Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА И ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ ЛЕКАРСТВЕННОГО РАСТЕНИЯ ГУЛЬХАЙРИ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · ETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI · Aytmuratova Nilufar Abilseyt qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Maqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va еtishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Dorivor gulxayri o‘simligini tashqi ko‘rinishi va agrotexnik tadbirlari o‘rganildi. Kalit so‘z: Dorivor gulxayri parvarishi, agrotexnik omillar, dorivor gulxayri morfologiyasi, dorivor gulxayrini ekish. Аннотaция: В статье описываются лечебные свойства, биология, морфология и технология выращивания лекарственного алтея. Изучены внешний вид и агротехнические методы выращивания лекарственного алтея. Ключевое слово: Уход за лекарственной алтей, агротехнические методы, морфология лекарственной алтей, посадка лекарственной алтей. Annotation: The article describes the medicinal properties, biology, morphology and cultivation technology ofAlthaea Officinalis. The appearance and agronomic methods of cultivation of medicinal althaea officinalis are studied. Key word: Care of althaea officinalis, agrotechnical factors, morphology of althaea, planting of althaea officinalis. Dorivor gulxayri - Althaea Officinalis L, Gulxayridoshlar Malvaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t-o‘simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan, bo‘yi 1,5 m gacha еtadi. Barglari uch yoki besh bo‘lakli poyasining yuqori qismidagilari butun, tuxumsimon bo‘lib, bandi yordamida poyasida ketma-ket joylashgan, pushti yoki oq rangli gullari barg qo‘ltig‘ida, poya va shoxlari uchida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Mevasi yassi, yumaloq, ko‘p urug‘li tup pista. Iyun-sentabr oylarida gullaydi, mevasi iyuldan boshlab еtiladi. Tibbiyotda gulxayrining ikki turidan foydalaniladi. Qo‘llaniladigan qismi: Ildizi va ildizpoyasi, ba’zi hollarda barglari bilan gullari ishlatiladi. Ishlatilishi: Ildiz preparatlari (kukuni, damlamasi, quruq ekstrakti, sharbati) va mukaltin balg‘am ko‘chiruvchi, ko‘krakni yumshatuvchi, o‘rab oluvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida nafas yo‘llari hamda me’da-ichak (gastrit, enterokolit va boshqa) kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Maydalangan ildizi nafas yo‘llari shamollaganda ishlatiladigan yig‘malar-choylar tarkibiga kiradi. Ildizidan tayyorlangan sharbati farmasevtika amaliyotida suyuq dorilar ta’mini yaxshilash uchun, kukuni hapdori tayyorlashda qo‘llaniladi. [3] Agrotexnik tadbirlar: Dorivor gulxayri ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 3-4 yilda 2-2,5 m ga еtadigan, ildizpoyasi yo‘g‘on, ildizi qalin etli, 1-2 metr chuqurlikgacha еtadi. Ildizpoyasi va o‘q ildizi birinchi yili oxirlaridayoq yog‘ochga aylanadi. [1] Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, gulxayri havoning yozgi quruqligiga, tuproqning qisqa muddatli qurishiga (ildiz tarmoqlari yaxshi rivojlanganligi tufayli) bardosh beradi, shamolga chidamli, qishki sovuqlardan talofat ko‘rmaydi. O‘simlikka xos maxsus zararkunanda va kasalliklar aniqlanmagan. Dorivor gulxayri tuproqning unumdorligi va tarkibiga befarq o‘simlikdir. Respublikamizdagi barcha turdagi tuproqlarda o‘stirish mumkin. Faqat sho‘r tuproqli va botqoq еrlarni yoqtirmaydi. Ildizi 2- va 3-yili yig‘ib olinadi, urug‘i olinadigan dalalarda ekin 6-8-yil saqlanadi. Shu boisdan gulxayri poliz-sabzavot ekinlaridan bo‘shagan, begona o‘tlardan tozalangan maydonlarga ekiladi. adu.uz universaljurnal.uz 669 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Kuzgi shudgorlash vaqtida har gektar maydonga 90 kg dan superfosfat yoki 40 kg dan go‘ng solinadi. Maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Gulxayri urug‘i erta bahorda (mart) yoki kech kuzda (noyabr) ekiladi. Kuzda ekilganda urug‘ unuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Bahorgi ekishda qiyg‘os unishi uchun urug‘ 2-3 soatcha 20-25 daraja iliq suvda ivitib qo‘yiladi, keyin to‘shalgan brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi uchun dam-badam aralashtirib turiladi. Sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘lgandan keyin ekishga kirishiladi. Urug‘ qadash chuqurligi 1 sm atrofida, qatorlar oralig‘i 60-70 sm, gektariga 8-10 kg urug‘ sarflanadi. Sabzavot urug‘i ekish uskunasi yordamida bahyalab ekiladi. Maysalarida 3-5 tadan chin barg hosil bo‘lgach, egat olinadi va ketma-ket suv quyiladi. Birinchi sug‘orishdan 7-10 kundan keyin yagana qilinadi va har 1 metr masofada 5-7 tadan baravj nihollar qoldiriladi. Nihollarning bu darajada siyraklantirilishi o‘simlikning durkun bo‘lishini ta’minlaydi. [2] Ikkinchi va keyingi yillarda esa o‘simlikning bo‘yi 200-230 sm dan oshadi. Dorivor gulxayri ekilgan maydonlar birinchi yili 5-6 marta o‘toq qilinadi va oralari kultivatsiya yordamida yumshatiladi. Zaruratga ko‘ra o‘simliklar orasidagi begona o‘tlar qo‘l kuchi bilan tozalanadi. [1] Gulxayri ekilgan maydon birinchi yili 4-5 marta yumshatiladi (may-avgust), 8-10 marta sug‘oriladi (may-1, iyun-2-3, iyul-3, avgust-2, sentyabr-1). Ikkinchi va keyingi yillarda 6-8 marta sug‘oriladi (iyun -2, iyul -3, avgust-2, sentyabr-1), 2-3 marta o‘toq qilinadi (may, iyun). Zaruratga qarab o‘simliklar orasidagi begona o‘tlar qo‘l kuchi
Доказательный фрагмент
«Maqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va еtishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va еtishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dorivor gulxayrini ekish., medicinal marigold planting., Уход за лекарственными бархатцами, Medicinal marigold care, agrotexnik omillar, морфология лекарственных бархатцев, агротехнические факторы, посадка лекарственных бархатцев., medicinal marigold morphology, dorivor gulxayri morfologiyasi, agrotechnical factors, Dorivor gulxayri parvarishi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014