Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЗАИМОСВЯЗЬ БИОХИМИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ДИАБЕТА И СОСТАВА ТЕЛА: АНАЛИЗ СОВРЕМЕННЫХ НАУЧНЫХ ПОДХОДОВ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Kudeshova Gulchekhra Tengelbaevna. · Turdibekova Perizat Oktyabrevna
Универсал международный научный журнал · 2 · 2026
Аннотация
This article examines the relationship between body composition (fat mass, lean mass, BMI) and clinical-biochemical blood indicators (glucose, HbA1c, insulin, lipid profile) in patients with type 2 diabetes. Based on a review of international scientific studies, the significance of this correlation is highlighted. It has been found that as body fat percentage and visceral obesity increase, metabolic disturbances, insulin resistance, and glucose intolerance worsen. The studies emphasize the importance of monitoring body composition as part of an individualized approach to diabetes management. Keyword: diabetes mellitus, body composition, HbA1c, BMI, lipids, insulin, correlation Kirish. Qandli diabet bugungi kunda dunyo miqyosida surunkali kasalliklar ichida eng ko‘p tarqalgan va xavfli holatlardan biridir. Ayniqsa 2-tip diabet insulinga nisbatan sezuvchanlikning pasayishi, glyukoza metabolizmining buzilishi va tana tarkibidagi o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ko‘plab tadqiqotlar qandli diabetning rivojlanishida semizlik, xususan visseral yog‘ to‘qimalarining ortiqcha bo‘lishi muhim omil ekanini ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, tana tarkibi bilan qon biokimyosi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash diabetga qarshi profilaktika va nazoratda muhim o‘rin tutadi. DeFronzo va boshqalar (2015) tadqiqotiga ko‘ra, 2-tip diabetning asosiy patofiziologik mexanizmlaridan biri bu insulin rezistentligidir. Bu holat ko‘pincha tana yog‘ining ortishi, ayniqsa visseral semizlik bilan bog‘liq. Tadqiqotda tana yog‘ massasi va HbA1c ko‘rsatkichlari o‘rtasida ijobiy korrelyatsiya aniqlangan. Bundan tashqari, glyukoza tolerantligi pasaygani sari triglitseridlar darajasi ham oshgan [1]. American Diabetes Association (2023) tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga ko‘ra, BMI >30 kg/m2 bo‘lgan bemorlar qandli diabet uchun yuqori xavf guruhiga kiradi. ADA HbA1c adu.uz universaljurnal.uz 607 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari ko‘rsatkichining normal holatda <7% bo‘lishi kerakligini belgilaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, TMI oshgani sari HbA1c va insulin rezistentligi darajasi ham yuqorilaydi [2]. Gallagher va boshqalar (2000) tomonidan taklif etilgan tana yog‘i foizi chegaralari diabet kasalligi xavfini baholashda ishlatiladi. Sog‘lom tana yog‘i foizi erkaklar uchun 10-20%, ayollar uchun 20-30% deb hisoblanadi. Diabet bilan og‘rigan bemorlarda ushbu ko‘rsatkichlarning keskin ortishi bilan lipidlar balansidagi o‘zgarishlar aniqlangan [3]. Wajchenberg (2000) o‘z tadqiqotida visseral yog‘ to‘qimalari va insulin qarshiligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, teri ostida to‘plangan yog‘ga qaraganda visseral yog‘ diabet patogenezida muhimroq rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Bu holat metabolik sindrom, giperinsulinemiya va dislipidemiya bilan bog‘liq [4]. Jung va boshqalar (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda segmentar bioimpedans tahlili asosida qorin, oyoq va qo‘llardagi yog‘ miqdori bilan HbA1c va glyukoza darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Bunda aynan qorin sohasidagi yog‘larning diabetik ko‘rsatkichlarga kuchli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan [5]. Chen va boshqalar (2018) tomonidan olib borilgan klinik kuzatuvda mushak massasining kamayishi (sarkopeniya) bilan insulin sezuvchanlik darajasi orasida bog‘liqlik aniqlangan. Diabet bilan og‘rigan keksa bemorlarda mushak massasini oshirish glyukozani nazorat qilishda ijobiy natija bergan [6]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (2022) ma’lumotlariga ko‘ra, semizlik va harakatsiz turmush tarzi global miqyosda 2-tip diabetning asosiy xavf omillaridan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tana tarkibini o‘rganish orqali diabet profilaktikasini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi [7]. Xulosa. Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tana tarkibi bilan biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. TMI, tana yog‘ foizi, visseral semizlik darajasi oshgan sayin glyukoza, HbA1c, triglitserid va past zichlikdagi lipoprotein ko‘rsatkichlari ham yomonlashadi. Shuningdek, mushak massasining yetarli darajada bo‘lishi esa metabolik holatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun diabetni samarali boshqarish uchun parhez, jismoniy faollik va tana tarkibini muntazam kuzatib borish zarur. Tavsiyalar: Klinik amaliyotda tana tarkibi tahlilini standart protseduraga kiritish; · Bioimpedans usulidan foydalanishni kengaytirish; · Diabetik bemorlar uchun jismoniy mashqlar dasturini mushak massasini oshirishga yo‘naltirish; · Profilaktika ishlarini tana tarkibidagi o‘zgarishlar asosida olib borish. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. DeFronzo R.A. et al. (2015). Pathogenesis of type 2 diabetes mellitus. Med Clin North Am, 99(1):1– 15. https://doi.org/10.1016/j.mcna.2014.10.006 2. American Diabetes Association. (2023). Standards of Medical Care in Diabetes. Diabetes Care, 46(Suppl 1):S1–S291. https://doi.org/10.2337/dc23-S001 3. Gallagher D. et al. (2000). He
Доказательный фрагмент
«This article examines the relationship between body composition (fat mass, lean mass, BMI) and clinical-biochemical blood indicators (glucose, HbA1c, insulin, lipid profile) in patients with type 2 diabetes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the relationship between body composition (fat mass, lean mass, BMI) and clinical-biochemical blood indicators (glucose, HbA1c, insulin, lipid profile) in patients with type 2 diabetes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- сахарный диабет, состав тела, HbA1c, ИМТ, липиды, инсулин, correlation, diabetes, body composition, tana tarkibi, TMI, korrelyatsiya, корреляция, qandli diabet, lipidlar, insulin, lipids, диабет
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025