К содержанию
РецензированоRU2026

РАЗВИТИЕ ОПОРНО-ДВИГАТЕЛЬНОГО АППАРАТА И ДВИГАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО САДА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Muhammadjonova Dilfuzaxon Sherzodbek qizi · Xolmirzayeva Madinaxon Akramjonovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

В данной научной работе рассмотрены показатели физического развития для изучения двигательной активности и процессов развития костно-мышечной системы у детей дошкольного возраста. На основе анализа полученных данных даны выводы и предложения. Ключевые слова: физическое развитие, движение, костно-мышечная система, физическое воспитание, здоровье, моторное развитие, здоровый образ жизни, культура движения. Annotation. This scientific paper examines physical development indicators to study motor activity and the development processes of the musculoskeletal system in preschool-aged children. Based on the analysis of the collected data, conclusions and recommendations are provided. Keywords: physical development, movement, musculoskeletal system, physical education, health, motor development, healthy lifestyle, movement culture. Kirish. Maktabgacha yosh davri bolalarda harakat ko‘nikmalari, muvozanat, mushak va skelet tizimining shakllanishi bosqichi hisoblanadi. Bu jarayonning sog‘lom kechishi bola organizmining umumiy rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarning harakat faolligi ularning jismoniy va psixologik salomatligiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, bog‘chalarda harakat faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida bog‘cha yoshidagi bolalarning suyak-mushak tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilindi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: Jismoniy mashqlar – bola mushaklarining kuchayishi va bo‘g‘imlarning harakatchanligini ta’minlaydi; Harakat koordinatsiyasi – muvofiqlashtirilgan mashqlar orqali rivojlanadi; Faol o‘yinlar – nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi; Yoshga mos yuklama – ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi, rivojlanishni muvozanatlashtiradi. Bolalar bog‘chalarida harakat faoliyatini uyushtirishda quyidagilar muhim hisoblanadi: Maktabgacha ta’lim — bolalarning rivojlanishida hal qiluvchi bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda bola tanasi, a’zolari, aqliy va ruhiy jarayonlari intensiv rivojlanadi. Ayniqsa, harakat faoliyatining bu davrdagi ahamiyati benihoya katta. Harakat orqali bola atrof-muhitni anglaydi, o‘z tanasini boshqarishni o‘rganadi, ijtimoiylashadi va sog‘lom hayot tarziga ilk qadamlarini qo‘yadi. Shu sababli, bolalar bog‘chalarida harakat faoliyatini to‘g‘ri va samarali uyushtirish maktabgacha ta’lim jarayonining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaraladi. Yoshga mos harakat faoliyatining ahamiyati. Bolalar bog‘chasida harakat faoliyati yosh xususiyatlariga muvofiq tarzda tashkil etilishi kerak. Chunki har bir yosh bosqichida bolaning jismoniy imkoniyatlari va rivojlanish darajasi turlicha bo‘ladi. Masalan, 3-4 yoshli bolalarda asosiy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish muhim: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, turtish va itarish kabi harakatlar orqali bola mushak-motor tizimini mustahkamlab boradi. 5-6 yoshda esa harakatlar adu.uz universaljurnal.uz 631 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari murakkablashadi va bu davrda bolalarda koordinatsiya, muvozanatni saqlash, harakatlarni rejalashtirish va tezkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta’lim jarayonida harakatli o‘yinlar, ertalabki gimnastika mashqlari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarning nafaqat jismoniy balki intellektual rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki harakat faoliyati vaqtida miyaning faol ishlashi, qon aylanishining faollashuvi, kislorodning miyaga yetkazilishi kuchayadi va bu esa bolaning fikrlashi, xotira va diqqatini kuchaytiradi. Sog‘lom rivojlanishga ijobiy ta’siri. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, jismonan faol bolalarda immunitet kuchli bo‘ladi, yurak-qon tomir tizimi to‘g‘ri rivojlanadi, nafas olish a’zolari yaxshi ishlaydi va mushak-motor tizimi mustahkam bo‘ladi. Jismoniy faollik bolalarda ortiqcha vazn, gipodinamiya, passivlik, allergik va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Shuningdek, harakat faoliyati bolalarning hissiy holatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatli o‘yinlar bolalarda quvonch, hayajon, ishtiyoq uyg‘otadi, bu esa ruhiy salomatlik uchun muhim. Aksincha, harakatsiz, ko‘p vaqtni o‘tirib o‘tkazadigan bolalarda asabiylik, qiziqishning yo‘qolishi, diqqatning susayishi va tushkunlik holatlari kuzatiladi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli. Harakat faoliyati, ayniqsa guruhda bajariladigan jismoniy mashqlar, estafeta o‘yinlari, jamoaviy harakatlar orqali bolalarda hamkorlikda ishlash, raqobatbardoshlik, yutuq va mag‘lubiyatni qabul qilish, tartib va qoidalarga bo‘ysunish, boshqalarga yordam berish kabi ijtimoiy-psixologik qobiliyatlar rivojlanadi. Bu esa bolaning ijtimoiylashuvi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali muloqotga to‘liq tayyor emas, lekin harakat orqali ular bir- biri bilan til topishishni, emotsiyalarini boshqarishni va o‘zaro muloqotga kirishishni o

Доказательный фрагмент

«В данной научной работе рассмотрены показатели физического развития для изучения двигательной активности и процессов развития костно-мышечной системы у детей дошкольного возраста.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной работе рассмотрены показатели физического развития для изучения двигательной активности и процессов развития костно-мышечной системы у детей дошкольного возраста. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
physical development, movement, musculoskeletal system, physical education, физическое развитие, физическое воспитание, motor rivojlanish, здоровый образ жизни, suyak-mushak tizimi, движение, salomatlik, развитие моторики, harakat, jismoniy tarbiya, harakat madaniyati., jismoniy rivojlanish, sog‘lom turmush, культура движения., здоровье, опорно-двигательный аппарат
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти