Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УСТОЙЧИВОСТЬ РАСТЕНИЙ К ГРИБКОВЫМ ЗАБОЛЕВАНИЯМ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This article discusses plant diseases, their causes, development stages, and ways to combat them. Plant diseases are divided into infectious and non-infectious types. Non-infectious diseases are mainly caused by abiotic factors, i.e., the negative effects of the environment, while infectious diseases are caused by viruses, bacteria, fungi, and parasites. Furthermore, the types of plant resistance to diseases—absolute, relative, physiological, chemical, and anatomical- morphological resistance—are analyzed. Keywords: Fungi, pathogens, immunity, resistance, gummosis, chlorosis, infectious and non- infectious diseases. O‘simliklarda ham kasalliklar xuddi noqulay omillar singari hosilga putur yetkazadi. Kasallanish sababli hosil kamayibgina qolmasdan, balki uning sifati ham yomonlashadi.O‘simliklarning kasalliklari ikki guruhga bo‘linadi: yuqumsiz (noinfeksion) va yuqumli (infeksion). Yuqumsiz (noinfeksion) kasalliklarga asosan tashqi muhitning abiotik omillari sababchi bo‘ladi. Bularga, O‘simliklar mineral oziqlanishi jarayonlarining buzilishi, suv rejimining buzilishi, o‘simliklarga o‘ta sovuq yoki issiq haroratning ta’siri kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, havo va tuproq tarkibidagi zaharli birikmalar, tuproqda to‘planib qolgan gerbitsidlar, noqulay va kuchli yorug‘lik manbalari, radiatsion nurlar, ayrim parazit o‘simliklar va zamburug‘lar tomonidan ajratiladigan toksinlar bunday kasalliklarni tug‘diradi. Yuqumli (infeksion) kasalliklarni viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqa biotik omillar vujudga keltiradi. O‘simliklar o‘zining ontogenezida bunday organizmlar ta’siriga duchor bo‘lib, kasallanadi. Evolyutsiya jarayonida ko‘pchilik yovvoyi o‘simliklarning bunday kasalliklarga nisbatan har xil himoya mexanizmlari yaxshi rivojlangan. Ammo himoya mexanizmlari madaniy o‘simliklarda juda kam taraqqiy etgan. adu.uz universaljurnal.uz 526 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Shuning uchun ham yuksak o‘simliklar patogen mikroorganizmlarga tabiiy chidamliligi mexanizmini aniqlash va ulardan foydalanish qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash usullarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Infeksion kasalliklarga uchragan o‘simliklarning normal metabolitik jarayonlari buziladi. Fotosintez, nafas olish, mineral oziqlanish va boshqa fiziologik jarayonlar izdan chiqadi. Natijada o‘simliklarning ayrim organlari kuchli shikastlanadi yoki o‘simliklar muddatidan oldin nobud bo‘ladi [1, 2 ,3]. O‘simliklarda kasalliklarni viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar keltirib chiqaradi. Shuningdek, o‘simliklar gammoz, xloroz kasalligi bilan ham zararlanadi. Gammoz kasalligida o‘simlikning ichki to‘qimasi-po‘st parenximasi eriydi va tashqariga oqib chiqadi. Ushbu kasallikni bilish uchun xo‘jayin-o‘simlik mevasi va parazit o‘rtasidagi munosabatni bilish zarur. O‘simlikning kasallanishi bir qancha bosqichlardan iborat. Bulardan biz quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: 1-bosqich. O‘simlik ajratgan shirali muhitda sporaning o‘sishi (infeksion tomchi). Bunda spora o‘simtasi o‘zining so‘rgichi (apressor) bilan o‘simlik yuzasiga yopishadi. 2-bosqich. Spora giflarining o‘sishi o‘simlikni ichki to‘qimasiga o‘tishi. 3-bosqich. Bunda infeksion gif bilan o‘simlikning sitoplazmasi orasidagi fiziologik o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi va kim kuchli boʻlsa, u g‘alaba qiladi. Chidamsiz formalarda dastlab ular tinch yashaganday ko‘rinadi, ammo sporalar doimiy ravishda o‘sadi, va ularning giflari hujayralarda gaustorlar (so‘rg‘ichlar) hosil qiladi. Mana shu so‘rg‘ichlar yordamida o‘z mitseliyini oziqlantirib o‘simlikni holdan toydiradi. Ushbu davr parazitning spora hosil qilishi fazasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida o‘simlik qorayadi va koʻpincha nobud bo‘ladi. Chidamli o‘simliklarda masalan, bedada parazit bilan xo‘jayin o‘rtasida antogonizm paydo bo‘ladi. Zamburug‘ gifi hujayra kirgandan keyin protoplast qorayadi va nobud bo‘ladi hamda nekroz yuz berib (hujayra o‘ladi) butun hujayrani qamrab oladi. Bunda giflar ham nobud bo‘ladi va infeksiya boshqa hujayralarga tarqalmaydi. Chidamli o‘simlik organizmlarida fermentlardan peroksidaza yuqori faollikka ega bo‘ladi.Bu ferment parazitning gidrolazalarini tormozlaydi va fenolni xinongacha oksidlaydi. Xinon esa parazitga substrat bo‘lmasdan, balki to‘siq boʻlib xizmat qiladi va zararlangan to‘qimani tiklashi ham mumkin. Immunitet - o‘simliklarni turli xil kasalliklarga chidamliligidir. O‘simliklarda ikki xil immunitet kuzatiladi. 1.Mutlaq chidamlilik. Bu holatga misol qilib bug‘doyda yuzaga keladigan sulining qora kuya changiga nisbatan chidamlilikni ko‘rsatish mumkin. 2. Nisbiy chidamlilik. Bu tashqi muhit sharoitiga qarab o‘simliklarning nisbatan zararlanishi [4, 5]. Fiziologik chidamlilik o‘simliklarda chidamlilikni ta'minlovchi fiziologik ko‘rsatkichlarga, og‘izcha harakati, hujayra shirasining fermentlar faolligi, ekzoosmos va boshqalar kiradi. Fiziologik chidamlilik kislotalik va
Доказательный фрагмент
«This article discusses plant diseases, their causes, development stages, and ways to combat them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses plant diseases, their causes, development stages, and ways to combat them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fungi, pathogens, immunity, resistance, gummosis, chlorosis, infectious and non-, устойчивость, infectious and non-infectious diseases., Zamburug‘, infeksion va noinfeksion kasalliklar., immunitet, хлороз, гаммоз, Грибы, patogen, chidamlilik, gammoz, xloroz, инфекционные и неинфекционные заболевания., иммунитет, gammosis, патогены
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014