К содержанию
РецензированоRU2026

ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ РАДИАЦИИ И ГИПОКИНЕЗИИ НА АМИЛОЛИТИЧЕСКУЮ АКТИВНОСТЬ ГРИБОВ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · FAOLLIGIGA TA'SIRINI O‘RGANISH · Nosirova Xilolaxon Abdulbosit qizi · Dumayeva Zuxraxon Nasritdinovna

Универсал международный научный журнал · 11 · 321–325 · 2026

Аннотация

This article is devoted to the experimental study of the effects of radiation and hypokinesia factors on the activity of amylolytic enzymes in the rat organism. The research analyzes changes in the activity of enzymes involved in metabolic processes, particularly in carbohydrate metabolism. The obtained results serve as a scientific basis for assessing the functional state of the digestive system under conditions of hypokinesia and radiation exposure. Keywords: Radiation, Hypokinesia, Rat model, Amylolytic activity, Metabolism, Ecology Аннотация: Настоящая статья посвящена экспериментальному изучению влияния факторов радиации и гипокинезии на активность амилолитических ферментов в организме крыс. В исследовании проанализированы изменения в активности ферментов, участвующих в метаболических процессах, в частности, в углеводном обмене. Полученные результаты служат научной основой для оценки функционального состояния пищеварительной системы в условиях гипокинезии и радиационного воздействия. Ключевые слова: Радиация, Гипокинезия, Модель на крысах, Амилолитическая активность, Метаболизм, Экология Bu ikki omilning organizmdagi fiziologik jarayonlarga, ayniqsa, amilolitik fermentlar (uglevodlarni parchalovchi fermentlar) faoliyatiga ta'sirini o‘rganishdir. Radiatsiya va gipokineziya kabi kuchli stress omillarining organizmda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarga, xususan uglevodlar almashinuvining muhim bosqichi bo‘lgan amilolitik fermentlar (amilaza) faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur o‘rganish orqali, ushbu omillar natijasida yuzaga keladigan fermentativ buzilishlar va ularning umumiy metabolik holatga ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda bu holatlarning organizmga zararli oqibatlarini tushunishga ilmiy asos yaratish. Zamonaviy hayot sharoitida insonlar tobora ko‘proq ionlashtiruvchi nurlanish (tibbiy diagnostika, sanoat, kosmik soha va boshqa texnogen manbalar orqali) hamda harakat faolligining kamayishi (ya’ni gipokineziya — ofis ishlari, uzoq muddatli harakatsiz holatlar, parvarish talab qiluvchi kasalliklar) kabi salbiy omillarga duch kelmoqda [3, 91-102]. Bu ikki omil organizmda chuqur metabolik o‘zgarishlar va fermentativ faoliyatning buzilishi bilan kechadi.Ayniqsa, uglevodlar almashinuvining boshlang‘ich bosqichini ta’minlaydigan amilolitik fermentlar (amilaza) faoliyatidagi o‘zgarishlar, ovqat hazm qilishdan tortib, hujayra darajasidagi energiya ta’minotigacha bo‘lgan ko‘plab jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot nafaqat fundamental fiziologiya va biokimyo sohalari uchun, balki kosmik tibbiyot, radiatsion xavfsizlik, reabilitatsiya, va profilaktik tibbiyot kabi amaliy sohalar uchun ham juda dolzarb hisoblanadi. [1, 11(4). – P. 321–325] Amilolitik fermentlar, xususan alfa-amilaza, uglevodlarni (asosan kraxmal va glikogenni) parchalovchi fermentlar guruhiga kiradi. Ular odatda so‘lak bezlari va me’da osti bezida ishlab adu.uz universaljurnal.uz 624 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari chiqariladi, biroq ba’zi metabolik sharoitlarda jigar to‘qimasi ham ushbu fermentativ faollikni namoyon qilishi mumkin. Jigar to‘qimasidagi amilolitik faollik odatda giperglikemiya, glikogen almashinuvining buzilishi yoki tashqi stress omillari, jumladan radiatsiya va gipokineziya ta’sirida faollashadi yoki susayadi. Bu holat jigar hujayralarining (hepatositlar) ferment sintezlash, metabolitlarni qayta ishlash va energiya almashinuvidagi moslashuvchanligini aks ettiradi [4,251- 263]. Shuning uchun jigar to‘qimasidagi amilolitik fermentlar faolligining o‘zgarishi organizmning umumiy metabolik holatini, ayniqsa, uglevod almashinuvini baholashda muhim bioindikator sifatida qaraladi. Gipokineziya va radiatsiyaning ta'sirini chuqur o‘rganish biologik tizimlarning ishlashini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ushbu ilmiy tadqiqotlar inson va hayvonlar organizmining turli fiziologik jarayonlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati, ayniqsa, radiatsiya va gipokineziyaning organizmga ta’sirini o‘rganish kontekstida, fiziologiya, biokimyo va toksikologiya sohalariga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. Amilolitik fermentlar, ayniqsa, amilaza, organizmdagi uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi asosiy fermentlardan biridir. Ushbu fermentlarning faoliyatining tushunilishi, metabolizm va energiya ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.Radiatsiya va gipokineziya kabi stress omillari organizmda ko‘plab fiziologik jarayonlarning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu tadqiqotlar amilolitik fermentlarning faoliyatiga ta’sirini o‘rganish orqali radiatsion xavf va gipokineziya natijasida yuzaga keladigan metabolik buzilishlarni tahlil qilishga yordam beradi. [2, 121-130] Har ikkala omil ham organizmning biokimyoviy jarayonlariga, xususan, amilolitik fermentlar faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Radiatsiya va gipokineziya ta’siri natijasida amilaza faoliyati o‘zgari

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the experimental study of the effects of radiation and hypokinesia factors on the activity of amylolytic enzymes in the rat organism.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the experimental study of the effects of radiation and hypokinesia factors on the activity of amylolytic enzymes in the rat organism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Radiation, Hypokinesia, Rat model, Amylolytic activity, Metabolism, Ecology, Модель крысы, Амилолитическая активность, Радиация, Метаболизм, Metabolizm, Гипокинезия, Kalamushlar modeli, Radiatsiya, Ekologiya, Amilolitik aktivlik, Экология, Gipokineziya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники