К содержанию
РецензированоRU2026

ИЗУЧЕНИЕ ДЕФИЦИТА ВОДЫ В КОРНЯХ МИНДАЛЯ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Zuftarov Erkin Aybekovich · Shadiyev Murodjon Ismatullayevich (instituti katta ilmiy xodimi, q.x.f.f.d)

Универсал международный научный журнал · 333-342 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan olingan barglari orqali suv tanqisligi o‘rganilib, payvandtaglarning qurg‘oqchilikka chidamliligi baholangan. Kalit so‘zlar: bodom, payvandtag, nav, bir yillik novda, barg, suv tanqislik, qurg‘oqchilik. Аннотaция: В данной статье изучен дефицит воды у сеянцев Ак шафталю для подвоев миндаля, GF 677, Garnem и SG-1, с использованием дефицита волы в листьях, взятых с однолетних побегов в летние месяцы июня, июля и августа, когда потребность в воде высока, а также оценена засухоустойчивость подвоев. Ключевые слова: миндаль, подвой, сорт, однолетний побег, лист, дефицит воды, засуха. Annotation: In this article, water deficit in Ak shaftalu seedlings, GF 677, Garnem and SG-1 rootstocks for almond was studied using water deficit in leaves taken from one-year-old shoots during the summer months of June, July and August when water demand is high and drought resistance of the rootstocks was assessed. Keywords: almond, rootstock, variety, annual shoot, leaf, water deficiency, drought. Kirish. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi uzoq muddat suvsizlikka qarshi turish qobiliyatidir. Eng muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning borishi o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir. Suv tanqisligi natijasida metabolizm buziladi va bu o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishiga hamda ularning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizda ob-havo iqlim sharoitining o‘zgarib borishi, yoz mavsumida suv tanqisligi tez-tez kuzatilishi natijasida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish bosqichlari qiyin o‘tmoqda. Ushbu muammodan kelib chiqib bugungi kunda abiotik omillarga hususan qurg‘oqchilikka yuqori darajada chidamli respublikamiz iqlim sharoitiga mos payvandtaglarni o‘rganish va tanlash, ularni yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish muhimdir. Tadqiqotlarimiz davomida bodom payvandtaglarining qurg‘oqchilikka chidamliligini baholashda, barglar tarkibidagi suv tanqisligi o‘rganildi. O‘simliklarning suv tanqisligini baholash mevalar pishib yetilish bosqichida barglarni sun’iy usulda quritishga asoslangan laboratoriya tajribalari yordamida amalga oshiriladi va bu o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash imkonini beradi [1,2,4]. Tadqiqot uslublari.Bodom payvandtaglarining barg to‘qimalarida suv tanqisligi sug‘orishdan oldin uch muddatda ya’ni o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan ertalabki soat 600 da va kunduzi soat 1300da va kechki 1800 da har bir navdan 20 donadan barglar olinib maxsus formulalar yordamida aniqlandi. Tadqiqot davomida bodom payvandtaglarining qurg‘oqchilikka chidamliligi baholash maqsadida barglardagi suv tanqisligini o‘rganish E.A.Goncharova “Оценка устойчивости к разным стрессам плодо-ягодных и овощных (сочноплодных) культур” (1988) uslubi yordamida aniqlandi. Barglardagi suv tanqisligi (%) quyidagi formula yordamida aniqlandi: (ТС ×100) СТ = МС adu.uz universaljurnal.uz 666 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Bunda: СТ – suv tanqisligi; ТС – to‘yingan suv miqdori, bargni to‘yinishdan oldin va to‘yingandan so‘ngi orasidagi vazni bo‘yicha farqi; МС – mavjud suv, barglarning quruq vazni bilan suv to‘yingandan so‘ngi barglarning vazni orasidagi farqi Tadqiqot natijalari. Iyun oyida ertalab soat 600 da bodom payvandtaglarida eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 13,4% ni, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 15,8% ni tashkil qildi. Kunduzi soat 1300 ga borib havo harorati eng yuqori darajaga ko‘tarilganda barcha payvandtaglarida suv tanqisligi ortib, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 27,5% ni tashkil qilgan bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 23,3% ni tashkil qildi. Kechki payt 1800 da eng yuqori suv tanqisligi Oq shaftoli urug‘ payvandtagida 20,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, shu vaqtda eng past suv tanqisligi Garnem payvandtagida 19,2% ni tashkil qildi (1-jadvalga qarang). 1-jadval Bodom payvandtaglari barglarida suv tanqisligi, % (2024-yil) Payvandtaglar Iyun Iyul Avgust 600 1300 1800 600 1300 1800 600 1300 1800 Oq shaftoli urug‘ 14,4 26,8 20,6 18,5 27,9 21,4 15,7 26,7 20,4 payvandtagi- nazorat GF 677 13,4 23,3 19,4 15,6 26,2 19,7 12,6 24,4 17,5 Garnem 13,7 25,2 19,2 19,2 27,5 20,5 15,2 27,2 19,2 SG-1 15,8 27,5 20,5 23,4 30,3 23,3 16,4 29,5 24,2 Iyul oyida havoning harorati ko‘tarilishi hisobiga boshqa oylarga nisbatan barglarda eng yuqori suv tanqisligi kuzatildi. Ertalab soat 600 da payvandtaglar orasida eng past suv tanqisligi GF 677 payvandtagida 15,6%, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payvandtagida 23,4% ni tashkil qildi. Kunduzi soat 1300 ga borib havo harorati eng yuqori darajaga ko‘tarilganda barcha payvandtaglarda suv tanqisligi ortib, eng yuqori suv tanqisligi SG-1 payva

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan olingan barglari orqali…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan olingan barglari orqali… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
almond, rootstock, variety, annual shoot, leaf, water deficiency, drought, graft, nav, barg, лист, payvandtag, засуха, прививка, сорт, water shortage, bodom, bir yillik novda, one-year-old shoot, qurg‘oqchilik, suv tanqislik, миндаль, однолетний побег, нехватка воды
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники