К содержанию
РецензированоRU2026

ОЦЕНКА МИКРОБИОЛОГИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВ ПРИАРАЛЬЯ И ВОЗМОЖНОСТИ ИХ АГРОЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОССТАНОВЛЕНИЯ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Jamalova O‘g‘iljon Umarjonovna · Normurodova Qunduz.Togayevna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

The drying of the Aral Sea has remained one of the major environmental issues in Central Asia. This article examines the agrochemical and microbiological conditions of saline and arid soils located in the Aral village of Muynak district, Republic of Karakalpakstan. The results of the study showed that the levels of organic matter, nitrogen, phosphorus, and potassium in the soils are low. It was also observed that the activity of microorganisms is significantly lower than in zonal fertile soils, although they have adapted to harsh conditions. The use of biofertilizers and microbiological preparations can be an important factor in improving soil fertility [1, 4]. Keywords: Aral Sea region, saline soils, microorganisms, biofertilizers, microbiological analysis, agrochemical condition, environmental crisis. Annotatsiya: Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz Markaziy Osiyoda muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani, Aral ovuli hududida joylashgan sho‘rlangan va qurg‘oqchil tuproqlarning agrokimyoviy va mikrobiologik holati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari tuproqlarda organik modda, azot, fosfor va kaliy kabi oziqa elementlari miqdori past darajada ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, mikroorganizmlar faolligi zonal unumdor tuproqlarga nisbatan ancha past bo‘lsa-da, ular og‘ir sharoitlarga moslashganligi kuzatildi. Bioo‘g‘itlar va mikrobiologik preparatlar qo‘llanilishi tuproq unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin [1, 4]. Kalit so‘zlar: Orolbo‘yi, sho‘rlangan tuproqlar, mikroorganizmlar, bioo‘g‘itlar, mikrobiologik tahlil, agrokimyoviy holat, ekologik inqiroz. Orol dengizi qurishi XX asrning eng yirik ekologik fojialaridan biri sifatida tan olingan. Orol dengizi dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lib, inson faoliyatining noto‘g‘ri boshqarilishi natijasida keskin qisqarib ketgan va "Orol dengizi ekologik inqirozi" yuzaga kelgan. Orol dengizining ekologik muammolari keng e’tiborni tortib, Markaziy Osiyoning besh davlati (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston) ekologik inqirozni yumshatish bo‘yicha umumiy kelishuvga erishdi. So‘nggi o‘n yilliklarda Orol dengizining ekologik tiklanishi uchun turli ekologik boshqaruv choralari amalga oshirildi, biroq natijalar kutilganidek bo‘lmadi.Orol dengizi soʻnggi 60 yil ichida sezilarli darajada qurib, 3 million gektardan ortiq maydoni katta choʻlga aylangan. Hududda yoz faslida issiq(+35...+45°C) va quruq iqlim sharoiti kuchayib bormoqda. Yillik yog‘ingarchilik 100-150 mm, kuchli shamollar esib, Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilgan tuz va chang adu.uz universaljurnal.uz 529 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari atmosferaga tarqaladi.Orol dengizining qurigan tubida quyidagi tuproq turlari uchraydi: Sho‘rlangan qumli tuproq – Bu tuproq sho‘rlanish jarayonining kuchayishi natijasida o‘simliklar uchun noqulay sharoit yaratadi, qoldiq namli sho‘r tuproqlar – Orol dengizining suvi chekingandan keyin hosil bo‘lgan sho‘r va nam tuproq, gilli sho‘r tuproq – Asosan Orol dengizining tubida joylashgan bo‘lib, qattiq sho‘r qatlamlarga ega, qumli cho‘l tuproqlari – Tuman shimoliy qismida keng tarqalgan va qum bo‘ronlari natijasida hududga tarqalib kelgan. Qurigan dengiz tubining tuprogʻi va er osti suvlari yomon agrokimyoviy xususiyatlarga ega boʻlib, foydali elementlarning past konsentratsiyasi tufayli organik modda va ozuqa moddalarining miqdoriga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Atrof-muhit muammolarini yumshatish uchun oʻrmonzorlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda, mintaqaning iqlimiy va tuproq sharoitlariga moslashgan oʻsimlik turlarni ekish joriy etilmoqda. Tabiiy oʻsimliklarning oʻsishini ragʻbatlantirish va sunʼiy oʻrmonzorlashtirishni kengaytirish orqali chang va tuz boʻronlarini kamaytirish,tuproq eroziyasini yumshatish, tuproqdagi organizmlar va mikroorganizmlar uchun yashash sharoitini yaxshilash mumkin. Orol tuproqlarida mikroorganizmlar soni va faolligi boshqa zonalardagi unumdor tuproqlarga nisbatan past. Bunga sabab esa yuqori sho‘rlanish, kam miqdordagi organik moddalar, suv yetishmovchiligi, haroratning keskin o‘zgarishidir. Inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ushbu muammo mintaqa tuproqlarining fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlariga jiddiy zarar yetkazdi [2]. Bugungi kunda Orolbo‘yi hududining katta qismi sho‘rlangan va deyarli o‘simlik o‘sishiga yaroqsiz holga kelgan. Bunday sharoitda ekologik muvozanatni tiklash uchun yer resurslarining holatini tahlil qilish, tuproq mikroflorasining ahamiyatini baholash va biotexnologik yondashuvlardan foydalanish dolzarb masalaga aylandi [1]. Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani, Aral ovuli hududida olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 0–20 sm chuqurlikdagi tuproqlarda gumus miqdori 0,22%, azot 0,018%, fosfor 0,09%, kaliy esa 0,246% ni tashkil etdi. Tuproqlarda harakatchan P₂O₅ 11,24 mg/

Доказательный фрагмент

«The drying of the Aral Sea has remained one of the major environmental issues in Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

The drying of the Aral Sea has remained one of the major environmental issues in Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aral Sea region, saline soils, microorganisms, biofertilizers, microbiological, микробиологический анализ, agrochemical condition, ecological crisis, засоленные почвы, микроорганизмы, биоудобрения, агрохимическое состояние, экологический кризис, microbiological analysis, Приаралье
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники