Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОСТАВ ТЕЛА И ВЫРАЖЕНИЕ ПОЛОВОГО ДИМОРФИЗМА В ПРОЦЕССЕ БИОЛОГИЧЕСКОГО СОЗРЕВАНИЯ ПОДРОСТКОВ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Kudeshova Gulchekhra Tengelbaevna. · Pulatova Nafisa Alijan qizi
Универсал международный научный журнал · 30-37 · 2026
Аннотация
This literature review analyzes scientific studies on gender differences in body composition during adolescence. This period is marked by significant changes in fat mass, muscle mass, and bone density. Adolescence represents an intensive stage of growth and sexual maturation, during which differences in body composition between males and females are closely related to biological, hormonal, genetic, and environmental factors. The article discusses gender differences in body composition, their associations with hormonal and environmental influences, and scientific findings obtained through modern diagnostic methods such as DEXA and bioimpedance analysis. Keyword: adolescence, body composition, gender differentiation, muscle mass, fat mass, bioimpedance analysis Kirish. O‘smirlik - bu jismoniy, gormonal va psixologik o‘zgarishlarning eng faol bosqichlaridan biridir. Bu davrda oʻgʻil va qiz bolalar o‘rtasida tana tarkibining farqlari shu jumladan yog‘ va mushak massasi, o‘zgarishlarni talab qiladi. Ushbu farqlanishlar biologik va gormonal omillar, irsiylik, ovqatlanish va jismoniy faollik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tana tarkibining o‘zgarishini har tomonlama tushunishga imkon yaratadi. O‘smirlik davri inson ontogenezining eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi. Mazkur davrda jismoniy o‘sishning intensivlashuvi hamda jinsiy yetilishning faol jarayonlari kuzatiladi. Ushbu yoshda tana morfometrik ko‘rsatkichlari, ya’ni bo‘y va tana massasi o‘zining maksimal rivojlanish bosqichiga yetadi, bu esa organizmda reproduktiv tizimning to‘liq shakllanishi va jinsiy yetilishni yakunlash uchun zarur bo‘lgan fiziologik asosni tashkil etadi. [9; 10; 11]. adu.uz universaljurnal.uz 602 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari O‘smirlik davrida antropometrik rivojlanishda individual farqlar mavjud bo‘lsa-da, 15 yoshga kelib qiz o‘smirlarning aksariyatida ikkilamchi jinsiy belgilar to‘liq shakllanadi va hayz siklining barqaror ko‘rsatkichlari kuzatiladi. Bu esa jinsiy yetilishning tugallanganlik darajasini baholashda asosiy diagnostik mezon sifatida xizmat qiladi [6]. Balog‘atga yetish davri o‘smir organizmining faol o‘sish va rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Aynan shu davrda tiroksin kabi qalqonsimon bez gormonlariga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi, chunki ular organ va to‘qimalarning differensiyalanishi, metabolizm va umumiy somatik rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi [10; 11]. Tana massasi indeksi (TMI) bolalar va o‘smirlarning jismoniy holatini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. TMI, yosh va jinsga nisbatan standartlashtirilgan ko‘rsatkichlarga asoslanib, bolalar va o‘smirlarning tana vaznining sog‘lom yoki patologik holatini aniqlashda yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, TMI qiymatlari ma’lum foizli distribyutsiya asosida, ya’ni 85 va 95 foizga nisbatan tahlil qilinadi, bu o‘smirlarning jismoniy holatiga nisbatan aniq ma’lumotlar beradi [7]. TMI ko‘rsatkichlari bo‘yicha 85 foizdan pastroq qiymatlar normal tana massasiga mos keladi. 85 foiz va 94,9 foiz oralig‘idagi TMI qiymatlari ortiqcha tana vaznining borligini ko‘rsatadi. Semizlik esa TMI 95 foizga to‘g‘ri keladigan yoki undan yuqori qiymatlarga ega bo‘lgan sub’ektlarda tashxis qilinadi [2]. Biroq, statistik nuqtai nazardan, tana massasi indeksining normal qiymatining aniq chegarasini aniqlashda 75-persentilni tanlash samaraliroq bo‘lishi mumkin. Bu holda normal vazn va ortiqcha vazn o‘rtasidagi chegarani yanada aniqroq ajratib olish mumkin [4]. TMI 75-persentilini ortiqcha vazn mezoni sifatida qabul qilish zamonaviy tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan. Ma GS va boshqalar olib borgan tadqiqotda, TMI 75-persentilidan yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda triglitseridlar, past zichlikdagi lipoproteinlar, arterial gipertenziya kabi yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ancha yuqori ekanligi ko‘rsatilgan [3]. Bundan tashqari, Bjorge T. va uning hamkasblari (2008) tomonidan olib borilgan tadqiqotda, TMI 75 foizdan yuqori bo‘lgan 14–19 yoshli yoshlar o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari va shu bilan bog‘liq o‘lim xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlangan [2]. TMI 75-persentili ortiqcha vaznni aniqlashda samarali mezon sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu ko‘rsatkich yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining xavf omili sifatida muhim ahamiyatga ega va uning yoshlar orasida salomatlikni baholashda qo‘llanilishi, sog‘liqni saqlash tizimidagi profilaktik tadbirlarni yanada samarali qilishga yordam beradi. So‘nggi yillarda zob endemiyasi mavjud bo‘lgan hududlarda subklinik gipotireoz holatlari ancha keng tarqalganligi haqida 10 dan 30% gacha dalillar mavjud [6]. Shu bilan birga, qalqonsimon bezning gipofunksiyasi fonida o‘smir qizlarda hayz ko‘rish siklining buzilishi kabi klinik belgilar qayd etilmoqda [8]. Biroq yod tanqisligi korreksiya qilinmagan sharoitlarda qiz o‘smirlarning jismoniy va jinsiy rivojlanish xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar yetarli darajada mavjud
Доказательный фрагмент
«This literature review analyzes scientific studies on gender differences in body composition during adolescence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis literature review analyzes scientific studies on gender differences in body composition during adolescence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- подростковый возраст, состав тела, половые различия, мышечная, bioimpedansometriya, Adolescence, половая дифференциация, body composition, tana tarkibi, sexual differentiation, jinsiy differensiallik, жировая масса, мышечная масса, bioimpedance measurement, fat mass, yog‘ massasi, O‘smirlik davri, измерение биоимпеданса, muscle mass, mushak massasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025