К содержанию
РецензированоRU2026

ПОКАЗАТЕЛИ ЕСТЕСТВЕННОЙ ИММУНОРЕЗИСТЕНТНОСТИ ОРГАНИЗМА У ЗДОРОВЫХ ЛЮДЕЙ РАЗНОГО ВОЗРАСТА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · REZISTENTLIGI KO‘RSATKICHLARI · Yunusova Navbaxor Axmadjonovna

Универсал международный научный журнал · 221 · 1092–1102 · 2026

Аннотация

This study investigates the indicators of the body's natural immune resistance and their functional status in healthy individuals of different age groups. Key words: immune resistance, leukocytes, CD16+, phagocytic activity, C-reactive protein, ConA, leukocyte migration, age-specific immune response. Kirish: Zamonaviy immunologiya organizmning tabiiy rezistentlik tizimini o‘rganishda keng ko‘lamli yondashuvlarni talab etmoqda[1,3,6,8]. Inson salomatligining barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bu — tug‘ma immun javob mexanizmlarining samaradorligidir. Turli yosh davrlarida immun tizimining faolligi va uning tarkibiy qismlarining funksional holati o‘zgarib boradi [1,2,5]. Ayniqsa, periferik qondagi leykotsitlar, ularning turlari, fagotsitar faollik va sitokinlarga javob reaksiyasi yoshi bilan sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Shu munosabat bilan, ushbu tadqiqotning dolzarbligi yoshga bog‘liq immunologik o‘zgarishlarni aniqlash orqali sog‘lom insonlarda tug‘ma immunitetning biologik dinamikasini tushunishga xizmat qilishidadir. Tadqiqot davomida CD16+ tabiiy killer hujayralari miqdori, leykotsitlarning fagotsitar faolligi va migratsion xatti-harakatlari mitogenlar (KonA) ta’sirida baholanib, yoshga xos o‘ziga xos immun javob xususiyatlari aniqlanadi. Bu esa nafaqat fundamental immunologiya uchun, balki amaliy tibbiyotda — immunodiagnostika va profilaktik choralarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Material va uslubiy qism: Tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Samarqand shahri hamda Toyloq tumanining Davlatobod va Ravot mahallalarida istiqomat qiluvchi, 17 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlarning periferik qonida immunologik uslublar asosida tabiiy rezistentlik ko‘rsatkichlari va ularning funksional holati o‘rganildi. Tabiiy rezistentlik holatini baholash uchun bir qator immun tizimga oid ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Xususan, periferik qondagi asosiy hujayra elementlari — leykotsitlar va ularning turlaridan: tayyoqchasimon va segment yadroli neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, monotsitlar foiz miqdori (BC-6200 Mindray gematologik analizatori) orqali aniqlangan bo‘lsa, C-reaktiv oqsil miqdori (BC-380 Mindray biokimyoviy analizatori) yordamida belgilandi. Shuningdek, tabiiy killer hujayralarning (CD16+) absolyut va foiz miqdori RF Immunologiya ITI tomonidan ishlab chiqilgan in vitro sharoitda o‘tkazilgan maxsus sensibilizatsiyalangan monoklonal antikorlar uslubi asosida o‘rganildi. Leykotsitlar fagositar faolligi — ya’ni ularning melamin lateksi zarrachalarini (o‘rtacha diametri 1,2–1,5 mkm) yutish qobiliyati orqali baholandi[7,8]. Bundan tashqari, immun tizimning funksional imkoniyatlarini baholash maqsadida leykotsitlar migratsiyasining tormozlanish reaksiyasi mikrometodi qo‘llanildi [9,10]. Ushbu usul asosida quyidagi funksional holatlar o‘rganildi. Periferik qondagi leykotsitlarning spontan migratsiyasi, konkanavalin A (KonA) mitogeni ta’sirida sitokinlar hosil bo‘lishi va uning adu.uz universaljurnal.uz 615 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari leykotsitlar migratsiyasiga ta’siri, KonA mitogenining optimal dozasi sharoitida leykotsitlarning migratsiyasini tormozlovchi omil – L-MPO, KonA mitogenining suboptimal (2,5 mkg/ml) dozasi sharoitida esa migratsiyani stimullovchi omil – L-MSO aniqlandi. Mazkur yondashuvlar yordamida organizmning tabiiy immun rezistentligining holati hamda uning yoshi bilan bog‘liq funksional o‘zgarishlari chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot keyingi qismida Samarqand viloyati aholisida yoshga nisbatan tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tabiiy immunitetning yosh xususiyatlari erkaklarda uch guruhda tadqiqot qilindi: 1 guruh- 17 yoshdan 25 yoshgacha (n=35), 2 guruh 25 yoshdan 35 yoshgacha (n=53), 3 guruh 35 yoshdan va undan katta yoshdagi erkaklar (n=38), guruhini tashkil qildi. 1 - jadval O‘rganilgan hududlar aholisida erkak yosh guruhlarida tug‘ma immunitet ko‘rsatkichlari 2 guruh 1 guruh 3 guruh Ko‘rsatkichlar 25-35 yosh 35 yosh (n=38) (n=53) Limfotsitlar, (%) 26,7±2,4 28,5±1,7* 25,7±2,5 Leykotsitlar, n*109/l 6,1±0,2 6,8±0,5 6,7±0,6 Tayoqcha yadroli 4,5±0,12 4,8±0,19 5,1±0,15* neytrofillar, (%) Segment yadroli 56,2±1,2 57,4±1,5* 55,4±1,4 neytrofillar, (%) Eozinofillar, (%) 0,8±0,02 0,9±0,01 0,9±0,6 Bazofillar (%) 0,9±0,01 0,9±0,01 1,0±0,02* Monotsitlar, (%) 6,1±0,04* 5,9±0,02 5,2±0,03 C-reaktiv oqsil, mg/l 1,5±0,2 1,6±0,5 1,5±0,01 СD16,% 9,8±0,70 9,1±0,30 9,2 ±0,40 NFF,% 55,8±2,60* 48,8±1,90 52,1±0,90 56,8±1,0 FI% 56,2±1,1 55,7±1,4 FS 5,9±0,4 6,4±0,6* 5,8±0,8 Pq lsm, birliklada 54,6±3,00 52,7±3,60 55,8±1,70* Zardob sitokini, MI MPI,% 1,02±0,04-0 1,09±0,05-10% 1,08±0,03-10% L- MPO, MI, MPI,% 0,82±0,03+23% 0,75±0,02+30% 0,84±0,01+20% L-MSO, MI, MPI,% 1,29±0,04-27% 1,09±0,02-10% 1,19±0,01-20% MPO/MSO 0,67 3,00 1,00 Eslatma*: yosh guruxlari o‘rtasidagi p≤0,05 ishonchlilik darajasi Tadqiqot qilingan erkaklar

Доказательный фрагмент

«This study investigates the indicators of the body's natural immune resistance and their functional status in healthy individuals of different age groups.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study investigates the indicators of the body's natural immune resistance and their functional status in healthy individuals of different age groups. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
immune resistance, leukocytes, CD16+, phagocytic activity, C-reactive protein, возрастной иммунный ответ, фагоцитарная активность, KonA, age-specific immune response, лейкоциты, C-reaktiv oqsil, С-реактивный белок, leykotsitlar, Иммунная резистентность, leukocyte migration, fagotsitar faollik, Immun rezistentlik, leykotsitlar migratsiyasi, CD16, yoshga xos immun javob, миграция лейкоцитов
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники