Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БАКТЕРИЙ ПОКОЛЕНИЯ AZOSPRILLUM В КАЧЕСТВЕ БИОУДОБРЕНИЯ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Универсал международный научный журнал · 287-313 · 2026
Аннотация
Azospirillum is one of the bacteria used as a biological fertilizer, as this bacterium is a bacterium that helps to increase the growth and yield of agricultural plants by fixing nitrogen and producing (Plant Growth Promoters). Another potential of Azospirillum is its use as a biocontrol agent to control plant pathogens. The purpose of this article is to review the literature on the use of Azospirillum as a biofertilizer for food crops and to improve their growth, development and yield. Keywords: Azospirillum, biofertilizer, biokontrol, ethylene, inoculation, indole-3-acetic acid. Bioo‘g‘itlar - bu tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan o‘g‘itlar bo‘lib, ular bitta yoki bir nechta turdagi bakteriyalar assosiatsiyasidan iborat bo‘ladi [1]. Azospirillum - bu tabiatda keng tarqalgan asosiy biologik o‘g‘it sifatida ishlatiladigan rizobakteriyalardan biri bo‘lib, dunyodagi ko‘plab asosiy oziq-ovqat ekinlari (sholi, makkajo‘xori, tariq, bug‘doy) idizi atrofida yashab atmosfera azotini fiksatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etadi.Azospirillumningsholi, bug‘doy, tariq va makkajo‘xori kabi bir qancha oziq-ovqat ekinlariga inokulyatsiyasi qilinganda nazoratga nisbatan hosildorlikni sezilarli darajada oshirishi aniqlangan [2]. Azospirillum avlodi - bu simbiotik bo‘lmagan azot fiksatsiyalovchi tuproq bakteriyalari bo‘lib, biologik o‘g‘it sifatida yuqori potentsialga ega bo‘lgan rizobakteriyalar guruhiga kiradi. Bu bakteriyalar tuproqda erkin yashaydi, ildiz atrofida yoki unig yaqinida joylashadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,Azospirillum sp. tuproq va o‘simliklar uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, shuning uchun u ko‘pincha biofertilizator sifatida ishlatiladi, chunki Azospirillum etilen ishlab chiqarishi mumkin. O‘simlik organizmida etilen ko‘plab morfofiziologik jarayonlarda masalan, ildizlarning hosil bo‘lishi, uzayishi, mevalarning pishishining tezlashtirilishi, adu.uz universaljurnal.uz 539 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari urug‘larning unib chiqishining tezlashtirilishi va boshqa fitogormonlarning biosintezining faollashishi uchun zarurdir [3]. Azospirillumning oziq-ovqat ekinlarida sinovdan o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar laboratoriya va issiqxona sharoitilarida olib borilgan, dalada esa kam sonli tajribalar o‘tkazilgan. Azot fiksatsiyalovchi va fosfat erituvchi inokulyantlardan foydalangan holda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ular yakka yoki assotsiativ ko‘rinishda inokulyant sifatida makkajo‘xori o‘simliklarining o‘sishi va hosildorligini oshirishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari ko‘raAzospirillum sp.ning yakka inokulyantlari va Azotobacter sp. va Aspergillus sp. bilan aralash inokulyantlari makkajo‘xori o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin [4]. Azospirillumni o‘z ichiga olgan biologik o‘g‘itlar makkajo‘xori o‘simliklarida 30% azotni fiksatsiyalashi mumkinligi aniqlangan [6]. Azot o‘simliklarning vegetativ o‘sishini, ayniqsa ildiz, poya va barglarning o‘sishini rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lib, fotosintez jarayoni uchun juda muhim bo‘lgan barg yashil moddasi (xlorofill) hosil bo‘lishida ham muhim rol o‘ynaydi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Azospirillum sp.ning makkajo‘xoriga inokulyatsiyasi o‘simliklarning umumiy quruq og‘irligini 52,55% va makkajo‘xori hosilini 108,84% ga oshirishi mumkin. Tadqiqotchilar tomonidan kislotali tuproqda o‘tkazilgan tajriba bog‘idagi natijalariga ko‘ra, “Srikandi” makkajo‘xori navining urug‘lari Azospirillum bilan inokulyatsiya qilinganda, inokulyatsiyasizga nisbatan makkajo‘xori hosili 16,16% ga oshganligi shu bilan birga, “Bisma” makkajo‘xori navida Azospirillum bilan inokulyatsiya inokulyatsiyasizga nisbatan hosildorlikni 18% ga oshirishi aniqlangan [7]. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanmagan sholi tuproqli issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalarda, sholi ildizlaridan ajratilgan Azospirillum bakteriyalari ko‘chatlar ekilganidan keyin darhol inokulyatsiya qilingan. Biroq, bu tadqiqot natijalarida sezilarli farq ko‘rsatilmagan. Riyanti va Listanto tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, Azospirillum shtammlari mikrobiologiya laboratoriyasi kolleksiyasidan olingan bo‘lib, generativ fazada boshoq soni va har bir buta don og‘irligini oshirishi aniqlandi. Boshqa tadqiqotda esa, kasallanmagan botqoq tuprog‘ida o‘tkazilgan tajribalarda Azospirillum va fosfat erituvchi bakteriyalarning inokulyatsiyasi sholi o‘simliklarining vegetativ o‘sishini, shuningdek, tuproq va o‘simlikdagi azot (N) va fosfor (P) miqdorini oshirgani qayd etilgan. Bir qator sholi tadqiqotlarida Azospirillum sp. qo‘llash o‘simliklarning azotni yutishini sezilarli darajada oshirishi ko‘rsatilgan [6]. Azospirillum tomonidan ishlab chiqarilgan IAA (indol-3-sirka kislotasi) bug‘doy ildizlarini rivojlantirishi va sholi ildizlarini yaxshilashi aniqlandi. Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Azospirillum inokulyatsiyasi sholi, bug‘doy, sorg‘o va makkajo‘xori kabi ekinlarning hosildorligini oshirishi mumkin [5].Azospirillumning
Доказательный фрагмент
«Azospirillum is one of the bacteria used as a biological fertilizer, as this bacterium is a bacterium that helps to increase the growth and yield of agricultural plants by fixing nitrogen and producing (Plant Growth P…»
Образец извлечения
Демо-превьюAzospirillum is one of the bacteria used as a biological fertilizer, as this bacterium is a bacterium that helps to increase the growth and yield of agricultural plants by fixing nitrogen and producing (Plant Growth P… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Azospirillum, biofertilizer, biokontrol, ethylene, inoculation, indole-3-acetic acid, inokulyatsiya, инокуляция, etilen, indole-3-acetic acid., индолил-3-уксусная кислота., биологическое удобрение, biocontrol, биоконтроль, biological fertilizer, biologik o‘g‘it, этилен, indol-3-sirka kislotasi., Азоспириллы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025