Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВЛИЯНИЕ ВНЕШНИХ УСЛОВИЙ НА ПОГЛОЩЕНИЕ ВОДЫ КОРНЕВОЙ СИСТЕМОЙ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Ismoilov Ibrohimjon Xakimjon o‘g‘li · Yaquboliyeva Moxichehra Odiljon qizi · MurodaliyevaNozima Dilmurodjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This thesis provides a brief overview of the influence of external factors on the water absorption of the root system. In particular, the influence of factors such as soil moisture, temperature, soil composition, light intensity, and relative humidity in the atmosphere on root activity is studied. Based on experimental and theoretical data, changes in the level of water absorption are analyzed, and the mechanisms of ecological adaptation of plants are highlighted. The results of this study are of practical importance in developing ways to increase the productivity of agricultural crops and effectively use water resources. Keywords: root, temperature, soil, osmotic pressure, apoplast, symplast, transvacuolar, hydrostatic pressure. O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik va anatomik tuzilishlari tuproqdan suv va suvda erigan mineral elementlarni so‘rishga moslashgan. Bunga tashqi omillar ham o‘z ta`sirini ko‘rsatadi. Harorat ildizning suvni so‘rish tezligiga ta’sir qiladigan eng muhim omillaridan biridir. Agar tuproq harorati pasaya boshlasa, ildizning suvni so‘rish qobiliyati ham susaya boradi. Bu hodisani kuzatish uchun o‘simlik o‘sib turgan tuvak atrofini muz bilan o‘rab qo‘yish kerak. Ko‘p o‘tmay o‘simlik so‘liy adu.uz universaljurnal.uz 657 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari boshlaydi. Chunki tuproq soviganda ildizlarga juda ham sust boradigan suv o‘simlikdan bug‘lanib sarflanadigan suv miqdorini qoplay olmaydi. Tuvak me’yoriy haroratga o‘tkazilsa, o‘simlik avvalgi holatiga qaytadi. Past haroratda suvni so‘rish qobiliyatining pasayishi hujayra protoplazmasi qovushqoqlik darajasining oshib ketishi tufayli ro‘y beradi deb tushuntiriladi. Tuproq harorati keskin pasayganida, o‘simlikning so‘lishi natijasida hamma fiziologik jarayonlar ham buziladi: og‘izchalar yopiladi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlari keskin pasayadi. Mineral elementlarning yutilishi ham to‘xtab qoladi. Bunday xolat uzoqroq davom etsa, o‘simliklar nobud bo‘lishi mumkin. Suvning ildizga kirish tezligiga havodagi kislorod miqdori ham ta’sir etadi. Hujayra protoplazmasi suvni harakatta keltirish uchun ma’lum miqdorda energiya sarflaydi, bu energiya esa nafas olish jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham zich tuproqli, qatqaloqli yoki uzoqroq muddatga suv bilan qoplangan yerlarda o‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydi va nobud bo‘ladi. Chunki bunday yerlarda kislorod etmay qoladi va natijada ildizlarning nafas olishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi. Hujayralarda modda almashinuv jarayoni ham buziladi, natijada spirtlar, uglevodlar va organik kislotalar to‘plana boshlaydi[1.2]. Protoplazmaning osmotik xususiyatlari ham o‘zgarib ketadi. Shuning uchun ham tuproqqa yaxshi ishlov berib, agrotexnik tadbir-choralarni to‘g‘ri qo‘llash va aeratsiya ta’minotiga erishish ildizlarning faolligini oshiradi. Ildizning suvni so‘rish va harakatta keltirish qobiliyatiga tuproq eritmasining konsentratsiyasi va pH darajasi ham ta’sir etadi. Ildiz hujayrasi shirasining konsentratsiyasi tuproq eritmasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsagina suv ildizga so‘rila boshlaydi. Aks holda ildiz tuproqdan suv olish u yoqda tursin, o‘zida mavjud suvni ham yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun ham sho‘r tuproqlarda faqat osmotik bosimi yuqori o‘simliklar (sho‘ralar va boshqalar) yashay oladi. Chunki ularning hujayralarida tuz to‘planish hisobiga osmotik bosim juda yuqori bo‘ladi. Tuproq eritmasining pH juda past (2-3, ya’ni nordon reaksiyaga ega) bo‘lgan eritmalaridan ko‘pchilik o‘simliklarning ildizlari suvni o‘zlashtirolmaydi. Reaksiya neytral darajaga yaqinlashgai sari suvning o‘zlashtirilishi ham faollasha boradi. Ildiz bosimi oʻsimlikka tuproqdagi suv va minerallarni soʻruvchi tukchalar orqali oʻtadi. Ildiz bosimi ksilemaning suv olishiga imkon beruvchi omillardan biridir. Havo namlik bilan toʻyingan va transpiratsiya kam boʻlsa, ildiz bosimi taʼsirida ildizlarga kiradigan ortiqcha suv barglardagi gidadotlardan chiqariladi. Bu holat damlama deb ataladi. U nam iqlim sharoitida koʻrinadi[3.4]. Suv po‘stloq to‘qimalari hujayralari orqali uch xil, ya’ni apoplast, simplast va transvakuolyar yo‘l bilan harakatlanadi. Apoplast-bu suvni hujayra devorlari orqali harakatlanishidir. Bu yerda suvni harakatiga karshilik juda kam. Bu harakat rizoderma ildiz tukchalari po‘stidan boshlanib endoderma hujayralarigacha davom etadi. Endoderma hujayralarining po‘sti juda qalin (Kaspari belbog'i) va suv o‘tkazmaydigan hujayralar qatlami bor. Ularni ichida maxsus suv o‘tkazuvchi hujayralar bor. Ular ksilema hujayrasi bilan tutashgan. Suv o‘tkazuvchi hujayralarining sitoplazmasiga o‘tadi va simplast yo‘li bilan o‘tkazuvchi naylargacha davom etadi. Simplast-bu suvni hujayra sitoplazmasi orqali harakatlanishidir. Bu yerda suv osmos qonunlari asosida harakatlanadi. Suvning simplast harakatida qisman ATF en
Доказательный фрагмент
«This thesis provides a brief overview of the influence of external factors on the water absorption of the root system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides a brief overview of the influence of external factors on the water absorption of the root system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- root, temperature, soil, osmotic pressure, apoplast, symplast, transvacuolar, harorat, gidrostatik bosim., hydrostatic pressure., температура, симпласт, гидростатическое давление., почва, tuproq, transvakuolyar, корень, апопласт, ildiz, osmotik bosim, simplast, трансвакуолярный, осмотическое давление
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025