Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИЗУЧЕНИЕ МИКРОФЛОРЫ КИШЕЧНИКА ДОЖДЕВЫХ ЧЕРВЕЙ И ПРИГОТОВЛЕНИЕ БИОУДОБРЕНИЯ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · BIOOG‘IT TAYYORLASH · Maxbubova Ruhshona Oybekjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
данная научная работа посвящена изучению процессов питания полезных бактерий, обитающих в кишечнике дождевого червя, а также возможностям приготовления экологически чистого биоудобрения с их участием. Результаты исследования способствуют лучшему пониманию биологического разложения и позволяют эффективно использовать биоудобрения в устойчивом сельском хозяйстве. Ключевые слова: дождевой червь, кишечные бактерии, питание, биоудобрение, экологичность, разложение, микрофлора. Annotation: this research focuses on studying the nutritional mechanisms of beneficial bacteria living in the gut of earthworms and explores the potential of producing eco-friendly biofertilizers using these microorganisms. The findings contribute to a deeper understanding of biological decomposition and promote the effective use of biofertilizers in sustainable agriculture. Key words: earthworm, gut bacteria, nutrition, biofertilizer, eco-friendly, decomposition, microflora. KIRISH:Bugungi kunda global miqyosda aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida osimliklarga kimyoviy o‘g‘itlarlarni kamaytirish, tabiiy va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish va qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda [1]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bioo‘g‘itlar — ya’ni tirik organizmlar yoki ularning metabolik mahsulotlari asosida tayyorlangan o‘g‘itlar — agrar tizimda muhim o‘rin tutadi. Bioo‘g‘itlar nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki yerning ekologik holatini yaxshilaydi, tuproqdagi foydali mikroflorani faollashtiradi va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shular qatorida, yomg‘ir chuvalchanglari (Lumbricus terrestris va boshqa turlar) ishtirokida tayyorlanadigan bioo‘g‘itlar ekologik jihatdan eng xavfsiz va samarali vosita hisoblanadi [2]. Chuvalchanglarning hazm qilish tizimi turli mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar bilan boy bo‘lib, ular organik qoldiqlarni parchalash, chirindilar hosil qilish va o‘g‘it sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi [1]. Ayniqsa, chuvalchang ichagidagi mikrobiota — bakteriyalar, zamburug‘lar va aktinomitsetlar faoliyati hali to‘liq o‘rganilmagan qiziqarli sohaga kiradi. Ushbu ilmiy ishning maqsadi — yomg‘ir chuvalchanglarining ichagida yashovchi bakteriyalarning oziqlanish xususiyatlarini o‘rganish, ularning bioaktivligini aniqlash va bu asosda yuqori sifatli bioo‘g‘it ishlab chiqish imkoniyatlarini baholashdir. Tadqiqot natijalari nafaqat mikrobiologik jarayonlarni chuqurroq tushunishga, balki ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi [3]. Yomg‘ir chuvalchanglari — tuproq unumdorligini oshirish va ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarida muhim rol o‘ynaydigan organizmlardan biridir. Ayniqsa, ularning hazm qilish tizimi mikrobiologik faoliyat nuqtai nazaridan qimmatli hisoblanadi [4]. Chuvalchanglar ichagida yashovchi bakteriyalar — enterobakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar organik moddalarni parchalaydi, murakkab molekulalarni oddiy moddalarga aylantiradi va ularni o‘z hayotiy faoliyatlari uchun energiya manbai sifatida ishlatadi. adu.uz universaljurnal.uz 548 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Tadqiqot davomida Lumbricus terrestris turiga mansub yomg‘ir chuvalchanglari laboratoriya sharoitida kuzatilib, ularning oziqlanish jarayonida ishtirok etuvchi ichak mikroflorasi tahlil qilindi. Mikrobiologik tahlillar natijasida, chuvalchang ichagida eng ko‘p uchraydigan bakteriyalar — Bacillus spp., Pseudomonas spp. va Azotobacter spp. ekanligi aniqlandi Bu bakteriyalar organik chiqindilarni tez va samarali parchalaydi, natijada tuproq uchun qulay bo‘lgan bioaktiv moddalarning hosil bo‘lishiga olib keladi [5]. Yomg‘ir chuvalchanglari tomonidan hazm qilingan chiqindilar, ya’ni vermikompost, azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa elementlari bilan boyitilgan bo‘lib, u tuproq mikroflorasi va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi. Tadqiqotda chuvalchanglar uchun eng samarali ozuqa manbalari sifatida sabzavot po‘choqlari, meva qoldiqlari, choy va kofe qoldiqlari, somon va go‘ng aralashmasi aniqlangan [6]. Bakteriyalar faoliyatini maksimal darajada faollashtirish uchun ozuqa muhitining namligi, harorati va pH darajasi muhim omillar hisoblanadi. Tajriba sharoitida 22–27°C haroratda va 70–80% namlikda bakteriyalarning faolligi eng yuqori bo‘lgan. Bu sharoitlar chuvalchanglar hayot faoliyati uchun ham optimal hisoblanadi [7]. Bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan fermentlar (proteaza, amilaza, sellyulaza) organik qoldiqlarni oddiy shakllarga ajratib, o‘simliklar uchun mavjud shakldagi elementlarga aylantiradi. Shu tariqa, bioo‘g‘it nafaqat oziq moddalarga boy, balki ekologik toza va biologik faol holatda bo‘ladi. XULOSA: Yomg‘ir chuvalchanglari (asosan Lumbricus terrestris) tuproq biologiyasida muhim rol o‘ynovchi organizmlar bo‘lib, ularning hazm qilish tizimi turli xil foydali mikr
Доказательный фрагмент
«данная научная работа посвящена изучению процессов питания полезных бактерий, обитающих в кишечнике дождевого червя, а также возможностям приготовления экологически чистого биоудобрения с их участием.»
Образец извлечения
Демо-превьюданная научная работа посвящена изучению процессов питания полезных бактерий, обитающих в кишечнике дождевого червя, а также возможностям приготовления экологически чистого биоудобрения с их участием. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- earthworm, gut bacteria, nutrition, biofertilizer, eco-friendly, decomposition, питание, oziqlanish, экологичность, mikroflora, разложение, кишечные бактерии, биоудобрение, микрофлора, ichak bakteriyalari, yomg‘ir chuvalchangi, environmental friendliness, intestinal bacteria, дождевой червь, bioo‘g‘it, ekologik tozalik, microflora, parchalanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026