavjudligini eksperimental asoslab berdi. Ular eritrotsit membranasi yuzasini o`lchab, ikki qatlamli tuzilmaga ega ekanligini aniqladilar. Ammo bu davrda oqsillar haqida aniq tasavvur yo`q edi. 2. Oqsillar roli aniqlanishi - 1950–1960-yillar. ·Oqsillar membrananing faol komponentlari ekanligi aniqlana boshlandi. ·1950-yillarda elektron mikroskoplar yordamida membrana tuzilmasi chuqurroq o`rganildi. ·Tadqiqotchilar oqsillar nafaqat tashqi yuzada, balki membrana ichida joylashgan bo`lishi mumkinligini ilgari surishdi. 3. Suyuqlik mozaika modeli - 1972-yil. ·Singer va Nicolson tomonidan ilgari surilgan “fluid mosaic model” (suyuqlik mozaika modeli) membrana tuzilmasiga revolyutsion yondashuv bo`ldi. ·Ushbu modelga ko`ra: o Lipid ikki qatlam suyuq muhit vazifasini bajaradi. o Oqsillar bu qatlamda suzib yuradi yoki o`rnashib turadi. o Oqsillar lateral (yonma-yon) harakatlana oladi. adu.uz universaljurnal.uz 477 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Bu model hali ham zamonaviy tushunchalar asosida turadi, lekin vaqt o`tishi bilan ba’zi elementlari to`ldirildi. 4. Biokimyoviy va strukturaviy yondashuvlar - 1980–2000-yillar. ·Oqsillarni tozalash, kristallanish va rentgen strukturaviy tahlil qilish metodlari paydo bo`ldi. ·Ion kanallari, G-protein bog‘liq reseptorlar (GPCR) kabi membrana oqsillarining uch o`lchamli tuzilmalari aniqlana boshlandi. ·Oqsillarning signal uzatish, transport, fermentativ rollari o`rganildi. 5. Molekulyar biologiya va genetik darajadagi tadqiqotlar (2000-yildan hozirgacha) ·Genomik va proteomika texnologiyalari orqali: oMembrana oqsillarining genetik asoslari, ekspressiya darajasi aniqlanmoqda. oCryo-EM (kriogen elektron mikroskopiya) orqali o`ta aniqlikdagi oqsil tuzilmalari olinmoqda. oMembrana oqsillari tibbiyotda dori nishonlari (target) sifatida keng o`rganilmoqda, masalan, saraton, neyrodegenerativ kasalliklarda. Membrana oqsillari va ularning harakati yuzasidan O`zbekistonning ilmiy tadqiqotlari ishlari. O`zbekiston ilmiy muassasalari va tadqiqotchilari hujayra biologiyasi va membrana oqsillari sohasida faol ish olib bormoqda. Ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar asosan biologik, biokimyoviy va tibbiy tadqiqotlar bilan bog‘liq. Quyida O`zbekiston ilmiy olamidagi membrana oqsillari tuzilishi va harakati bo`yicha ba'zi muhim tadqiqotlar haqida so`z yuritamiz. 1. Hujayra membranalari va oqsil harakati yuzasidan tadqiqotlar institutlari va tadqiqot markazlari quyidagilardir: O`zbekiston Milliy Universiteti (Toshk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hujayra membranasidagi oqsillarning tuzilishi, turlari va ularning membrana yuzasida yoki ichkarisida harakatlanish mexanizmlari ko`rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hujayra membranasidagi oqsillarning tuzilishi, turlari va ularning membrana yuzasida yoki ichkarisida harakatlanish mexanizmlari ko`rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integral oqsillar, Membrana oqsillari, sitotskelet, flip-flop motion, Membrane proteins, cytoskeleton, lateral diffusion, flip-flop harakati, suyuqlik mozaika modeli., integral proteins, fluid mosaic model., lateral diffuziya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025