К содержанию
РецензированоRU2025

Психическое здоровье студентов: препятствия к использованию психологических служб в высших учебных заведениях

Shakhodatkhon YULDASHEVA (services in higher education institutions)

Общество и инновации · 6 · 90-93 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Несмотря на растущее внимание к психическому Психическое здоровье здоровью, многие студенты университетов сталкиваются с студентов, препятствиями при обращении за психологической использование услуг, помощью. В данной статье рассматриваются стигма, поведение при обращении психологические, социальные и структурные барьеры, с за помощью, которыми сталкиваются студенты при попытке получить психологические такую помощь, приводятся международные данные и проблемы, примеры из развитых стран. Кроме того, предлагаются высшее образование. конкретные рекомендации по повышению доступности и эффективности психологических услуг, с учетом контекста Узбекистана. 2022-yilda chop etilgan The Lancet Psychiatry jurnalida nashr etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, universitet talabalari shaxsiy va akademik rivojlanishning muhim bosqichida bo‘lib, ular juda katta psixologik bosimlarga duch kelishi oxirgi yillarda dunyo bo‘ylab oshgan. Jumladan, ularning 35–45% qismining o‘qish davomida katta psixologik bezovtalikni boshdan kechirishi va eng ko‘p uchraydigan muammolar bezovtalik, depressiya va stress ekanligi aniqlangan [1]. Ma’lumki, ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun ruhiy salomatlik xizmatlari mavjud. Ammo Osborn (2023) tomonidan o‘tkazilgan global tahlilga ko‘ra, universitet talabalari muammo va stresslarni hal qilish uchun joriy qilingan ruhiy salomatlik xizmatlarining faqat 30–40 foizidan foydalanadilar. Bunga sabablar juda ko‘p bo‘lib, ko‘pincha talabalarning o‘z salomatliklari haqida tashvishlanishlari va ijtimoiy bosim yoki ruhiy salomatlik xizmatlari haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishi bilan bog‘liq [2]. Bu xizmatlarga murojaat qilishni cheklovchi omillarni tushunish ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish uchun zarurdir. Ushbu maqolada talabalar orasida ruhiy salomatlik bo‘yicha yordam izlashga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar tahlil qilinadi. Jamiyat ta’siri Psixologik yordam so‘rashning eng katta to‘siqlaridan biri stigma, ya’ni ruhiy salomatlik muammolari bilan bog‘liq salbiy qarashlar va ijtimoiy bosimlar hisoblanadi [3]. Ko‘plab talabalar o‘zlarining ruhiy salomatlik muammolarini shaxsiy zaiflik yoki muvaffaqiyatsizlik deb qabul qilishadi. Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, talabalar ruhiy salomatlik muammolariga qarshi yordam so‘rashdan ko‘proq o‘zlari hal qilishni afzal ko‘rishadi. WHO World Mental Health International College Student (WMH-ICS) tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 56,4% talaba ruhiy salomatlik muammolariga duch kelgan bo‘lsa ham, ular professional yordam so‘rashdan ko‘ra muammolarini o‘zlari hal qilishni ma’qul ko‘rgan [4]. Bundan tashqari, aksar talabalar ruhiy salomatlik bo‘yicha yordam so‘rashni o‘zlarining “zaiflik” belgisi sifatida qabul qilishadi. Ular boshqalar tomonidan “zaif” deb baholanishdan qo‘rqishadi, bu esa ularni yordamga murojaat qilishdan tiyilishiga olib 91 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 keladi. 2023-yil Iordaniyada o‘tkazilgan bir tadqiqotda ishtirokchilarning 84,7 foizi professional psixologik yordamga nisbatan salbiy munosabat bildirgan bo‘lib, stigma darajasi balandroq bo‘lganlar orasida asosan erkaklar, yaqin insonini yo‘qotganlar va psixologga murojaat qilishni “uyatli” deb hisoblovchilar ko‘proq bo‘lgan. [5]. Struktural va amaliy muammolar Amaliy va struktural omillar talabalarning ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishidagi muammolarni yanada kuchaytiradi. Janubiy Afrikada 17 dan ortiq OTM talabalari bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada talabalarning 77,1 foizi qo‘llab-quvvatlash markazlariga murojaat qilishda yuqori narxlar, uzoq kutish va qayerga murojaat qilishni bilmaslik kabi to‘siqlar bilan yuzlashganlari aniqlangan. [6] Amerika Qo‘shma Shtatlarida, psixologik yordam mavjud bo‘lishiga qaramay, ko‘plab talabalar psixologik uchrashuv uchun uzoq kutish vaqtlaridan shikoyat qilishadi. Time jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ko‘plab talabalar yordam olish uchun bir necha hafta kutishga majbur bo‘lishadi, bu esa muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin [7]. Madaniyatlararo moslashuv va axborotga bo‘lgan cheklovlar Yordam so‘rashdagi muhim to‘siqlardan biri bu madaniy moslik va axborot yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolardir. Ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda ruhiy salomatlik xizmatlari talabalar ehtiyojiga mos ravishda yetkazilmaydi. Ular ko‘pincha xizmatlarning madaniy jihatdan noaniqligi yoki “begona”ligini his qiladilar. Misol uchun, Kosovoda olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, universitet talabalari orasida maxfiylik masalalariga bo‘lgan tashvishlar keng tarqalgan bo‘lib, bu ularning ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan xohishini pasaytiradi [8]. Shuningdek, xalqaro miqyosdagi izlanishlar ham madaniy jihatdan moslashtirilmagan xizmatlarning samaradorligini pasaytirishini ko‘rsatmoqda. Sue tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘r

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Несмотря на растущее внимание к психическому Психическое здоровье здоровью, многие студенты университетов сталкиваются с студентов, препятствиями при обращении за психологической использование услуг, п…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Несмотря на растущее внимание к психическому Психическое здоровье здоровью, многие студенты университетов сталкиваются с студентов, препятствиями при обращении за психологической использование услуг, п… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
student mental health, the context of Uzbekistan, higher education, psychological issues, psixologik muammolar, yordam so‘rash xatti-harakatlari, stigma, help-seeking behavior, oliy ta’lim, xizmatlardan foydalanish, Психическое здоровье студентов, service utilization, поведение при обращении за помощью, психологические проблемы, высшее образование, использование услуг, talaba ruhiy salomatligi, стигма
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники