Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
БОЛЕЗНИ НЕКОТОРЫХ ПЛОДОВЫХ ДЕРЕВЬЕВ В ЧАРТОКСКОМ РАЙОНЕ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ И МЕРЫ ПО БОРЬБЕ С НИМИ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Qo‘chqarova Mashxura Qodirjon qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil qilinadi. Xususan, nok, behi va boshqa mevali daraxtlarni yetishtirish texnologiyalari, ularning hosildorligini oshirish choralari, zamonaviy intensiv bog`dorchilik usullari va kasalliklarga qarshi kurashish strategiyalari muhokama qilinadi. Maqolada Chortoq tumanida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, fermer xo`jaliklarini qo`llab- quvvatlash dasturlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Kalit so‘zi: mevali daraxtlar, intensive bog`dorchilik, nok kasalliklari, agrotexnika, fermer xo`jaliklari, meva-sabzavotchilik, ekologik barqarorlik. O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasi taraqqiyotida bog‘dorchilik yo‘nalishi muhim o‘rin tutadi. Mevali daraxtlar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlarga boy bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, atrof-muhitni obodonlashtirishda va aholi daromad manbalarini oshirishda alohida ahamiyatga ega. Meva mahsulotlarining eksportbopligi esa ularni iqtisodiy jihatdan yanada qadrlashga undaydi. Shu sababli, mevali daraxtlarni kasalliklardan himoya qilish, ularning salomatligini saqlash va hosildorligini oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chortoq tumanidagi bog‘larda yetishtirilayotgan mevali daraxtlar – nok, behi kabi navlar o‘ziga xos biologik xususiyatlarga ega. Ularning har biri turli xil mikroorganizmlar, ayniqsa zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar ta’sirida kasallanishi mumkin.Farg‘ona vodiysi hududlarida, jumladan Namangan viloyatining Chortoq tumanida mevali daraxtlar keng miqyosda yetishtiriladi. Bu hududda issiq va quyoshli kunlar ko‘p bo‘lishi, vegetatsiya davrining uzunligi va unumdor bo‘z tuproqlar mavjudligi tufayli bog‘dorchilik istiqbollari yuqori hisoblanadi. Ammo qishloq xo‘jaligi sohasida hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu – o‘simlik kasalliklari hisoblanadi. Daraxtlarning kasallik bilan zararlanishi faqat mevaning sifati va miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki daraxtning vegetativ rivojlanishini, kelgusi mavsumdagi meva tugish imkoniyatini ham izdan chiqaradi. Kasalliklar erta aniqlanmasa, butun bog‘ni zararlashi, hatto daraxtlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni o‘rganish, ularning tarqalish sabablari, alomatlari va samarali kurash choralari aniqlanishi lozim. Nok o‘simligiga botanik tavsif: Nok daraxti o‘simliklar olamining yopiq urug’lilar bo‘limi, ikki urug’pallalilar sinfi, atirguldoshlar turkumi,atirgullar oilasi,spireylar Kenja oilasi, Pyrea tribasic, Pyrinae Kenja tribasi nok urug’iga mansub. Bo‘yi 5-25 m, tanasining po‘stlog‘i qalin, qo‘ng‘ir rangda, bo‘yiga chuqur yorilgan, po‘st tashlab turadi. Shoxlari ko‘pincha tikanli bo‘ladi. Novdasi to‘g‘ri, tuksiz, sariq-qo‘ng‘ir, yaltiroq. Barglari yumaloq yoki ovalsimon, uchi o‘tkir, cheti tekis, bandi uzun, orqa tomoni tukli. Nok mart-aprel oyida gullaydi va shu bilan bir vaqtda barg yozadi. Gullari oq, nektarli. Mevasi avgust-sentabr oylarida yetiladi, uzunligi 3-4 sm, eni 1,5 sm, yashil bo‘lib, yetilish oldidan sarg‘ayadi. Urug‘i yirik, cho‘ziq, tubi uchli, uchi yumaloq, qora. Nok urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Noklarning har xil navlari manzara sifatida yoki mevali daraxtlar sifatida foydalaniladi. Shuningdek nok daraxtlarini kasalliklardan himoya qilishning o‘ziga xos nozik tomonlari bor, chunki mevalarning, ayniqsa ertapishar navlarida zararkunandalarga qarshi uzluksiz insektisidlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Chortoq tumani sharoitida nokzorlarga nok kanasi va nok shira bitlari zarar keltiradi. adu.uz universaljurnal.uz 692 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Nokning kalmaraz (qo‘tir, parsha) kasalligi – nok daraxtlarining barg, gulkosachabarglari va mevalarini, barg va meva bandlarini, novda va kurtak tangachalarini (qobiqlarini) zararlaydi. Bu kasallik bilan madaniy (Pyrus communis, P.serotina, P.ussuriensis) va boshqa nok turlari zararlanadi. Nok mevalari kuchli shikastlanadi, ularning ustida (oldin gul bo‘lgan tomonda, keyin yonlarida ham) dog’lar paydo bo‘ladi,ular o‘sib kattalashadi va qo‘shilib, to‘q-qo‘ng’ir yoki qora tusli yaralar hosil qiladi, meva xunuk shakl oladi, chatnab ketadi. Agrotexnik va sanitariya tadbirlari va kimyoviy kurash choralari olmadagi kalmarazga qarshi ishlatiladiganlari bilan bir xil. Chidamli navlar ekish choralari ko‘riladi. Kasallik qo‘zg'atuvchisining fiziologik irqlari mavjud bo‘lib (hozirgacha Isroilda 5 ta, Angliyada 4 ta irq ajratilgan), nok navlarining ularga chidamliligi har xil. Bartlett, Bere Bosk, Komis, Danjuy, Paxams Triumf, Spadana Estiva, Vinter Nelis, Lesnaya krasavitsa, Talgarskaya krasavitsa, Lyubimitsa Krappa va ko‘p boshqa navlar qattiq shikastl
Доказательный фрагмент
«Maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- agricultural technology, pear diseases, fruit and vegetable growing, агротехника, mevali daraxtlar, ekologik barqarorlik, болезни груш, environmental sustainability, intensive gardening, meva-sabzavotchilik, fruit trees, фермы, выращивание фруктов и овощей, fermer xo`jaliklari, intensive bog`dorchilik, agrotexnika, nok kasalliklari, плодовые деревья, интенсивное садоводство, экологическая устойчивость, farms
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026