К содержанию
РецензированоRU2026

БИОТЕХНОЛОГИЯ ЧИСТОГО ВЫДЕЛЕНИЯ ФЕРМЕНТА ЛАКТАЗЫ С УЧАСТИЕМ МИКРООРГАНИЗМА LACTOBACTERIUM CASEI

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Saitova Mahliyoxon Usmonali qizi · Saidov Zuxriddin Usmonali o‘g‘li

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Laktobakterium casei inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan probiotik bakteriyalardan biri bo‘lib, ichak mikroflorasini muvozanatlash, immunitetni mustahkamlash va oziq-ovqat mahsulotlarini fermentatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Ushbu bakteriya sut mahsulotlarida faol o‘sadi va laktik kislota ishlab chiqarish orqali zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini cheklaydi. Zamonaviy biotexnologiyada uni farmatsevtik preparatlar, parhez mahsulotlari va funksional oziq-ovqatlar tayyorlashda keng foydalanish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Laktobakterium casei, probiotik, ichak mikroflorasi, fermentatsiya, laktik kislota, immunitet, sut mahsulotlari. Laktobakterium casei Gram-musbat, tayoqcha shaklidagi bakteriya odatda qisqa zanjirlar hosil qiladigan fakultativ anaerob bakteriya hisoblanadi. Uning o‘lchami 0.7-1.1 mikrometr. Spora hosil qilmaydi. 4 % NaCl mavjudligida oʻsadi, ammo 6.5 % NaCl da o‘sishi cheklangan. U sut kislotasini ishlab chiqaradi, bu esa patogen mikroorganizmlarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi. Harorat va pH darajasiga chidamli boʻlib, turli muhitda yashay oladi. Aerob va fakultativ anaerob boʻlib, kislorod bor yoki yoʻqligida ham yashay oladi. Ular laktozani parchalab, asosiy mahsulot sifatida sut kislotasi hosil qiladi. Lactobakterium casei – probiotik sifatida juda mashhur bakteriyadir. Ichak mikroflorasini muvozanatlashga yordam beradi va ichak toʻsiq funksiyani mustahkamlaydi. Baʼzi shtammlari antioksidant xususiyatlarga ega boʻlib, qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Bu bakteriya immun tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi. U ichakdagi foydali mikroflorasini tartibga solishda va yalligʻlanish jarayonlarini kamaytirishda yordam beradi. Lactobakterium casei koʻplab hazm qilish kasalliklarida, masalan, diareya, ish qotishi va ichak disbakteriozida foydalidir. Sanoatda pishloq, yogurt va boshqa fermentlangan sut mahsulotlarining ishlab chiqarishida starter kultura sifatida ishlatiladi. “Yakult” va “Actimel” kabi probiotik ichimliklarda L. casei shtammlari mavjud. Lactobakterium casei fermentatsiya jarayonlarida keng qoʻllaniladi, xususan sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda. Probiotik qoʻshimchalar sifatida ham foydalaniladi, bu bakteriya ichak mikroflorasini normallashtirishga yordam beradi. Lactobacillus caseidan laktaza fermentini sof holda ajratib olish biotexnologiyada keng qo‘llaniladigan jarayonlardan biridir. Laktaza fermenti asosan, sutdagi laktozni (sut shakarini) glukoza va galaktoza kabi oddiy shakarlar shaklida parchalaydi. Bu ferment sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda, ayniqsa, laktoza intoleransi bo‘lgan bemorlar uchun mahsulotlar tayyorlashda muhimdir. Laktaza fermentini Lactobacillus caseidan ajratib olish uchun bir nechta bosqichlardan o‘tish zarur: Mikroorganizmlarni o‘stirish (Fermentatsiya) Inokulyatsiya: Laktobatsillus turini sut yoki boshqa suyuq muhitda o‘stirish mumkin, bunda bakteriya laktozni o‘zlashtiradi va laktaza fermentini ishlab chiqaradi. Ozuqa muhitining tayyorlanishi: Suyuqlik muhitining tarkibi laktaza fermenti ishlab chiqarish uchun to‘g'ri bo‘lishi kerak. Odatda sut yoki laktoza asosidagi muhitlar ishlatiladi. Laktoza yuqori miqdorda bo‘lishi kerak, chunki bu bakteriyaning fermentni ishlab chiqarishiga yordam beradi. adu.uz universaljurnal.uz 511 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Fermentatsiya: Mikroorganizmlar 24–48 soat davomida optimal haroratda (odatan 30–37°C) o‘stiriladi. Bu jarayondaLactobacillus casei laktozani metabolizatsiya qilib, laktaza fermentini ishlab chiqaradi. Bakterial hujayralarni ajratish (Huayra va kulturasining ajratilishi) Fermentatsiya jarayoni tugagandan so‘ng, bakterial hujayralarni o‘z ichiga olgan suyuqlikni ajratish uchun sentrifugatsiya usulidan foydalaniladi. Bakteriyalarning ko‘pchiligi pastki qatlamga cho‘kib tushadi, shuning uchun suyuqlikning yuqori qismidan fermentatsiya suyuqligini olinadi. Agar kerak bo‘lsa, suyuqlikni yanada tozalash uchun filtratsiya jarayoni qo‘llanilishi mumkin. Bu bakterial zarralarni tozalashga yordam beradi. Laktaza fermentini ajratish va tozalashda ammoniy sulfat bilan qoplash (Prekipsatsiya): Ammoniy sulfatni suyuqlikka qo‘shish orqali laktaza fermentini ajratib olish mumkin. Bu usulda, fermentlar past haroratda parchalanib, keyin ajralib chiqadi. Ammoniy sulfat qo‘shilganda, fermentlar va oqsillar cho‘kadi, bu esa laktaza fermentini ajratishga yordam beradi. Ion almashinuv resins (Ion exchange chromatography): Ion almashinuv resins yordamida laktaza fermenti tarkibidagi ionlarni o‘zgartirish orqali ajratiladi. Bu usulda fermentni yuqori tozalash darajasiga olib kelish mumkin. Gel filtratsiya (Gel filtration chromatography): Bu usulda, laktaza fermenti o‘zining molekulyar og'irligiga asoslanib, boshqa moddalardan ajratiladi. Laktaza fermentini ajratish uchun odatda sephadex kabi gel filtratsiya resinslari ishlatiladi. Gidrofobik interaksion xromatografiya: Bu usulda fermentning hidrofobik

Доказательный фрагмент

«Laktobakterium casei inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan probiotik bakteriyalardan biri bo‘lib, ichak mikroflorasini muvozanatlash, immunitetni mustahkamlash va oziq-ovqat mahsulotlarini fermentatsiya qilishda keng…»

Образец извлечения

Демо-превью

Laktobakterium casei inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan probiotik bakteriyalardan biri bo‘lib, ichak mikroflorasini muvozanatlash, immunitetni mustahkamlash va oziq-ovqat mahsulotlarini fermentatsiya qilishda keng… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ichak mikroflorasi, immunity, fermentatsiya, ферментация, laktik kislota, immunitet, probiotik, Laktobakterium casei, микрофлора кишечника, lactic acid, fermentation, dairy products., Lactobacterium casei, молочная кислота, молочные продукты., иммунитет, пробиотик, sut mahsulotlari., intestinal microflora, probiotic
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники